18-mavzu:Barcha fuqarolar tengdirlar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan barcha fuqarolar qonun oldida tengligi, millatlararo hamjihatlik va dinlararo bag’rikenglik ta’minlanganligi.
19-mavzu: Tejamkorlik. Gaz, elektr va ichimlik suvini tejash burchimiz Gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi milliy boyligimiz. O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
20-mavzu:Donolar bisotidan(Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan). O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u’larini singdirish. SHuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag’rikenglik g’oyalarini singdirish.
21-mavzu: Birlashgan Millatlar Tashkiloti haqida. BMT butun dunyoda tinchlikni saqlash, global muammolarni hal etish, ochlik va kasalliklarga qarshi birgalikda kurashish maqsadida tuzilgan xalqaro tashkilot ekanligi.
23-mavzu: Oila - muqaddas dargoh. 24-mavzu: Onalar, sizni qutlaymiz! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan). O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
25-mavzu: Sog‘ tanda-sog‘lom aql. O’quvchilarda jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni kuchaytirish orqali ularni jismoniy va axloqiy jihatdan barkamol etib tarbiyalash, o’quvchilar ongiga sog’lom turmush tarzi asosida yashash qoidalarini singdirish.