Tarbiyaviy soat


-mavzu: Tinchlik uchun kurashmoq kerak



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə29/54
tarix20.09.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#146058
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Tarbiyaviy soat

30-mavzu: Tinchlik uchun kurashmoq kerak (Xotira va qadrlash kuni oldidan)
O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.
32-mavzu: Kitobdan yaxshi do’st bo’lmas
O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o’rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o’qishga bo’lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.
34-mavzu: Oltin yoz – o’tsin soz!
O`quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
6 – sinf
(34 soat)
1-mavzu: O‘zbekiston –bag‘ri keng diyor
Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyuk ma’naviy jasorati va o’tmishni unutmaslik haqida aytgan fikrlari, afg`on qizi nima uchun o`z orzusiga yetolmaganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi haqidagi tushunchalar shakllantiriladi.
3-mavzu: Tabiat bizning do‘stimiz (geografiya fani oyligi doirasida).
O’quvchilarni estetik qadriyatlarga yo’naltirish, ularda milliy qadriyatlar, ona Zamin tabiati, milliy xalq san’ati, O’zbekiston tarixi va madaniyatiga muhabbat tuyg’ularini rivojlantirish orqali o’quvchilarni go’zallik qonunlari asosida yashashga o’rgatish. Ular ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg’ularini shakllantirish.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin