Tarbiyaviy soat


-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə14/54
tarix20.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#146058
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Tarbiyaviy soat

11-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilarda davlat ramzlariga bo‘lgan hurmatni rivojlantirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishda ularning o‘rni kattaligini uqtirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i o‘zga yurtlarda ko‘tarilganda g‘urur va iftixor tuyg‘usini oshirishini singdirish.
12-mavzu: Maktab jihozlari kimniki? (1 soat)
Eng ulug‘ maskan. Buyuk insonlarni tarbiyalovchi ilm o‘chogi. Maktabdagi har bir kitob va boshqa buyumlarni asrab-avaylash lozimligi, chunki ular xalqimizning mulki ekanligi.
13-mavzu: Baxtimiz qomusi (8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).
(1 soat)
O‘quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularni o‘rganish va amal qilish tuyg‘ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.
14-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilarda davlat ramzlariga bo‘lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
16-mavzu: Yangi yilga munosib sovg‘am (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). (1 soat)
O‘quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo‘yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o‘quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo‘lishi lozimligini singdirish.
17-mavzu: Vatanparvar ajdodlarimiz (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). (1 soat)
To‘maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur jasoratlari. O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo‘lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin