Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari
Maktab direktori______ ________ “Tarbiyaviy soat” mashg’ulotlarining o’quv-mavzu rejasi “__” sinf
№
O‘tiladigan mavzular
soat
O’tilgan vaqti
Uyga vazifa
1.
Ona yurtim – oltin beshigim!
1
2.
Maktabimiz qoidalari.
1
3.
Mening kun tartibim
1
4.
Xavfsizlik nima?
1
5.
Ustozga ta’zim! (Ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan)
1
6.
Tabiatni muhofaza qilish.
1
7.
Tejamkorlik haqida
1
8.
Ona tilim – jonu dilim (O‘z.Res. “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan).
1
9.
Oltin kuz ertaklari
1
10.
Ta’til taassurotlari.
1
11.
Bayrog‘imiz – faxrimiz (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).
1
12.
Ertaklar yaxshilikka – yetaklar.
1
13.
Qomusimiz–baxtimiz(8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).
1
14.
Madhiyani kuylaylik (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).
1
15.
Mas’uliyat nima?
1
16.
Yangi yil muborak (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).
1
17.
Vatan posbonlari. (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).
1
18.
Mening mahallam.
1
19.
Yaxshi tarbiya - inson ziynati.
1
20.
Bobolarimiz deydilar… (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).
1
21.
Dono bobolar o‘gitlari. (xalq maqollari va matallari haqida)
1
22.
Bizni dunyo taniydi. (2 mart O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kun)
1
23.
Mehribonim onam(8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).
1
24.
Odobli bola elga manzur.
1
25.
Navro‘z – bahor bayrami ( 21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).
1
26.
Mehnat-mehnatning tagi rohat.
1
27.
Ona tabiat qo‘ynida.
1
28.
Men sevgan ertak qahramoni.
1
29.
Mening qahramonim.
1
30.
Bobom xotiralari (Xotira va qadrlash kuni oldidan).
1
31.
Kitobim - oftobim.
1
32.
Yoz – o‘tadi soz!
1
33.
Men 1-sinfni tugatdim (Maktab haqida taassurotlarim)
1
Tuzuvchi: ________ ______________ Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiya ishlar bo’yicha deriktor o’rinbosari:_________ ______________
1- mavzu: “Ona yurtim – oltin beshigim!” I.Kirish: Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda mustaqil vatanimiz bilan faxrlanish va milliy g`urur tuyg`ularini uyg`otish.
Yurt,ona Vatan haqidagi tushunchalarni o`quvchilar ongiga yetkazish.Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash, nutqini o`stirish.
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar.
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Ma`naviyat daqiqasi :
Vatan ona,
Vatan chamandir,
Vatan quyosh,
Vatan osmondir.
Vatan she`rdir,
Vatan xayoldir,
Vatan tuproq, Vatan iymondir.
II.Asosiy qism: Vatan-bu sen,ota-onang,oilang va do`stalring yashayotgan yer. Vatan –bu sen bilan birga yashayotgan qushlar,daraxtlar.
Ko`chadan kelar ekansiz,yuzlab derazalar ichidan o`z uyingiz derazasiga qaraysiz.Nega boshqa derazaga qaramaysiz?Chunki o`sha derazaning ichida sizning vataningiz bor.
Z.M.Bobur o`n ikki yoshida podshoh bo`lgan.U katta harbiy yurishlar qilgan.Hindistonda Andijondan olib borilgan qovunni yeb shoh Bobur yig`lab yuborgan ekan.U vatanini qattiq sog`ingan.Qovun olib borganlar vatanini olib borisholmasdi-da.
Bizning Vatanimiz O`zbekiston! O`zbekiston –muqaddas Vatan. Aziz bobolarimiz ota-onamiz tug`ilib o`sgan maskan. Biz uchun Vatan bitta! Mamlakat bitta! Bizning go`zal yurtimiz, noyob tabiatimiz, betakror Vatanimiz, bag`ri keng va oliyjanob xalqimiz bor.
Men shu diyorda yashayman. Shu yurtda tug`ilib o`sdim. O`zbekiston juda go`zal diyor. O`zbekistonda go`zal bog`lar, yuksak tog`lar, bepayon dalalar, zilol suvlar, zamonaviy qishloqlar va bir-biridan go`zal shaharlar ko`p. O`zbekistonimizning tabiati xilma-xil bo`lib, go`zallikda tengi yo`q. O`zbekiston jannatmakon diyor.
Bizning yurtimizda yoshlarga juda katta e`tibor qaratilgan. Chunki biz yoshlar O`zbekistonning kelajagimiz. Biz yoshlarning yaxshi yashashimiz, yaxshi ta`lim-tarbiya olishimiz, dam olishimiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yurtimizda bizning yaxshi ta`lim-tarbiya olishimiz uchun yangidan-yangi maktablar, akademik litseylar, kollejlar, oliy o`quv yurtlari bunyod etilgan. Biz yoshlarning jismonan baqquvat va sog`lom bo`lishimiz uchun sport inshootlari va maydonlar, suv havzalari qurib bitqazildi.
O`zbekistonning poytaxti - Toshkent shahri. Toshkent juda ko`hna va qadimiy, shu bilan birga zamonaviy shahardir. Toshkent shahri respublikamizning yuragi hisoblanadi. Shu zaminning munosib farzandi bo`lib yashaylik.
Qancha diyorlarda sayr etib yurdim,
Qancha manzillarda tuzdim oshiyon.
Va buyuk hikmatga axir yuz burdim,
Siylangan joyida azizdir inson.
Yurtim senda ekan nasibam tugal
Sen o`zing maskanim, sen o`zing jonim
Sen onam, sen singlim, yorimsan azal.
Ey jonim, jahonim O`zbekistonim.
1991 yil 1-sentabr kuni olamshumul ahamiyatga ega bo`lgan voqea yuz berdi. O`zbekiston Respublikasi Mustaqil deb e`lon qilindi. O`zbekiston tenglikni, hurlikni qo`lga kiritdi. Ona diyorimizni jahon tanidi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov : “Bizdan ozod va obod Vatan qolishi”, “Shu aziz Vatan barchamizniki. Uning baxt saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish kerak bo`lsa, joningni fido qilish, shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir”,-deb aytganlar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga “Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim” deb aytmaganlar. Shu sababli ta’limni O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yo‘nalish, deb e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kimning bilim olish huquqiga egaligi va bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qo‘yilganligi buning isbotidir. Prezidentimiz SH.Mirziyoev tashabbusi bilan davlatimizni barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab
chiqilib, hayotga izchil joriy etilmoqda.
I. Davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini
yanada isloh qilish
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish
V. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik,
o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat
III.Yakuniy qism: Ona Vatanimiz mustaqilligini keng nishonladik. Darhaqiqat, asrlarga ta`tigulik bu yillar mobaynida Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimizning farzandlar iqbolini o`ylab, bir maqsadu muddao bilan, bir tanu bir jon bo`lib amalga oshirilgan beqiyos ezgu amallari natijasida bugun mamlakatimizni dunyo tan olmoqda. O`z tanlagan yo`li, o`z aytar so`zi va amali bilan jahonni lol qoldirayotgan davlatimiz tobora barkamollik sari intilayapti
Savol:.
-Biz ham barkamol avlod bo`lishimiz uchun o`zimizda qaysi fazilatlarni tarbiyalamog`imiz darkor?
-(…).
Tarona guruhining “O`zbekiston” qo`shig`i tinglanadi.
-Qo`shiq nima haqida ekan?
-Vatan haqida ekan.
O`quvchilarning javoblaridan so`ng “BBB” metodi orqali vatan haqidagi ma`lumotlar umumlashtiriladi. O`quvchilar aytishadi.O`qituvchi ularning javoblarini xattaxtaga yozadi.