Tarbiyaviy soat


-mavzu: Onajonlar, sizga ta’zim! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan)



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə20/54
tarix20.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#146058
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
Tarbiyaviy soat

24-mavzu: Onajonlar, sizga ta’zim! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).
O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
25-mavzu: Kim bo‘lsam ekan?
O`quvchilarga orzu va orzusi bo’yicha tanlagan kasbining mohir ustasi bo’lib yetishishlarida, barcha orzularining ro`yobga chiqishida irodaning , mehnatning, harakatning va ustozlar o’gitining o`rni alohida ahamiyat kasb etishligini tushuntirish.
26-mavzu: O‘zbek milliy o‘yinlari (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan).
O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy o’yinlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
27-mavzu: Amir Temur avlodlarimiz.
O`quvchilarning buyuk davlat arbobi va jahongir lashkarboshi, Sohibqiron Amir Temurga bo`lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish hamda ular ongiga Amir Temur bobomiz faxrimiz-g`ururimiz ekanligini singdirish.
29-mavzu: Ilm – baxt kaliti.
Beshikdan qabrgacha ilm izla, ilmli inson har joyda aziz, ilmli xor bo’lmas hikmatlarini sharxlash.
30-mavzu: Vatan – muqaddas (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan).
O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.
31-mavzu: Yaxshi-yomon odatlar.
Yaxshi-yomon odatlar tarbiya natijasi ekanligi, odobni odobsizdan o’rganish lozimligi uqtiriladi.
32-mavzu: Kitobim –oftobim.
O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o’rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o’qishga bo’lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin