Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda sinf rahbarining pedagogik mahorati
TARBIYAVIY ISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA SINF RAHBARINING PEDAGOGIK MAHORATI
REJA
Kirish 2
I.Bob.Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda sinf rahbarining pedagogik mahorati 4
1.1 Ta’lim jarayonida tarbiyaviy ishlarning o’rni 4
1.2. Boshlang’ich sinflarda tarbiyavish ishlarni tashkil etish 7
II.Bob.Sinf rahbarining o’quvchilarda o’qishga qiziqishni oshirishda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish 11
2.1. O`quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash 11
2.2.Sinf rahbarining o’quvchilarda o’qishga qiziqishni oshirishda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish 20
Adabiyotlar ro‘yxati. 29
Kirish
Tarbiya – bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida bilim, his-hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o‘ziga hos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat hisoblanadi. Mana shu tarbiyaning asosiy manbai–shaxslar bo‘lib qoladi–bu jamiyat va individning o‘zidir. Tarbiyalanayotgan shaxs maqsadlari va qadriyatlari tizimida individual va ijtimoiylik nisbatlari muammosi tarbiya nazariyasida markaziy muammo hisoblanadi. Jamiyat va shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi? Shaxs jamiyatdan tashqarida yuzaga kelmaydigan jonzot hisoblanadi, jamiyat esa o‘z navbatida shaxslardan tashkil topadi. U shaxslar o‘zaro munosa-batlari jarayoni natijasi va jarayonining o‘zidan iborat. Shaxssiz jamiyat yo‘q va demak, jamiyat ularga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zida, shaxsni mikrosotsitsi, jamiyatni esa makrosotsitsi, deb ataydilar. Bu bilan materiya harakatlanishining ijtimoiy shakli, ikki asosiy tarkibiy qismi to‘g‘risida gap borayotganligini ta’kidlaydilar. Shaxs va jamiyatning yaqin bir-biriga bog‘liqligi turli tomonlardan qaralishi mumkin. Biroq, shaxs va jamiyat bir narsa va bir xilda o‘xshash bo‘lishi nimasi bilan farq qiladi? Uning farqi hajmiga aloqador bo‘ladimi (kichik shaxs–katta jamiyat qabilida) yoki yana boshqa muhim farqi bormi, degan savollarga javob berish uchun o‘zaro bog‘liqlik mana shu doiradan chiqishi muhim. Mana shu ijtimoiy subyektlar funksiyalarining o‘ziga xosligi nimalardan iborat?\Shaxs jamiyat emas. U jamiyatda paydo bo‘lib, o‘zini amalga oshirish jarayonida madaniyatini o‘zgartiradi, ba’zan madaniyati rivojlanishida shunchalik ilgarilab ketadiki o‘n yillar, ba’zida hatto asrlar davomida jamiyat xotirasida qoladi.
O‘zida jamiyat madaniyatining in’omlarini mujassam etgan-ligi sababli, shaxs ijtimoiy tajribani yangicha talqin qilishda, ma’naviy va moddiy qimmatliklarni yaratishda, qayta anglashda mustaqil avtonom bo‘lib qoladi.
Bunday shaxs o‘zining zamondoshlari uchun ma’lum bo‘lgan yoki begona tajribani olib kiradi, faqat vaqt o‘tishi bilan asta-sekin jamiyatga kirib boradi. Bunday shaxs o‘zini jamiyatga qarshi qo‘yishi, unga qarshi chiqishi va u bilan kurashishga kirishishi mumkin.
Jamiyat bu shaxs yoki shaxslar to‘plami emas.Jamiyat – bu qadriyatlar o‘z maktabini yaratadigan, har qanday subyektni xizmat qilishga majbur etishga intiluvchi, o‘zining mavjudligini saqlab qolish uchun shaxsni yutib yuborishga qodir, o‘zini harakatlantiruvchi ijtimoiy birlikdir. Shu bilan bir vaqtda, jamiyat insonlar to‘plagan madaniyatni saqlab qolish va odamga yetkazish usuli demakdir.
Dostları ilə paylaş: |