6-TARBIYA TIZIMIDA SAMARADORLIKKA ERISHISHDA SINF RAHBARINING PEDAGOGIK FAOLIYATI
1.2. Sinf rahbari ish faoliyatinig maqsad va vazifasi
Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Oʻziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u yolgʻiz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan oʻqituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda oʻquvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. Oʻquvchilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.
2. Oʻquvchilarning bilimga boʻlgan qiziqish va qobiliyatini hisobga olgan holda kasbga yoʻnaltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir oʻquvchining sogʻligini mustahkamlashga ham e’tabor beradi.
3. Sinf rahbarining diqqat markazida oʻquvchilarning yuqori darajada oʻzlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir oʻquvchining kundalik oʻzlash tirishidan voqif boʻlib turadi. O rqada qolayotganlarga oʻz vaqtida, kechiktirmay yordam uyishtiradi.
4. Sinfdagi oʻquvchilarning oʻz-oʻzini boshqarish ishlarini yoʻnaltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi, maktab miqyosida uyishtirilayotgan muhim tadbirlarda oʻz sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.
5. Sinf oʻquvchilarining ota-onalari, oʻquv kuni uzaytirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxona va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa oʻrnatadi.
6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan oʻqituvchilari oʻrtasida oʻquvchilarga nisbatan yagona talablar oʻrnatishga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab oʻrtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7. Sinf rahbari oʻz sinfidagi turli hujjatlarni: sinf jurnali, oʻquvchining kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.
Koʻrinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarinig shaxsiy sifatlariga ham bogʻliqdir. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining gʻoyaviy ichonchiga va e’tiqod darajadiga bogʻliq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam oʻzlashtirib borishi bilan oʻzining bilimini oshiradi. Sinf rahbarining axloqiy obroʻsi gʻoyat darajada yuqori boʻlishi ham bu oʻrinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi oʻquvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir koʻrsatadi. Chunki, tarbiyachi qobiliyati juda koʻp sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan koʻngil qoʻyish, bolalarga boʻlg an cheksiz muhabbat, muomala nazokatligi, oqil va adolatlilik namunasi, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning boʻlishi taqozo qilinadi.