Tarix-7 2017.(Uzb). indd


O‘rta asrlar jamiyati haqida



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/139
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#176911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
[@abituriyent plus] Jahon tarixi 7-sinf òzb

O‘rta asrlar jamiyati haqida.
O‘rta asrlar kishilik jami-
yati Yevropada feodal, Osiyoda esa yer egaligi jamiyati 
deb ataladi.
«Feodal» atamasi lotincha «feod» so‘zidan olingan. 
Ma’lum xizmat evaziga qirol tomonidan berilgan va meros 
bo‘lib qoladigan yer-mulkka feod deyilgan. Feod egasi esa 
feodal deb aytilgan. Feodal jamiyati yer egaligiga asoslan-
gan jamiyatdir.
Yevropada yer-mulk egasi feodal deb atalgan. Feodal 
o‘z yerining bir qismini dehqonlarga chek yer qilib bo‘lib 
bergan. Buning evaziga dehqonlar feodalning yerlarini ish-
lab berganlar. Dehqonlar o‘zlariga berilgan chek yerlarida 
yetishtirgan hosildan ma’lum qismini feodalga soliq sifatida 
to‘laganlar. 
Feodal davri turli xalqlarda turlicha vaqtlarda tashkil 
topgan. Masalan, G‘arbiy Yevropada V asr oxirlarida zaif-
lashgan G‘arbiy Rim imperiyasi 476-yilda «varvarlar»ning 
qaqshatqich zarbasidan qulaganidan so‘ng feodal davri 
vujudga kelgan.
Turli mamlakatlarda feodal davri hukm surgan davrlar 
ham turlicha bo‘lgan.
Osiyoda yer egaligi jamiyati.
Osiyoda (xususan, Vatani-
miz hududida ham) yer egaligi Yevropadagidan farq qil-
gan. Osiyoda davlat hukmdori yerning oliy egasi hisoblan-
gan. Yer maydonlarining ma’lum qismi bevosita davlat 


5
mulki bo‘lgan. Davlat hukmdorlari va katta yer egalari 
yerlarini dehqonlarga ishlash uchun ijaraga bo‘lib bergan-
lar. Ijarachilar o‘sha yerlarda yetishtirgan hosilning belgilab 
qo‘yilgan ma’lum bir qismini yer egalariga topshirganlar. 
Osiyoda Yevropadagidek yer egasining yerini ishlab berish 
majburiyati bo‘lmagan.
Yevropada yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lganligi uchun deh-
qonchilik rivojlangan. Osiyoda esa bunday imkoniyat 
bo‘lmagan, yog‘ingarchilik tanqisligi sababli yerlarning 
namlik miqdori ancha past bo‘lgan. Bunday sharoitda 
sun’iy sug‘orishga ehtiyoj tug‘ilgani tabiiy.
Shu boisdan ham Osiyoda yer egalari uchun yerlari-
ning hammasini dehqonlarga ijaraga bo‘lib berish foydali 
bo‘lgan. Negaki bu bilan sug‘orish inshootlarini doimiy 
tozalab turish majburiyati ham dehqonlar zimmasiga yuk-
langan.
Osiyo va Afrika mamlakatlarida o‘troq dehqon ham-
da ko‘chmanchi qabilalar, xalqlar orasidagi munosabatlar 
muhim o‘rin tutgan. Sababi, ushbu mamlakatlarda ko‘ch-
manchi chorvachilik xo‘jaligi asrlar davomida saqla 
nib 
kelgan. Agar dehqonlar bilan chorvadorlar o‘rtasida ay 
ir-
boshlash bo‘lsa, jamiyat yuksalgan.
Lekin ko‘chmanchilar bosqini va talonchiliklari sun’iy 
sug‘orish inshootlarining vayron etilishi, ko‘plab aholin-
ing qirilishi va asirlikka olib ketilishi bilan tugagan. Xu-
susan, ko‘p oylik qamaldan so‘ng Urganchni egallagan 
mo‘g‘ullarning har bir askariga 24 nafardan asir to‘g‘ri 
kelgan.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin