Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari
Rag'batlantirish usuli: - Ishonch bildirish
- Sovg‘a berish
- Qo’llab-quvvatlash
- Maqtov yorlig’i berish
Jazolash usuli -Tanbeh
- Hayfsan berish
- Uyaltirish
- Majburlash
-Ogohlantirish
Rag‘batlantirish va jazolash usulida o'quvchi shaxsi emas, balki ayni vaqtda xatti-harakati, qiziqislilari bolaning individual xususiyati, hodisa yuz berayotgan vaziyat, sabab-oqibatlar nazarda tutiladi. Rag'batlantirish va jazolash qancha tez qo’llanilsa, shuncha ta'siri kamayib ketadi. Rag'batlantirish va jazolash yolg‘iz o‘quvchiga yoki sinfga yoxud maktab jamoasiga qo‘llanishi mumkin. Yuqoridagi usullardan foydalanish xususiyatlariga alohida e’tibor berish lozim. Rag'batlantirishda yozma, og‘zaki, imo-ishora shakllari qo‘llaniladi. Imo-ishora bilan boshini qimirlatishi, tabassum va yuz-qo‘l harakatlari bilan ma’qullashi yoki yozma ravishda ma’qullashi mumkin.
O'qituvchi maktabda jazo sifatida og‘zaki, tanbeh, sinf o'quvchilarining о’rtasida ogohlantirish choralarini qo‘llashi mumkin.
O‘quvchilarni pedagogik kuzatish metodikasi
O‘quvchilarni pedagogik kuzatish, darsda turli xil ko‘rsatmali qurollarni kuzatishdan tashqari, o‘quv jarayonida o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarda o'tkaziladigan mustaqil kuzatishlardan ham foydalaniladi. Buni kuzatishlar qisqa muddatli va uzoq davom etadigan kuzatishlar bo'lishi mumkin. Ular o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladi. O‘qituvchi dars vaqtida o'quvchilarga ularning maqsadini tushuntiradi, topshiriqlarni taqsimlaydi va ular bilan birgalikda kuzatish olib borish rejasini belgilaydi. Yo‘l-yo'riq berish vaqtida kuzatish izchilligiga, kundalik yuritish tartibiga, kerakli materiallar to‘plab, ularni ishlash usullariga alohida e’tibor berish kerak. Turli fan o'qituvchilari mustaqil kuzatishlar uchun topshiriqlar beradilar. Masalan, jamiyatshunoslik bo‘yicha o'quvchilar mehnat brigadalari a’zolarining mehnati va dam olishi qanday tashkil etilganligini, estetik tarbiya bo'yicha kinofilmlar, teatr ko'rishlari, badiiy ko'rgazmalarga borishlari, texnikaviy fanlar bo'yicha korxonadagi ishlab chiqarish jarayonini, korxonada chiqadigan mahsulotning, yangi texnikaning xalq xo'jaligida va turmushda ishlatilishini kuzatishlari mumkin. O'quvchilar xilma-xil tajribalarni bajarayotgan vaqtda ham kuzatish ishlari olib boriladi. Kuzatishlarning natijalari mashg'ulotlarda muhokama qilinadi. O'qituvchi yangi materialni tushuntirishda ularga tayanadi. Kuzatishlarning borishida o'quvchilar mustaqil ravishda xulosalar chiqaradilar. O‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish va rahbarlik qilishda, uning samaradorligini oshirishda rahbar o'rinbosarining sinf jurnallari qanday tutilayotganini nazorat qilib borishi katta ahamiyatga ega.
Sinf jurnali darsda o‘tkaziladigan va uyga berilgan mustaqil va ijodiy ishlar tizimi va maktab kursidagi barcha fanlar bo'yicha o'quvchilarning o'zlashtirishlari haqida, baholarning to'planishi, darslarda o'quvchilar so'ralishining mimtazamliligi haqida, darslarda o'tilgan o‘quv materialining jurnalga yozish sifati va hokazolar haqida tasavvur berishi mumkin. Rahbar va uning o‘rinbosari sinf jurnaliga qarab darslardagi davomat, darsni qoldirgan o'quvchilar bilan ishlash haqida, o'quvchilar tez-tez uy vazifalarini bajarmasliklari haqida fikr yuritishlari mumkin.
Sinf jurnallarini har oyda maktab rahbariyati tomonidan kamida ikki marta tekshirish kerak. Tekshiruvdan so'ng jurnalga uning tekshirilgan vaqti va kim tekshirgani yozib qo'yiladi. Maxsus ish kundaligi daftarida esa tekshirish natijalari bo'yicha xulosalar yozib qo'yiladi, o'qituvchilarga, sinf rahbarlariga aniq takliflar, tavsiyalar beriladi. Jiddiy kamchiliklar topilganida maktab bo'yicha alohida buyruq berilishi murnkin. Suhbat yordamida vujudga keladigan masalalarni tez hal: etish, ota-onalar bilan ishonchli munosabatlar o'rnatish, o'quvchilar, oilaviy tarbiya sharoitlari haqida qo'shimcha ma’lumotlar olish, ota-onalarga pedagogik bilim berish, bolaning yakka tartibdagi rivojlanishi dasturini va birlikdagi pedagogik harakatlar tizimini ishlab chiqish ota-onalarning tarbiyaviy qiyin bolalar xulqini tuzatish va o'quvchilar o'rtasida munosabatlarda vujudga keladigan kelishmovchiliklarni hal etish kabi keng ko'lamdagi ta’lim-tarbiya vazifalari haf qilinadi. Suhbat о‘quvchilarning uyida ham, maktabda majlisdan keyin ham, maktabga o'z tashabbuslari bilan sinf rahbari chaqirganligi munosabati bilan kelgan ota-onalar bilan ham o‘tkaziladi. Aslida sinf rahbari o'z sinfidagi o'quvchilardan har birining ota-onasi bilan suhbat o'tkazishga tayyor bo’lishi kerak. Shunga qaramay, har qanday suhbatning ta’sir etish samaradorligini oshirish uchun tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish yuzasidan uning muhim psixologik-pedagogik talablarga rioya etish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyaviy ta’sir ko'rsatish samaradorligi ko‘p jihatdan o'qituvchilar va ota-onalarning muvofiq harakatlari bilan belgilanishini nazarda tutib, bolaning o'ziga xos psixologik xususiyatlarini hisobga olish, uning xuiq-atvoridagi eng kichik chetga chiqishlarga ham o‘z vaqtida e’tibor berish kerak, bunga sinf rahbari bilan ota-onalarning ishonchli o‘zaro munosabatlarini o‘rgangandagina erishiladi, bunday munosabatlarni o‘rnatish va chuqurlashtirish uchun yakka tartibdagi suhbatlardan foydalanish juda muhim. Suhbat ota-onaga ularning o'g‘li yoki qizining yomon xulq-atvori yuzasidan e’tiroz bildirishdan, bunda umuman bola haqida shaxs sifatida noxush fikrlar aytishga yo‘1 qo‘yishdan boshlanganda, ota-onalar uchun bolalari har qachon yaxshi ekanligi unutilganida sinf rahbari mutlaqo boshqacha fikr yuritishga duch keladi.
Nazorat uchun savollari Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda sinf rahbarining vazifalari nimalardan iborat?
Sinf rahbari o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda qanday talablarga rioya etishi kerak?
O’quvchini jamoa orqali tarbiyalash haqida mulohaza yuriting.
Boshlang’ich sinflarda ota-onalarga pedagogik yordam ko’rsatishda sinf rahbarining roli haqida fikrlashing.
O’quvchilarni tarbiyalashda sinf rahbarining axloqiy obro’si va uning tarbiya jarayoniga ta’siri haqida bahslashing.