34-mavzu: Foydali va maroqli dam – mehnatga hamdam. O`quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
8 – sinf (34 soat) 1-mavzu:Men nechun sevaman – O‘zbekistonni? Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning buyuk ma’naviy jasorati va o’tmishni unutmaslik haqida aytgan fikrlari, afg`on qizi nima uchun o`z orzusiga yetolmaganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi haqidagi tushunchalar shakllantiriladi.
2-mavzu: Tejamkorlik yaxshi fazilat(Iqtisod fani oyligi doirasida). Tejamkorlik – koni boylik. Gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi milliy boyligimiz. O`quvchilarni tejamkorlikka o`rgatish, ularga ortiqcha isrofgarchilikka yo`l qo`ymaslikni uqtirish orqali o’quvchilarning iqtisodiy savodxonligini, iqtisodiy ongini, iqtisodiy fikrlashi va iqtisodiy madaniyatlilik darajasini oshirish.
3-mavzu: Vodiylarni yayov kezganda ...(geografiya fani oyligi doirasida). O‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg’ularini shakllantirish.
5-mavzu: Faxrli kasb egalari (1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan). O`quvchilar qalbiga o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ularga ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`rsatish lozimligini uqtirish.
7-mavzu: Serquyosh, hur o‘lka! Muqaddas Vatan, kindik qonimiz tomgan tuproq, ajdodlarimiz hoki yotgan aziz maskan. Aytgin do’stim, nima qildik Vatan uchun?