5
mulki bo‘lgan. Davlat hukmdorlari va katta yer egalari
yerlarini dehqonlarga ishlash uchun ijaraga bo‘lib bergan-
lar. Ijarachilar o‘sha yerlarda yetishtirgan hosilning belgilab
qo‘yilgan ma’lum bir qismini yer egalariga topshirganlar.
Osiyoda Yevropadagidek yer egasining yerini ishlab
berish
majburiyati bo‘lmagan.
Yevropada yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lganligi uchun deh-
qonchilik rivojlangan. Osiyoda esa bunday imkoniyat
bo‘lmagan, yog‘ingarchilik tanqisligi sababli yerlarning
namlik miqdori ancha past bo‘lgan.
Bunday sharoitda
sun’iy sug‘orishga ehtiyoj tug‘ilgani tabiiy.
Shu boisdan ham Osiyoda yer egalari uchun yerlari-
ning hammasini dehqonlarga ijaraga bo‘lib berish foydali
bo‘lgan. Negaki bu bilan sug‘orish inshootlarini doimiy
tozalab turish majburiyati
ham dehqonlar zimmasiga yuk-
langan.
Osiyo va Afrika mamlakatlarida o‘troq dehqon ham-
da ko‘chmanchi qabilalar, xalqlar orasidagi munosabatlar
muhim o‘rin tutgan. Sababi, ushbu mamlakatlarda ko‘ch-
manchi chorvachilik xo‘jaligi
asrlar davomida saqla
nib
kelgan. Agar dehqonlar bilan chorvadorlar o‘rtasida ay
ir-
boshlash bo‘lsa, jamiyat yuksalgan.
Lekin ko‘chmanchilar bosqini va talonchiliklari sun’iy
sug‘orish inshootlarining vayron etilishi, ko‘plab aholin-
ing qirilishi va asirlikka olib ketilishi bilan tugagan. Xu-
susan, ko‘p oylik qamaldan so‘ng Urganchni egallagan
mo‘g‘ullarning har bir askariga 24 nafardan asir to‘g‘ri
kelgan.
Dostları ilə paylaş: