Lotin imperiyasi (1204–1261). Lotinlar (vizantiyaliklar
sa
libchilarni shunday nomlaganlar) Vizantiya xarobalarida
Lotin impe
riyasi deb atalgan davlat tuziladi.
Lotinlar (salibchi ritsarlar) bosib
olingan hu
dud
larda o‘z tartiblar-
ini o‘rnata boshlaydilar. Bu dav-
latda ham G‘arbiy Yevropadagi
kabi ritsarlar qasrlari qad ko‘taradi.
Kons
tantinopol patriarxi taxtini ka-
tolik ruhoniysi egallaydi, dehqon-
lar ritsarlarga shaxsiy qaramlikka
tushadilar. Vizantiyani zabt etgan
ritsarlarning ko‘pchiligi tez orada
vataniga qaytib ketadi. Lotin imperiyasida qolgan ritsarlar
hokimiyatni faqat o‘zlarining temir intizomi va uyushgan-
ligi bilan ushlab turadi.
Ammo mahalliy yunonlarning mardonavor qarshiligi tu-
fayli lotinlar Vizantiya yerlarini to‘liq bo‘ysundira olmay-
dilar. Lotin imperiyasi
ning o‘zi ham tez orada bir necha
mayda knyazliklarga bo‘linib ketadi.
Vizantiyaning tiklanishi. Vizantiyaliklarning
lotinlarni tez
orada haydab yuborishga bo‘lgan umidlari zoye ketmagan.
Bo‘y
sundirilgan aholi salibchilarni yoqtirmaganlar, lotinlar
esa o‘zaro kelisha olish
magan.
Kunlardan birida nikeyaliklar harbiy bo‘linmasi lo-
tinlarni «qo‘r
qitish» uchun Konstantinopolga keladi. Ayni
paytda lotinlar qo‘shini nikeyaliklarga qarshi dengizdan
hujum qilishga ketgan va sha
har
ni himoyasiz qoldirgan
edilar. Konstantinopol yunonlari nikeyaliklar qo‘shini
yaqinlashganini eshitib, ularga shahar darvozasini ochib
beradilar. Ular
ning yordami bilan nikeyaliklar shaharga
ki
rib, poy
taxtni osongina egallaydilar. Tez orada ortga
qaytgan lotinlar shahar qo‘ldan ketganiga guvoh bo‘ladilar.
Nikeyaliklar bilan jangda mag‘
lubiyatga uchragan lotinlarga
kemalarga o‘tirib, Yevropaga qaytishdan boshqa chora qol-
maydi. Nikeya impe ra tori