10-mavzu: Kuz ne’matlari. Vatanimda oltin kuz. Kuz ne’matlari haqida tushunchalar hosil qilish.
11-mavzu: Bayrog‘imizni baland tutaylik (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan). O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o’rni kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish.
12-mavzu: Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya Bola huquqlari to’g’risida Konvensiya, O’zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi Qonunida bolalarning huquqlari haqida tushunchalar hosil qilish.
13-mavzu:Konstitutsiyamiz –baxtimiz poydevori O`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni o’rganish va amal qilish tuyg’ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.
14-mavzu: Madhiyam, yangrayver! (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan). O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
16-mavzu: Yangi yilga yangi rejalar (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan). O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.
17-mavzu: Ona yurtni mard o‘g‘lonlar qo‘riqlaydi (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan). O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.