Тарбия турлари


Tarbiyachining rag’batlantirish usuli ikkiga bo‘linadi



Yüklə 46,9 Kb.
səhifə2/5
tarix14.10.2023
ölçüsü46,9 Kb.
#155228
1   2   3   4   5
TARBIYA VA IJTIMOIY TARBIYA

Tarbiyachining rag’batlantirish usuli ikkiga bo‘linadi:


  1. Siz buyurgan ishga burch va mas’uliyat bilan yondashganligini ragbatlantirish.

  2. Siz buyurgan ishga qiziqishini va uni uddalay olganligini ragbatlantirish. Jazo – bu bolaning noto‘gri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish.

Agar bola siz ogoxlantirmasingizdan yoki tushuntirmasingizdan oldin o‘z xatosini tushungan bo‘lsa-yu, sizga qilgan xatosini aytolmay izza chekib turgan bo‘lsa, uni jazolashga zarurat yo‘q. Endi bu xatoni kaytarmayman, degan ma’noda sizga karayapti. Siz unga yana bir marta imkoniyat bering. Ammo keyingi gal ham xato qilsa va uni tan olmasa, unday xollarda quyidagi jazo turlari qo‘llaniladi.

  1. Tushuntirish.

  2. Tanbex berish.

  3. Ogoxlantirish.

  4. Qattiq ogoxlantirish.

  5. Uyaltirish.

2.TARBIYA TURLARI


Mustaqillik tufayli asrlar mobaynida xalqimiz saqlab qolayotgan umuinsoniy, milliy va ma’naviy qadriyatlarni rivojlantirishda yangi davr boshlandi. Madaniy merosimiz, ma’naviy boyligimiz har tomonlama o`rganishga, uni tahlil qilishga keng imkoniyatlar yaratildi.
O`zbekiston istiqloli tufayli yoshlarni milliy ruxda axloqli odobli qilib tarbiyalash masalasiga bo`lgan e’tibor yana ham kuchaydi. Chunki ma’naviy kamol topgan insonlargina barkamol jamiyat qurishlari mumkin. Sog‘lom avlodni voyaga yetkazish katta ahamiyat kasb etadi. Xalqimizning qadim-qadimdan amal qilib kelayotgan axloq-odob fazilatlari ma’naviyatimizning asosidir.
O`zbekiston Rekpublikasi Prizedenti I.A.Karimovning bu boradagi so`zlari katta salohiyatga ega: «Bugun o`zbekiston Xalqi ulug‘ ajdodlarining an’analarini, urf-odatlarini davom ettirib, taqdirini o`z qo`liga olib, qaddini rostlab, el- yurtimizda asoyishtalik, barkamollikni millatlararo axillik va fuqarolarning totuligini avaylab-asrab, yangi tarixiy sharoitda o`z kelajagini ko`rmoqda, milliy davlatchiligini tiklamoqda».
Axloq tarbiyasi insonlarga eng muhim, ziyoda-sharif, baland daraja beruvchi tarbiyadir. Axloq tarbiyasining maqsadi shaxsni Axloqiy shaqillantirishdir. Shaxsning muhim ma’naviy sifatlari bo`lgan Axloqiy ong, xissiyot va xulqni shaqillantirish, Vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, o`zbekiston gerbi, bayrog‘i madhiyasiga hurmat, insonparvarlik, ongli intizom va boshqa tuyg‘ularni kamol toptirish Axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalarini tashkil qiladi.
Axloq insoniyat ma’naviy madaniyat ko`rinishlaridan, ijtimoiy ong shakllaridan biri bo`lib, u kishilarning tarixan qaror topgan xulq-atvori va yurish- turishining ifodalaydigan va jamiyat munosabatlarini aks ettiradigan muayyan qoidalar yig‘indisidir.
Shu ma’noda axloq murakkab ko`p qirrali jamiyat xodisasi bo`lib, u o`z ichiga odamning jamiyat jamoa va boshqa kishilar bilan aloqalarni belgilovchi qoida va talablarni qamrab oladi. «Axloq» arabcha «Xulq» so`zini ko`plik shakli bo`lib, insonning nafsida, tabiatida xosil bo`lgan va takrorlanadigan ish faoliyatidir.
Odob odamning jamoat, el -yurt orasida o`zini qanday tutishi, muomala qilishi, o`z turmush sharoiti va bo`sh vaqtini qanday tashkil etishi xullas tashqi jixatdan muloyim va yoqimli bo`lishini bildiradi.
Sharq allomalari Axloqiy-tarbiyaviy asarlarining asosini «Qur’oni karim» suralari, Muhammad payg‘ambar faoliyati va ko`rsatmalarini ifodalovchi xadislar, xikmatli rivoyatlar tashkil qiladi.
Yusuf Xos Xojibning «Qudadg‘u bilik» didaktik dostonida til odobi, sevgi va sadoqat, rostgo`ylik va halollik, axloq-odob haqida xikmatli nasixat bayon etilgan. «Til odobi» bobida bilim egallashda tilning ahamiyati, qissa va mazmunli ko`zlash, til aql va bilim tarjimonidir degan fikrlar bayon qilingan.
Sa’diy Sheroziy «Bo`ston», «Guliston» asarlarida hayotda insonni pok, irodali, kuchli va mag‘rur bo`lishi haqida istaklarni ifodalaydi. Sheroziy kishi qadrini. Insonni yerga uradigan ta’ma xasad kabi illatlarni qoralaydi. U yoshlarni halol mehnat qilishga rostgo`ylikka, bilim va hunar orttirishga, go`zal axloqli bo`lishga undaydi.
Kaykovus 44 bobdan iborat bo`lgan «Qobusnoma» asarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi vazifa va burchlari, farzandning ota-onaga munosabati, ularni qadrlash, insonlar orasidagi muomila odobi, ularning o`zaro axloqiy munosabatlari, ichki so`qish, qo`pollik kabi yomon odatlardan qaqlanish zaruriyati kabi axloqiy masalalarga urg‘u beriladi.
Ahmad Yugnakiyning «Xibatul xaqoyiq» dostoni 14 bobdan iborat bo`lib, unda til odobi, sir saqlash, sahiylik kamtarlik, shukronalik, ta’zim- tavoze’, insonparvarlik rizo va itoat, halollik haqida pand nasihatlar berilgan.
A.Navoiy o`zining «Hamsa», «Mahbub ul qulb» kabi yirik ta’limiy-axloqiy asarlarida shuningdek, «Munojot», «Vaqfiya», « Arbain hadis» kabi kitoblarida
tarbiyaga oid fikrlarini bayon qilgan. «Mahbub ul qulb» uch qismdan iborat bo`lib, birinchi qism,-har xil toifa odamlar fe’l- atvori va ahvoli, kayfiyati. Ikkinchi qism- yahshi va yomon fe’llar; uchunchi qism- hilma-hil foydalar va qissalar ko`rinishi, yani yahshi fe’llar va xislatlarga oid fikrlardan iborat.
Abduraxmon Jomiyning «Baxoriston» asaridan mutafakkirning ta’limiy axloqiy qarashlari o`z aksini topgan.
Bu asarda Jomiy haqiqiy kamolatga erishgan inson haqidagi fikr muloxazalarini bayon etadi. «Bahoriston» asarida yetuk insonga xos axloqiy hislatlar tarannum etilgan.
Yahshilik, saxiylik, shirin-suhanlik, kamtarlik, sabr-qanoat, do`stlik, rostgo`ylik, mexnat sevarlik kabi fazilatlarni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi.
Muhammad Siddiq Qoshg‘ariyning /1740-1843/ «Odob as-solixin» asarida insonning xayoti davomida zarur xulq atvor qoidalar o’rgatish g‘oyasi ilgari suriladi. Unda kundalik turmushimizdagi xar bir yosh egallab olishi zarur bo`lgan zoxiriy /tashqi/ va botiniy / ichki/ odob va axloq qoidalari nimalardan iborat bo`lishi kerakligi va shunda yoshlarning ham o`qib, barkamol inson darajasiga yetishi ta’kidlanadi.
Axloq tarbiya mazmuni. axloqiy tarbiya maqsadi-axloqiy shakllantirishdir. Shaxsning muxim ma’naviy sifatlari: Axloqiy ong, xissiyot va xulqini shakllantirish, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, ongli intizom, insonparvarlik va boshqalar.
Vatanparvarlik-Vatanga muhabbat, uning himoyasiga tayyor bo`lishi, vatanning gullab yashnashi uchun mexnat qilishdir.
Mehnatga ma’suliyatli munosabat-beg‘arazlik, mexnat majburiyatlariga ongli, ma’suliyatli yondashish, intizomlilik, ijodiy izlanish, tashabbus, faoliyat natijalarini oldindan, mustaqil qaror qabul qilish, o`rtoqlariga yordam berishga tayyorgarlik, mexnatni qadr qimmatini anglay bilish, kabi tushunchalarni ifodalaydi.
Ongli intizom-burchni bajarish, shaxsiy va ijtimoiy, davlat va jamoatchilik majburiyatini kam-ko`stsiz bajarish hamda ijtimoiy hayotda kishilarga mehnatga va jamoat mulkiga jamiyat qabul qilgan hatti-xarakatlar me’yorida amal qilish tushuniladi.
Axloqiy tarbiya mazmuni avvalo o`quvchilarning amaliy faoliyatida o`qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida ularning munosabatlari xarakterida, o`zaro ta`sir ko`rsatish usullari, xulq-atvor me’yorlarini o`zlashtirishlarida namoyon bo`ladi.
O`quvchilarda darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda yahshi xulq-atvor fazilatlari, xushmuomalalik, ota-ona xurmat, kattalarni siylash, xizmatlarida bo`lish, oq ko`ngillilik raxmdillik, saxiylik, xallolik, to`g‘rilik, imon-e’tiqodlilik, el-yurt, vatanga muhabbat, unga sadoqatlilik, ishbilarmonlilik, mehnatga ixlosmandlik kabi fazilatlarni tarbiyalash axloqiy tarbiya mazmunini tashkil qiladi.
Xalq og‘zaki ijodida axloqiy tarbiya. Xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri hisoblangan afsonalarda ta’lim tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar va g‘oyalarni uchratishimiz mumkin. Afsonalar qahramonlari yahshilik uchun yomonlik bilan nur uchun zulmat bilan kurash olib boradigan va o`z siymosida yukori darajadagi axloqiy sifatlarni birlashtiradilar. Eng qadimgi yodgorliklarda
«Avesto»da, Firdavksiyning «Shoxnoma» asarida-katta tarbiyaviy ta`sirga ega bo`lgan badiiy g‘oyalar o`z aksini topgan.
Shuningdek, xali og‘zaki ijodiyotining boshqa janrlardagi asarlarda ham odob-axloq tarbiyasiga oid pedagogik g‘oyalar, qarashlar ifodalangan.
Masalan: O`zbek xalq maqollarida ona vatan haqida oila va farzand haqida, odob tarbiyasi, odobsizlik haqida qimmatli fikrlar bayon etilgan. «Zumrad va Qimmat», «Dono qiz», «Ilm afzal» kabi xalq ertaqlarida, «Alpomish»,
«Go`ro`g‘li» kabi dostonlarda, «Xotamnoma» kabi qissalarda xalq pedagogikasining boy tajribasi o`z ifodasini topgan.
Axloq-odob tarbiyasi turli Xalq bayramlarini o`tkazishda, marosimlar, xalq o`yinlarida ham amalga oshgan.
Bayramlar: Navro`z, Ro`za Hayit, Qurbon Xayit, to`y, to`yona, sovchilik, qunoq va boshqalar.
Marosimlar: tavallud, beshik to`y, alla aytish, quloq tishlatish, ziyorat, xayr sadaqa ibodat va boshqalar.
Shunday qilib o`zbekiston istiqlol tufayli yoshlarni milliy ruxda axloqli odobli qilib tarbiyalash masalasiga bo`lgan e’tibor kundan-kunga kuchaymoqda.
Chunki ma’naviy kamol topgan insonlargina barkamol jamiyat ko`rishlari mumkin.
O`zbekiston istiqlolini mutaskamlashda va uni rivojlantirishda ma’naviy sog‘lom avlodni voyaga yetkazish va ularni axloq-odob haqidagi milliy urf- odatlarimizni shakllantirishimiz zarur. Zero Xalqimiz qadim-qadimdan amal qilib kelayotgan axloq-odob fazilatlari ma’naviyatimizning asosidir.

Yüklə 46,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin