Tarbiyasi qiyin bolalarning shaxsiy rivojlanishi va tarbiyasining xususiyatlari



Yüklə 34,98 Kb.
səhifə2/9
tarix23.05.2023
ölçüsü34,98 Kb.
#120555
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sotvoldiyeva Zaxro2

Kurs ishining vazifalar: Tarbiyasi qiyin bolalarning shaxsiy rivojlanishi va tarbiyasining xususiyatlarini, kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi Kurs ishi natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.

Kurs ishining ob'ekt: Tarbiyasi qiyin bolalarning shaxsiy rivojlanishi va tarbiyasining xususiyatlari pedagogik taxlilini o’rganish jarayoni tashkil etish, shakllantirish hamda tanishtirish, jarayoni.


Kurs ishining predmeti: Tarbiyasi qiyin bolalarning shaxsiy rivojlanishi va tarbiyasining xususiyatlari bilan tanishtirish, ko’nikmalari haqidagi qarashlarining mazmun-mohiyati va texnologik o’ziga xosliklarini, metod va usullarini bilan aniqlashdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo’lib, ___ betni tashkil etadi.


I BOB. TARBIYASI QIYIN BOLALARNING SHAXSIY RIVOJLANISHI VA TARBIYASINING XUSUSIYATLARI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
1.1. Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning tutgan o’rni
Biz bolaga qanday tarbiya berish va qachondan boshlab uni tarbiyalash kerak? - degan savolga e'tibor qaratishimiz lozim. Har bir shaxs oilada tug'ilib, ijtimoiy hayotga mana shu o'z koshonasi orqali kirib boradi va hamma tarbiya shu oiladan boshlanadi. Demak, bu fikrdan kelib chiqib, biz bolaga tarbiya berishni nafaqat tug'ilgandan so'ng, balkim ona qornidaligidayoq berib borishimiz masadga muvofiq bo'ladi. Bizning bunday usulda beradigan tarbiyamiz bolani rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bola tug'ilgan zahotiyoq atrof muhitga bo'lgan moslashish hissi uyg'onadi. Asta-sekin ulg'aya boshlagach, har bir narsani farqlaydigan va ko'rgan narsalariga taqlidchan bo'lib voyaga yetadi. Bola tarbiyasi, uning yetuk va barkamol bo'lib tarbiyalanishi onalar uchun eng muhim vazifadir. O'ylaymanki, har bir onalar bunday mas'uliyatli ishga bor kuchlari bilan kirishadilar. Har bir ona bolalarga tarbiya berayotganlarida o'z shaxsiy tarbiya vositalaridan va usullaridan foydalanishi kerak. Hozirgi jamiyatda ayrim onalar umuman olib qaraganda bolaning oila a'zolari tomonidan amalga oshirilayotgan eng katta xatolaridan biri, ularning faqatgina bola ''Maktabgacha ta'lim tashkilotlari''ga borgandagina, shu muassasa tarbiychilari tomonidan tarbiya va ta'lim beriladi deb o'ylashlaridir. Biz onalar tomonidan tor doirada o'ylanayotgan bunday fikrlarga hozirgi davrda aynan qarshi chiqmasdan ilojimiz yo'q. Chunki, vatanimizning har tomonlama rivojlanishi shu murg'ak qalbli o'sib kelayotgan bolalar qo'lidadir. Bolaga tug'ilgandan boshlab ta'lim-tarbiya berish usullari Masaru Ibukaning "Uchdan keyin kech"nomli kitobida o'z aksini topgan. U kitobda bolani har tomonlama rivojlantirish, barkamol qilib tarbiyalash va albatta jamiyatda o'z o'rnini topa olishi uchun eng avvalo, ota-onalar va so'ngra, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar haqida yaqqol fikrlar bildirilgan. Bola ta'lim-tarbiyasining rivojlanishida turli xil omillar ta'sir ko'rsatadi. Hozirgi kunga qadar barchamizning ongimizda rivojlangan bir tushuncha, ya'ni nasl tushunchasi Masari Ibukaning kitobida qoralanadi. Qadimgi bahslardan biri insonni uning nasli shakllantiradimi yoki u oladigan ta'lim-tarbiyami? Ammo bugungi kunga qadar biror ishonchli nazariya bu bahslarga chek qo'ymaydi. Nixoyat, bir tarafdan miyaning fiziologik tadqiqoti, ikkinchi tomondan bolalar psixologiyasini o'rganish natijalariga ko'ra, bola aqliy qobiliyatining rivojlanish kaliti-bu uning birinchi uch yilida, ya'ni miya hujayralarining rivojlanish davrida olgan shaxsiy tajribasidir.
Go'dak hali yosh bo'lishiga qaramay ota va ona munosabatlarini kuzatuvchisi va ularning bir-biriga bo'lgan muomalasidan asosiy tarbiyani oluvchi hisoblanadi. Chaqaloq ularning bir-birlariga qanday munosabat bidirayotganini ularning yuz tuzilishidan bemalol bilib turadi. Shuning uchun bolalarga tarbiya berayotganlarida nihoyatda ehtiyotkoronalik bilan munosabt bildirishlari lozim. Bolalarda birinchi uch yilliklarida olgan bilimlari ularning kelajakda o'z faoloyatlarini bemalol yurita olishlari uchun asosiy poydevor hisoblanadi. Bu davirda xalqimizning ongiga singib qolgan bir tushuncha "Hali yoshda" deb nomlangan tushuncha bularning o'z farzandlariga bo'lgan mehribonchiliklarini emas, balki jabr qilayotganliklaridan dalolatdir. Bu davrda bolaga nimani o'rgatsa shuni to'laqonli qabul qiladigan yosh hisoblanadi. Bolalar bilan ko'proq muloqotda bo'lish ham ularning tarbiyalanishi uchun asos bo'lib hizmat qiladi. Bolalar hali yosh bo'lishlariga qaramay, ular yuqoridagi fikirlarimizda ta'kidlaganimizdek hamma narsani tushunadi. Suhbatlashishdan mahrum qilingan go'dak aqliy qobilyati zaif va xulq-atvori og'ir bo'lib ulg'ayadi. "Inson jamiyat mahsuli va undan ayro yashay olmaydi" deyishadi. Bolalar bilan suhbatlashish, ularning dunyo qarashlarini har taraflama rivojlantrib boradi. Bolalarda bu davrda ularga o'z hayot yo'llarini qurishida asosiy bo'lgan sohalarga boy davr hisoblanadi. Bu yoshdan ota-onalar bolalarga kerakli ko'nikmalarni berib borsalar, kelajakda ota-onalar ham bolalar ham qiynalmaydilar. Ota-onalar bolalarga ular uch yoshgacha bo'lgan davrda ma'sul bo'lsalar, o'z vazifalarini to'laqonli amalga oshirsalar keying bosqich bu tarbiyachilar bilan birga hamkorlikdagi bosqich hisoblanadi. Bu davr ham bolalar hayotida o'ta muhim davrlardan biri hisoblanadi. Bola bu yoshida Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga borish orqali boshqa bolalar bilan munosabat, o'zaro aloqa o'rnatishni o'rganadi. Tarbiyachi tomonidan beriladigan har qanday bilim bolalar ongida tez tasavvurlarni hosil qiladi. Har bir tarbiyachi, bolalarga ularning yoshidan kelib chiqib mashg'ulotlar olib boradilar. Mashg'ulotlar bolalarni har tomonlama rivojlantrishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Tarbiyachining yurish-turishi, kiyinishi, so'zlashi va barcha amalga oshiriladigan ishlari bolalar uchun istasa istamasa o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Shuning uchun avvalo, tarbiyachining o'zi tarbiyalangan bo'lishi kerak. Bundan tashqari Anton Semenovich Makarenkoning "Tarbiyaviy ta'sirning g'oyat qudratli ta'sir ko'rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo'lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo'lsa, buning uchun u tarbiyadan, o'z bolaligidan qarzdordir" - degan so'zlari orqali hozirgi zamon tarbiyachisiga qo'yiladigan vazifalarning nihoyatda murakkabligiga e'tibor berishimiz lozim.



Yüklə 34,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin