Targ’ibotchi va maktab kutubxonasi kirish Asosiy qism


Shaxsning mutolaa madaniyati



Yüklə 56,78 Kb.
səhifə4/7
tarix09.05.2023
ölçüsü56,78 Kb.
#109910
1   2   3   4   5   6   7
13.16 Targ’ibotchi va maktab kutubxonasi

Shaxsning mutolaa madaniyati – insonning umumiy madaniyati tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, axborot dunyoqarashi majmuasi va an`anaviy xamda axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda yakka tartibda axborot olish extiyojlarini qondirishga doir maqsad sari yo’naltirilgan mustaqil faoliyatni ta`minlovchi bilim va malakalar tizimi.
Shaxsga axborot olish madaniyatini o`rgatishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- shaxsning axborot olish dunyoqarashini shakllantirish, bu narsa axborotga, axborot zaxiralariga, axborot texnologiyasiga bo`lgan umumlashgan karashlari tizimini ifoda etadi;
~ o`quvchilarning o`quv, kasb-kor yoki boshqa o`quv-biluv faoliyatini, o`z-o`zini ta`minlashga doir bilim va malakalarni egallashlari; Axborot olish malakalarini xosil qilish axborot qidirishning an`anaviy va avtomatlashtirilgan (elektron) usullarini mustaqil ravishda yuritish malakalarini uzlashtirishni ko’zda tutadi. Shaxsning axborot olish madaniyati darajasini sezilarli darajada oshirish maxsus axborot olish ta`limini, xususan, ta`lim muassasalari o`quv jarayoniga o`quvchilarda axborot bilan o’z-o’zini ta`minlash sohasidagi bilim va malakalarning bir butun tizimini shakllantirishni talab etadi. Bunga "Shaxsning axborot olish madaniyati asoslari" mashg’ulotlarini majburiy kurs sifatida o’rgatish yo`li bilan erishish mumkin. Kurs o`quvchilarni axborotni umumilmiy, umumiy ta`lim va amaliy ahamiyatga ega bo`lgan extiyojlarini qondirish maqsadida mustaqil aniqlash va foydalanish imkonini beradigan bilim, malaka va ko`nikmalar olamiga olib kiradi.
Maktab kutubxonalari ham axborot olish madaniyatini o`stirish uchun shart-sharoit yaratishi darkor.
Axborot olish madaniyati asoslarini o`qitish metodikasini bilish xozirgi zamon kutubxonachisi kasbiy kompetentligining ajralmas tarkibiy qismidir.
Axborotdan foydalanuvchi yosh kitobxonlarni tayyorlash jarayonida qo’llaniladigan shakl va metodlar tizimida maxsus kutubxonachilik mashgulotlari, kutubxonachilik darslari eng faol foydalaniladigan ish usullari xisoblanadi. Bunday mashgulotlarni texnologik loyixalash – mutaxassisdan Yuksak kasb maxoratini va faoliyat samaradorligini talab etadigan zamonaviy jamiyatning ehtiyojidir.
Bugungi kunda jadal tarzda kuchayib borayotgan axborotlardan xabardor bo`lish, kerakli ma`lumotni ajratib olish va undan foydalanish mumkin bo`lgan holatda qaydlash tezkorligini va sifati har bir shaxsning axborot olish madaniyati qay darajada shakllanayotganligiga bog’liqdir.




  1. Yüklə 56,78 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin