Tarbiya tamoyillari


Tarbiya maqsadining aniqligi –



Yüklə 25,74 Kb.
səhifə7/7
tarix05.10.2023
ölçüsü25,74 Kb.
#152473
1   2   3   4   5   6   7
Tarbiya tamoyillari

Tarbiya maqsadining aniqligi – Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻgʻrisida» gi Qonuni, hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» larining gʻoyalarini e’tiborga olgan holda erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi boʻlgan barkamol insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishish yoʻlidagi asosiy vosita bu shaxsda umumiy madaniyatni tarkib toptirishdir, ya’ni, shaxsning aqliy, ahloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, mafkuraviy hamda mehnat madaniyatini shakllantirish kabi tarbiyaning bosh maqsadini amalga oshirish imkoniyatini yaratishdan iboratdir.
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik gʻoyalarining ustunligi – tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olinishi, har bir bola, oʻsmir va oʻspirinning betakror va oʻziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olishdir.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi – xalqning koʻp asrlik qadriyatlarini va ulkan hamda boy merosini chuqur bilish, milliy oʻzlikni anglash, millat gʻurur tuygʻusini qaror toptirishlarga qaratilgan faoliyatdagi asos. Bunda xalq ana’nalari, urf-odatlari, marosimlari, xalq ogʻzaki ijodi, milliy oʻyinlar va ularda ifodalangan gʻoyalarni ta’lim oluvchilar ongiga singdirish, ularda ushbu gʻoyaga nisbatan hurmatini qaror toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiya tamoyillari – yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni, metodlari va yoʻnalishiga qoʻyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy gʻoya va qoidalar yigʻindisi.
Tarbiya qonuniyatlari – tabiat yoki millatdagi har qanday murakkab hodisa obyektiv ravishda mavjud boʻladigan barqaror aloqalar tizimidir.
Tarbiya vazifasi – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari hamda ehtiyojlarini nazarda tutgan holda oʻqituvchining oʻquvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligini qanday metodlardan foydalanishga bogʻliqligi.
Tarbiyalanganlik – milliy urf-odatlarga, qadriyatlarga e’tiqod bilan rioya qiladigan, noqonuniy ishlardan oʻzini tiya oladigan, oʻz xatti-harakatlari bilan oʻzgalar nafratini qoʻzgʻamaydigan xulq-atvordir.
Komil inson – yetuk, toʻliq, mukammal, barkamol, olimu dono, aqli teran, yaxshi tarbiya koʻrgan, odob-axloqli, ma’naviy jihatdan toʻliq shakllangan inson.



Yüklə 25,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin