Tarbiyaviy soat


-mavzu: Milliy iftixor tuyg‘usi (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə31/54
tarix20.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#146058
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Tarbiyaviy soat

14-mavzu: Milliy iftixor tuyg‘usi (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).
O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
16-mavzu:Yangi yilda yangi orzular(Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).
O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.
17-mavzu: Vatanga muhabbat, Vatan oldidagi burchni anglash. (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).
O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash.
18-mavzu: Mening mahallamda yashash yaxshi (Tarix fani oyligi doirasida).
Mahallang – otang-onang, mahallamiz faollari, mahallamizdagi tadbirlar.
20-mavzu: Ilm-fan homiylari(Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan). (2 soat)
O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u’larini singdirish. SHuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag’rikenglik g’oyalarini singdirish.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin