ahamiyati katta. Shu sababli o’quvchilarga bayroq, madhiya, konstitusiya haqida tegishli ma’lumotlar beriladi. O’quvchilarga xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni o’zining Vatan oldidagi huquq va burchlarini bilish, ularga qat’iy amal qilish, qonunchilik, umumbashariy axloq me’yorlari buzilishiga murosasiz munosabatda bo’lish tushuniladi. Suhbat va hikoya. O’quvchi shaxsini g’oyaviy va axloqiy shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirli metod hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazkur sinf uchun dolzarbligi, bolalarda axloqiy ishonch uyg’otishning suhbat mazmuniga bo’lgan munosabatlarini va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish lozim Maktablar tajribasida rag’batlantirishning quyidagi turlari qo’llanadi: 1. O’quvchining kuchi yetadigan, mas’uliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish; bunda o’quvchi o’z qadr-qimmati bilan faxrlanadi; 2. Maqtash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida); 3. Esdalik sovg’asi (kitob, ruchka, o’quv asbobi va boshqalar); 4. Maqtov yorlig’i berish; 5. Stipendiya bilan taqdirlash; 6. Hurmat taxtasiga fotosuratni qo’yish; 7. Ma’suliyat va jamoaning minnatdorchiligi; 8. Safda birinchi o’rinda turish; 9. Musobaqalarda bayroq ko’tarish; E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT