Tarbiyachi ish faoliyatida oila bilan hamkorlik jarayonining o’rni


ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash



Yüklə 19,09 Kb.
səhifə3/3
tarix02.01.2022
ölçüsü19,09 Kb.
#43347
1   2   3
Ko'chkinova M, JabborovD maqola


ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash
. Ilg‘or pedagogik tajribalami ko‘rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganib ularni o‘zining tarbiyaviy ishida xisobga oladi. MTTlarimiz tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka olib boriladigan ishlarning turli xii shakllari aniqlangan; oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahatlar berish, ota-onalarning MTT hayoti bilan tanishishlari.



  • ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota- onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol javob kechalari.


    • ko‘rsatmali ishlar.
      Ishning bu turi ko‘rgazmati, bolalarni ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy tarbiyaning barcha masalari bo‘yicha materiallar solingan papka.

    Ota-onaga pedagogik ta’lim berish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.




    Bola yashab turgan oilani o‘rganish ota-onalar bilan yaqin aloqa o‘rnatish va ularga yordam, maslahatlar berishning samarali yo‘llaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi sifatida emas maslahatchi, do‘st va bola tarbiyasiga yordam beruvchi shaxs sifatida boradi. Tarbiyachining oilaga borishidan asosiy maqsad bola yashayotgan sharoitni ko‘rish va zarur bo‘lsa ota-onalarga yordam ko‘rsatishdir. Oilani borib ko‘rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odat bilan o‘tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlarini ochib berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga bo‘lgan xurmati va ishonchi ortadi. Tarbiyachi bolaning uyida ko‘rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda ularni tahlil qiladi, ota onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy tomonlar haqida gapiradi. Ularga o‘zining maslahatlarini beradi. Oila tarbiyasidagi ijobiy ishlarni ota-onalar uchun tashkil etilgan testlarda aks ettirish ham mumkin. Oilani borib ko‘rgandagi taassurotlarini tarbiyaviy ishlarni hisobga olish ustuniga yozib qo‘yishi kerak Oilaga kamida yiliga 2 marta borib ko‘riladi. Tarbiyachining oilaga tashrif buyurishi ota-onalarda pedagogik madaniyatni oshiradi.

    Ota-onalar bilan shaxsiy suxbatlar. Oila bilan shaxsan ishlashning eng keng tarqalgan usuli sifatida qo‘llanadigan suxbat bolalarni ertalab qabul qilish va kechqurun kuzatish vaqtida o‘tkazilishi mumkin. Ular tarbiyachilar bilan ota- onalarni bir-biri bilan yaqinroq tanishishlariga yordam beradi. Tarbiyachining ota- onalar bilan ertalab o‘tkazadigan suhbatlari qisqa muddatli bo‘ladi, shuningdek uning yaqinlarida yaxshi kayfiyat, tarbiyachiga ishonch hissi paydo bo‘lishida katta ahamyatga ega.

    Ota-onalarni bola tarbiyasida yo‘l qo‘ygan biror kamchilik va xatosini tahlil qilish uchun ular bilan yanada mufassal suhbat o‘tqazish zarurati tug‘ilganda vaziyatni tuzatish uchun malakali maslahat hamda tavsiya berish kerak bo‘ lganda maslahatlar o‘tkaziladi.

    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tarbiyachi o’z ish faoliyati davomida tarbiyalanuvchilar ota onalari bilan uzviy bog’liqlikda ishlashlari kerak.



    Chunki tarbiyalanayotgan bola ruhiyati, uning qanday muhitda tarbiyalanishini bilish ota ona uchun ham, tarbiyachi uchun ham muhim hisoblanadi. Tarbiyachi ish faoliyatida oila bialn hamkorlik qilish tizimini yaxshi yo‘lga qo‘yar ekan kelajakda uning qo‘l ostida tarbiya topgan bolaning har tomonlama barkamol, yetuk shaxs bo‘lib ulg‘ayishiga ishonch bildirish mumkin bo‘ladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2071-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2016-yil 29-dekabrdagi PQ2707 sonli qarori

    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maktabgacha ta'lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida "gi PQ528-sonli qarori.

    3. Qodirova.F, Toshpolatovna. Sh, Kayumova. N, A’zamova. M – “Maktabgacha pedagigika” Toshkent- 2019

    4. Atayeva. N, Salayeva.M, Hasanov. S – “Umumiy Pedagogika”- Toshkent -2013

    5. https://hozir.org/

    6. www. Fayllar.org

    7. www.google.com




    1 https://hozir.org/

    Yüklə 19,09 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin