FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. F. Qodirova, Sh. Toshpo'latova, M. A'zamova Maktabgacha pedagogika T. : Ilm-ziyo. 2019-yil
2. Sodiqova Sh. A Maktabgacha pedagogika T. : Tafakkur bo'stoni
3. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi.
4. Ibuka Massari "Uchdan keyin kech" T. : Akademnashr 2019
5. “Bolalar va yoshlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash – forovon va taraqqiy etib boruvchi jamiyat asosi” –RBIMM Xalqaro forumining materiallari. Toshkent-2013 130-131 b, 185-186 b
6. Karimov I.A “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” – T; Ma’naviyat- 2009 155 b
7. Karimov I.A. “ Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” - T; SHarq-1998 164 b
8. Mannopov S.M. “oila va oilaviy munosabatlar sotsiologiyasi” Ma’ruzalar matni
Farg’ona-2007 235 b
9. Komilova N.G’. “Xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi” o’quv qo’llanma. Toshkent- 2007 105 b
10. G’oziyev E.G’. “Pedagogik psixologiya” – Universitet. Toshkent – 1997 134 b
11. Tadjiyeva S.N. Sabirova.A.D. “Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish” Kurs o’tkazish uchun xrestomatiya. Toshkent-2009 320 b
12. Abdulla Aloniy “Turkiy guliston yohud axloq”- Toshkent; Oqituvchi-1992 22 23 b
13. Inomova K.M. “Oilada bolalarnining ma’naviy-axloqiy tarbiyasi”-Toshkent; Fan-1999 151 b
Elektron manbaalar
1. www.ziyonet.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.tdpu.uz
4. www.ref.uz
5. www.doc.uz
6. www.google.uz
7. www.native-lib.ru
Опам🖤:
Kurs ishi
Mavzu: Keksalik yoshida nizoli xulq-atvor.
Reja:
I BOB. Keksalik yosh davrining o'ziga xos psixologik hususiyatlari.
1.1. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi va keksayish nazariyasi.
1.2. Psixogerontologiya haqida umumiy tushuncha. Biologik keksayish va gerontopsixologiya.
II BOB. Keksalik yoshida nizoli xulq-atvor.
2.1. Keksalik yoshida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik vazifalari.
2.2. Nizo va uning turlari. Keksalik davrida nizoli holatlarni namoyon bo'lishi va uning psixologik asoslari.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Qarilikning birinchi davri gerontogenez yoki keksayish davri
deb ataladi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, bu davr 60 dan
keyin boshlanadi. Ba’zi olimlar esa bu davrni ayollarda 55 yoshdan, erkaklarda 60 yoshdan keyin boshlanadi, deya ta’kidlashgan.
Bu yoshdagi insonlarni uch guruhga bo'lish mumkin: qariyalar,
keksalar, uzoq umr ko‘ruvchilar.
Xorij olimi Bernsayd bu davrni to‘rt guruhga ajratgan: 60—69
yoshgacha qarilikdan oldingi davr, 70—79 yoshgacha qarilik, 80—
89 yoshgacha keksalik, 90—99 yoshgacha munkillagan qarilik.
Bu yoshning eng muhim xususiyatlaridan biri yosh o‘zgarishi bilan kechadigan genetik programmalashtirilgan jarayonning qarishini
bildiradi. Qarilik murakkab bioijtimoiy psixologik hodisadir. Biologik
jarayon sifatida qarilik organizmning keksayishi, o‘lim ehtimolining
ortishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy hodisa sifatida keksalik nafaqaga chiqish, ijtimoiy statusning o‘zgarishi, muhim ijtimoiy rollaming yo‘qolishi bilan bog‘lanadi. Psixologik darajada bu ro‘y bergan o‘zgarishlarni
anglash va unga muvaffaqiyatli moslashishdan iborat.
Bu yosh o‘zgarishlari nimalarda ko‘rinadi, degan o‘rinli savol tug‘iladi?
Dastlab organizm faoliyatining sekin-asta susayishida kuzatiladi. Bu yoshdagi insonlarning jismoniy kuchi, energiyaning umumiy zaxirasi yoshlik davriga nisbatan ancha kamayganligini kuzatish mumkin. Insonning qon aylanish va immun tizimi ham
susayadi.
Qarish jarayoni insonning nerv sistemasiga ham ta’sir qiladi.
Dastlab uning sezgirligi kamayadi, tashqi ta’sirlarga organizmning
sekin reaksiya bildirishi, turli sezgi organlari sezgirligining pasayishi kuzatiladi. Qarilik davrida ko'pchilik insonlar u yoki bu ma’lumotni olish uchun ko‘proq vaqt sarflayotganligini his qilishadi.
Qarish jarayonining natijalari insonning eshitish sezgirligining
susayishida kuzatiladi. Fozard (1990)ning tadqiqotlaridan ma’lum
bolishicha, bu yoshdagi insonlarda eshitishning susayishi qariyalarning uchdan bir qismida, ko‘proq erkaklarda kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |