Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari
5. Tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilarni о‘rganish. O‘quvchilarni o‘rganish o'qituvchining, ayniqsa, sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biridir. O‘quvchilarni faqat darsdagina emas, balki sinfdan tashqari vaqtda, ularga tarbiya berish vaqtida ham, 0‘quvchilar uylariga borganda ham, har xil sayohatlar va yurishlar vaqtida ham o'rganadi. O‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning qiziqishlari va mayllarini, ular olgan tarbiya darajasini bilgan holda, ma’lum maqsadga qaratilgan va ta’sirchan reja asosida bo’ladi.
Ma’lumki, o'quvchi shaxsining tarkib topishi va rivojlanishi bir tekis bormaydi. Sinf rahbarining mazkur o‘quvchi to‘g‘risidagi kechagi bilganlari bugunga kelib yetarli bo‘lmay qolishi mumkin. Masalan, o‘quvchi o‘quv yili boshida matematikaga qiziqmas, mazkur fandan uy vazifasini naridan-beri tayyorlab borar yoki mutlaqo tayyorlamas edi, deylik. Sinfga matematikadan yangi o'qituvchi kiradigan bo‘ldi. U hamma o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtira oldi. Mazkur o‘quvchi masala va misollarni qiziqib yechadigan bo‘lib qoldi. Birmuncha vaqtdan keyin u matematika to‘garagiga yozilib, unda faol ishtirok etadigan bo‘ldi. Sinf rahbari bu o‘quvchi to‘g‘risidagi oldingi fikrini o‘zgartirmog‘i kerak. Bu hol o‘quvchilarni doimiy suratda o‘rganib borish lozimligini ko‘rsatuvchi ko'plab misollarning biridir.
O‘quvchillar o‘z xarakteriga, qiziqishi va mayllariga ko‘ra bir xil emas. Ulardan biri birmuncha chaqqon, boshqa bir xili esa, sustkash, uquvsiz, ba’zi o‘quvchilar jasur va shijoatkor, boshqa birlari esa, uyatchan va tortinchoq bo‘lishadi. Ba’zi bir o'quvchilar o‘z tashkilotchiligi va qat’iyatliligi bilan ajralib turishsa, boshqa birlarida esa bu xususiyatlar mavjud emas. Xullas, bir-biriga o‘xshamagan, turli xususiyatdagi bolalardan tashkil topgan bir guruhdir. Ana shu guruhning tarkibida o‘sha o'quvchi alohida shaxs sifatida kamol topib boradi. A. S. Makarenko o‘zining “Tarbiyaning maqsadi” degan maqolasida “Biz uchun inson, umuman olganda, bir xilday tuyulsa-da, aslida u tarbiya vositasi sifatida bag‘oyat xilma-xildir”, deb juda to‘g‘ri ta’kidlaydi.
Shunday qilib, o‘quvchilarni o‘rganishga qo‘yiladigan asosiy talablarni quyidagicha belgilash mumkin:
Bolalarni o‘rganish, ularga ta’lim-tarbiya berish sifatini oshirish.
O‘quvchilarni o‘rganib, ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish.
O‘quvchilarni o‘rganishni rejali tarzda va muntazam olib borish.
O‘quvchilarni tabiiy hayot va ish-faoliyat sharoitida o‘rganish.
O‘quvchilarni xilma-xil metodlar bilan o‘rganish. O‘quvchilarni o‘rganib, ular hayoti va turmush sharoitlari bilan tanishish.
Shaxsning alohida xususiyatlarini emas, balki butun shaxsni o'rganish.
7. O‘quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
o‘quvchilarda jamiyatga va Vatanga sadoqatni tarbiyalash;
mehnatga bo’lgan axloqiy munosabatni tarbiyalash;
atrofdagi kishilarga axloqiy munosabatni tarbiyalash;
shaxsning o’z-o‘ziga, xulqiga bo’lgan axloqiy munosabatni tarbiyalash.
Axloqiy tarbiya vazifalaridan biri – ongli intizomdir. Ongli intizom kishining kundalik faoliyatida, xulq-atvorida, kishilar bilan aloqasida, umumiy dunyoqarashida namoyon bo'ladi. Ongli, intizomli kishining madaniyati, muomalasi kundalik masalalarni hal qilish bilan hayotining mazmuni, yaxshilik va yomonlik, ma’naviy boylik haqidagi tasavvurlari bilan u yoki bu tarzda bog’langandir. Ongli intizom egasi bo’lgan kishi o‘z axloqiy burchini to‘g‘ri anglaydi, o‘z xatti-harakatlariga baho beradi, noto‘g‘ri xatti-harakatni qoralaydi. Intizomli kishi o‘z xulq-atvoriga to‘g‘ri baho berish bilan birga biror xatti-harakat uchun shaxsiy mas’uliyatni his etadi.
Abdulla Avloniy “Intizom deb qiladurgan ibodatlarimizning, ishlarimizning har birini o‘z vaqtida tartibi ila qilmoqqa aytilur. Agar yer yuzida intizom bo’lmasa edi, insonlar bir daqiqa yasholmas edilar”, deb ta’kidlaydi. Demak, intizom ruhimizga, fikrimizga ta’sir qiladigan xislat, tartib-odob, ma’naviy quvvatdir. Intizom yaxshi xulqlarning manbayidir. O‘quvchilarda ongli intizomni, odobni tarbiyalashda o‘qituvchilar o‘z xulq-atvorlari, muomala madaniyati bilan namuna bo'lishlari darkor. Chunki ularning yurish-turishi, odobi o‘quvchining ichki e’tiqodiga aylanishi va ma’naviyatiga ta’sir etishi kerak. Shundagina o‘quvchilar jamiyat va jamoa oldida axloqiy tarbiya talablariga javob beradigan xulq-atvor egalari bo‘la oladilar. Axloq-odob tarbiyasi milliy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlar asosida amalga oshirilgandagina uning mazmuni yanada boyib boradi. Chunki milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar axloqiy tarbiyaning hamma tomonlarini qamrab oladi. Ma’naviy-axloqiy tarbiya – ta’lim berish bilan bog‘liq bo'lgani holda, o‘z xususiyatlari, o‘ziga xos vazifalari, uni tashkil etishning shakl va metodlariga ega bo‘lib, maxsus ravishda o‘rganilishi lozim. O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muhim sharti ularning dars va darsdan tashqari xilma-xil faoliyatlarining birligi to‘g‘risidagi tushunchalar bilan bog'liqdir. Dars jarayoni va ma’naviy-axloqiy tarbiya faoliyati bir-birini to‘ldirishi lozim. Pedagog tomonidan tarbiyaviy bosqichga rahbarlik qilingan taqdirdagina tarbiyada biror maqsadga qaratilganlik, ma’lum bir tizim bo‘lishi mumkin. Ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, avvalo, tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish jarayoniga rahbarlik qilishni taqozo etadi.
Birinchi Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi to‘rt jihatga e’tiborni qaratgan, ya’ni har bir fuqaro:
o‘z haq-huquqini taniydigan bo‘lsin, buning uchun kurashsin;
o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo’lsin, imkoniyatlarini ishga solib, samarasini ko‘rsin;
atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira olsin;
shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un holda ko‘rib, faoliyat yuritsin.
Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to‘liq ta’rifdir. Yuksak darajadagi ma’naviyatga ega inson-fidoyilik, jasorat, mardlik, o‘z xalqini sevish, Vatanni qadrlash, ajdodlaridan faxrlanish kabi oliyjanob fazilatlari bilan ajralib turadi. Insonning insonligi, birinchi navbatda, uning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamolligi bilan belgilanadi. Ma’naviy-axloqiy barkamollikning asosiy qirralariga, yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, quyidagilarni kiritish mumkin: ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas, butun oila a’zolari, qo‘ni-qo‘sh-nilari, rnahalla-ko’y, qishloqdoshlari va butun mamlakat xalq farovonligi haqida qayg‘urishi; tevarak-atrofdagi insonlar unga kerak bo‘lganligi singari, o‘zi ham ularga kerakli bo‘lishga intilishi; odob-axloqi, fe’l-atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblashi; ota-bobolardan, ajdodlardan yodgor bo‘lib qolgan madaniy merosni qadrlashi; milliy qadriyatlarni e’zozlashi va ularga sodiq bo'lib qolishi; vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarak tuyg‘ularining barqaror bo'lishi; o’zaro muomala-munosabatda o'rnak bo‘lishga moyillik, birovning og‘irini yengil qilishni odat qilishi: umumxalq ma’qullagan va hukumat tomonidan qonuniy qabul qilingan Konstitutsiyani hurmat qilishi va unga sadoqat namunalarini amalda ko‘rsatishi; Vatanni himoya qilishi, boshqacha aytganda, harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan yashashi; diyonat va adolat, mehr-shafqat va ezgulikni himoya qilishi; va’daga vafoli bo’lishi va hokazolar kiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o'quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda quyidagilarni hisobga olishi kerak:
tarbiyaning o'quvchiiar ruhiyati va yosh xususiyatiga mosligini hisobga olish;
o'quvchilarning aqliy-ma’naviy munosabatlari ta’sirini o'rganish;
O'quvchilarda intizomlilikni tarbiyalashda darslarning ijodiy, noan’anaviy, suhbat, o'yin, bahs-munozara, uchrashuv shaklida bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Xalq pedagogikasi xalqning ijodkorligining mahsuli sifatida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy taraqqiyot bosqichini belgilab beruvchi ta- yanch manbadir. U ko'p qirrali jarayon bo'lib, tarkibiy vositalariga xalq og'zaki ijodi – afsona, rivoyat, ertak, doston, maqol, matal, qo’shiq, latifa, lof, xalq dramasi, askiya kabilar kiradi.
Xalq pedagogikasining muhim qismi bo'lgan xalq og'zaki ijodi an’anaviy qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazishda muhim vosita hisoblanadi. Xalq og'zaki ijodi namunalari chuqur ilmiy asosga ega bo'lmasa-da, ma’naviy qadriyatlarning ikkala guruhga mansub bo'lgan barcha qadriyatlarning poydevori (insonparvarlik, bilimdonlik, mehnatsevarlik, adolatparvartik, kattalarga hurmat, rostgo‘ylik, mehmondo‘stlik) va boshqalar o'z aksini topgan. Xalq donishmandligining ilohiyot bilan bog‘liq janri asotirlarda ezgulik va yovuzlik, adolat va razolat, nur va zulmat, boylik va faqirlik, go‘zallik va badxulqlik haqidagi dastlabki qarashlar ilgari suriladi. Xalq ijodining qadimiy shakllaridan biri-afsonalar real hayot haqiqatidan xabar beruvchi xayoliy uydirmalardir.
Arastu ta’riflaganidek, “Afsona haqiqatdan xabar beruvchi yolg‘on haqiqatdir. Rivoyatlarda o‘tmishda va kelajak uchun dolzarb bo‘lgan insoniyat moddiy va ma’naviy qadriyatlari taraqqiyoti masalalari, ezgu orzu-umidlari, armonlar, quvonchlar, tashvishlar, g‘am-qayg‘ular, ehtiroslar o‘z aksini topadi. Umuminsoniy qadriyatlar rivoyatlar negizida tarixiy shaxslar hayoti, faoliyati, ma’naviy xususiyatlari haqida va turar joylarining nomlanishini o‘rganishga intilish bilan bog‘liq joyda namoyon bo’ladi. Rivoyatlarda pedagogik namuna asosiy vosita hisoblanadi. lbn Sino, Amir Temur, Saroymulkxonim, Bobur, Jomiy, Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Nodira va boshqa tarixiy shaxslar haqidagi rivoyatlar ularning ijodi va faoliyatini o‘rganishda pedagogik vosita bo‘lib xizmat qiladi va ularga xos muhim fazilatlar: vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, muruvvat, muhabbat kabilarni bo‘rttirish, mubolag‘alashtirish vositasida haqqoniyligiga ishonch hosil qilinadi.
Xalq pedagogikasida asosiy tarbiya usuli o‘git, nasihat hisoblanadi. Bu usulning ifodasi naqllarda yaqqol ko'rinadi. “Naqllar-muayyan asarlardagi bayon orasida kelib, u yoki bu axloqiy mezon va tushunchalar haqida yuzaga kelgan flkrlarni ko‘chma ma’noda izohlovchi ta’limiy ahamiyat kasb etadigan majoziy hikoya”. Bular bugungi ta’lim-tarbiya bilan mushtarak olib borilsa, yanada chuqurroq tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, yosh avlodni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zamon talabi bo’lib kelmoqda. Buning uchun esa ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida, jumladan, umumiy ta’lim maktablarida xalqimiz- ning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-qanoat, adolat, ma’rifat, insonparvarlik, iymon, e’tiqod, mehnatsevarlik tuyg’ularini har bir yosh ongiga singdirish talab etiladi.