Boshkiyim O‘zbekiston xalq amaliy san’atining eng ommaviy va hamma yerda tarqalgan turlaridan biri liar doim do‘ppi - adrasli qattiq yoki yumshoq qalpoqcha bo‘lgan. Do‘ppi o‘zbek milliy kiyimining ajralmas qismi bo‘lib, o‘zbek xalqining hayoti va an’analariga chuqur kirib borgan. Do‘ppi (turkcha tepa so‘zidan) nafaqat o‘zbeklar, balki boshqa Markaziy Osiyo xalqlarining ham milliy bosh kiyimidir. Do‘ppilar turlariga qarab ajratilgan: erkaklar, ayollar, bolalar uchun, qarilar uchun turlari. Keksa ayollar bu bosh kiyimni kiymaydilar. Bolalarning do‘ppilari (kulohcha, qalpoqcha, do‘ppi, kallapo‘sh) matolarining turli-tumanligi va rang-barangligi bilan, popuk va sharchalarining kattaligi, kashtalari, zarlari va tumorlarining ko‘pligi bilan farqlanadi. 0‘zbek do‘ppilarining eng ko‘p tarqalgan shakllari ozgina konussimon kabi to‘rt qirrali do‘ppilardir. Do‘ppilar bikki yoki undan ortiq mato qatlamlaridan tikilib, ipak yoki odiiy iplar bilan qavilib, mutahkamlanar edi. Tayyor do‘ppi ustidan ipak, zar yoki kumush ip bilan kashta tikilar edi. Do‘ppi tikish san’atini awaldan ayollar o‘rganar edi. Do‘ppilardagi eng ko‘p uchraydigan naqshlarga gul naqshlari, hayot va unumdorlik ramzi bo‘lgan bodom naqshi kiradi. Do‘ppilarningnaqshida saqlovchi vosita deb hisoblangan ilon izi naqshi ham tez- tez tikilar edi. Geometrik shakllardagi naqshlar ham juda ommaviy edi. Turli tumanlarda yaratilgan do‘ppilar o‘zining shakli, naqshlari va tanlangan ranglari bilan farqlanadi. 0‘zbekistoning ko‘pgina tumanlarida chust do‘ppilari eng ko‘p uchraydi. Chust do‘ppilarining eng tarqalgan turi qora matodagi to‘rt dona qalampir shaklidagi oq naqsh bilan tikilgan bo‘lib, pasti qator joylashgan gumbazchalar bilan o‘ralgan. Do‘ppining uchta turi mavjud - dumaloq, to‘rt qirrali dumaloq do‘ppilar va cho‘zinchoq qalpoqcha. Chust do‘ppilari naqshining keskinligi bilan (bodom donasi to‘la, mo‘ylovchasi kalta va keskin burilgan)va pastki chetining balandligi bilan ajralib turadi. Farg‘ona vodiysi do‘ppilarining boshqa turlari - «Sandali», «Akka ikki so‘m», «Chimboy», «Surkachekma» va boshqalar naqshlarining soddaligi bilan ajralib turadi. Samarqand do‘ppilari «piltado‘zlik» uslubiyotida bajarilgan. Do‘ppilaming boshqa turlari ham bor urgutcha «qalpoq», Buxoroning zar tikilgan do‘ppilari, shahrisabzcha «gilam do‘ppi», Kitol va Shahrisabz do‘ppilari «sanama» va «chizma», «taq’ya», «tayxa», «chumakli», «kush» - Xorazmning erkaklar va ayollar do‘ppilari. Do‘ppilarda eng ko‘p tarqalgan naqshlar qalampimusxa do‘ppi (poklik va barcha foniy narsalardan voz kechish ramzi), xoch, patlar, bulbul, qush naqshlari (oliy donolik ramzi), atirgul shoxi (tinchlik va go‘zallik ramzi), muqaddas arab yozuvlari va boshqalar uchrar edi.
To‘y Siz karnay-sumaylar ovozi, nog‘araning taka-tumini uzoqdan eshitgan zahotingizoq to‘y bo‘lyapti, deb yugurasiz. Ha, to‘yning belgisi, xabarchisi-karnay-surnay, nog‘aralar va Siz. To‘y o‘z nomi bilan -yaqin do‘st-yor, qarindosh-urug’‘ diydoriga, shirin taomlarga, yaxshi kuy va qo‘shiqqa, kurashu ko‘pkari tomoshasiga, bayram shodiyonalariga, kulgi va quvonchga to‘yishdir.
Bizning o‘zbek xalqi O‘rta Osiyo mintaqasidagi boshqa qardosh xalqlar singari juda qadim zamonlardan buyon to‘y qilib, elga osh berib klegan. To‘ylar, odatda, kichik bayramlardek o‘tkazilgan. To‘yning ham turlari juda ко‘p. beshik to‘yi, xatna-sunnat to‘yi, nikoh to‘yi, payg‘ambar to‘yi, hovli to‘yi, yosh sanalari bilan bo‘g‘liq bo‘lgan to‘ylar va hokazolar. To‘ylar ko‘pincha qadimda qish faslida o‘tkazilgan. Chunki bu faslda dehqon va kosibning qo‘li ko‘proq bo‘sh bo‘lgan. To‘y-bu ko‘pchilikto‘planib nishonlaydigan ommaviy marosim. Qadimda to‘ylarda ota-bobolarimiz bira to‘lasi kurash, ko‘pkari, askiya, masharabozlik, dor o‘yinlari, boshqa turli tomoshalar ko‘riklarini o‘tkazishgan. Xalq orasidan pahlavonlar, san’at ishqibozlari, dovyurak, epchil chavandozlar tabiiy tanlanib, ajratib olingan.
Beshik to‘yda yangi bo‘shangan, beshikda bolasini emizib turgan onaga non tishlatib, bu non bolalarga olib qochdirilgan. Beshik narisiga, ayvongashirinliklar, tuli meva qoqilari sochilib, bolalarga talashib-tortishib tanovul qildirilgan. Bu bilan yangi tug‘ilgan bolaning umri shirin, mo‘l bo‘lib, uzoq yillar hayotda sochilgan rizq-qo‘zini yig‘ib-terib eb yursin, degan ma’no anglashilgan. Beshik to‘yida bolani chillasi chiqib, uni beshikka belash marosimida ikki turmush ko‘rgan, ajralgan xotinlar irim qilib qo‘yilmagan. Beshikka muqaddas hisoblangan daraxt tug‘dona shoxi kesib olib, osib qo‘yilgan. Bolaning beshik yostig‘I ostiga pichoq, non parchasi qo‘yilgan. Isiriq tutatilib, tumor osilgan.
Beshik to‘yi bolar uchun juda-juda quvonchli bayramdir. Chunki, ular o‘z saflariga no‘malum bir bolaning kelib qo‘shilayotganidan shodlanadilar. Umuman olganda, bolalik olami juda ham go‘zaldir. U har bir kichik narsadan xursand bo‘ladi. Buyuk oqin Abay behuda mana bunday demagan: Go‘dak uchun beshigi-kattakon olam, Onasining oq ko‘ksi-jonajon olam: Keng sahro ham tor kelar ulg‘ayganida, O‘toviday ko‘rinar bepoyon olam.
Nikoh to‘yida esa bo‘y etgan qi-yigitning turmush qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan qadimiy, an’anaviy odat-marosimlar amalga oshirilgan. Kuyov bo‘lmish yigitga qo‘yiladigan shartlarni Siz sevib o‘qigan ertaklaringiz, baxshi bobolaringiz to‘qigan dostonlardan yaxshi bilasiz. Oddiy xalqda kuyov bolaga o‘tin yerdirib, er choptirib, chavandozligini, kurash tushishini, kamondozligini, kosib-ustaligini sinab, imyihon qilib ko‘rishgan.
Qadim ajdodlarimizda o‘zaro kelishilgan holda bo‘lajak kelinni olib qochish rasm bo‘lgan. "O‘g‘irlar " kalingan qizni yigit nikohlab olishi uchun muayyan qonun-qoidalar asosida to‘y tadorigini ko‘rishgan. Shu munosabar bilan nikohdan oldingi va keyingi marosimlar amalga oshirilgan. Turkiy xalqlarda hamma ma’noda qizning bahosi baland bo‘lgan. Shuning uchun kuyov tomon kelin tomonga albatta qalin to‘lagan. Bu to‘lov pul, oltin-kumush, qo‘y-mol, gilam va kigiz shakllarida bo‘lgan.
Kelinni tushirib olish marosimi, ayniqsa, qiziqarlidir. Qadimiy ajdodlarimiz o‘t-olovga sig‘inishgani tufayli, otda, tog‘a etaklovida kelgan kelinni (hozir engil moshinalarda) kuyov bola otdan tushirib, darvozaoldida yoqib qo‘yilgankatta gulxan atrofidanuch bora aylantirib, so‘ng chimildiqqacha ko‘tarib olib kirgan. Bu bilan ajdodlarimiz yangi oilani olov taftida har xil ins-jinslardan, yomon ko‘zlardan tozalagan. Ikkinchidan, er kishi o‘z jufti haloli, turmush hamrohi bo‘lgan ayolnihamisha izzat-hurmatda, qo‘lda ko‘tarib yurishini ramziy ravishda ifoda qilgan.
Xorazmda qadimdan xonadonga kelin bo‘lib tushgan yangi oila a’zosi bir yil davomida o‘z qaynonasi bilan og‘iz ochib gaplashmaydi. O‘g‘il o‘stirganning xizmatini qiladi, topshiriqlarini bajaradi, buyruqlarini quloq qoqmay ado etadi, ammo churq etib, og‘iz ochmaydi. Bu arazlagani, iddaosidan emas, odob- andishasidan, istihola qilganidan shunday muomalada bo‘ladi. Kelin birinchi farzandini tug‘ib, uni beshikka belaganidan keyin qaynona-oyisi bilan gaplashish huquqiga ega bo‘ladi.
Qaynota-kelin munosabatlari yana-da murakkabroq. Kelin nech yil davomida tug‘ilishidan qat’i nazar, to‘rt farzand ko‘rguniga qadar o‘z qaynotasi bilan gaplashmaydi. Qaynota otaning topshiriqlarini bajaradi, yumushiyu xizmatini qovoq-tumshuq qilmay o‘miga qo‘yadi. Faqat bu ijronigungu saqovdek, hatto ovozi va shovrini ham chiqmasdab bajaradi. Bu ham odob, andisha, istihola tushunchalarining eng oliy namunalaridir.
Albatta, kelin-kuyov to‘y kunlari maxsus kiyim-boshlar kiyishgan. Bu kiyimlar yurtimizning qaysi vohasiga qarab, bir-biridan farq qilgan. Masalan, Samarqand, Buxoroniki bir toifa bo‘Isa, Surxon va Qashqa vohasiniki ikkinchi toifa, Farg‘onaniki o‘zi bo‘lak bo‘Isa, xorazmlik kelin-kuyovning kiyim-boshi tamoman o‘zgacha bo‘lgan. Bu tashqi belgilar ham xalqimiz madaniyatining juda boy va qadimligidan dalolat beradi. Nikoh to‘yigacha quda tomonlar o‘rtasida maslahat oshi berilib, so‘ng unashtirish marosimi o‘tkazilgan. Xalq orasida bu odat "non sindirish" deb ham ataladi. Fotiha to‘yidan keyin kelintushgan xonadonga hayit, bayram kunlari hayitliklar jo‘natilgan. Kelin tushishining o‘zi katta bir marosim bo‘lib, quda tomonlar azaldan amal qilib kelinayotgan taomilga qilishgan. To‘y kunidagi to‘y jo‘natish, tortishmachoq-kelin oyog‘iostiga tashlangan poyandoz talashish marosimlarining o‘zi bir to‘ydir. Chimildiq (go‘shanga) ga kirish bilan bog‘liq odatlarning o‘zi bir jahon. Kelin-kuyovning ustidan sochqi sochish, kelin bola va yangalar bilan kuyov to‘ra va uning jo‘ralari o‘rtasidagi aytishuv, "belbog‘ echdi", "kelin ko‘tardi", "oyoq bosdi" odatlari shular jumlasidandir. Nikoh to‘yidan keyin bo‘ladigan marosimlar ham xalqimiz jo‘mard tabiat, qo‘li ochiqlik odati, to‘kin- sochin, erkin hayoti mazmunidan kelib chiqqan. Bular kelinning yuzini ochish,, kelin salomi, kuyov tomon va mahalla xotin-qizlarning kelin ko‘rdisi va so‘nggisi- yoyilgan sepni yig‘ishdir. Bu marosimni xalq orasida"joy yig‘di"ham deyishadi. "Joy yig‘di" da kutilgannatijani bermaganayrim kelinlar ertasi qo‘tir eshakkka teskari o‘tqazilib, yo‘l-yo‘lakay masharalab kulib, sazoyi qilinib, hazar bilanota- onasinikiga eltib tashlangan. Bu isnod qolgan barcha oilalarga qizlari, bo‘lajak kelinlari uchun katta saboq rolini o‘tagan.
Hovli to‘yida qishloqdoshlaming, qarindosh-urug’‘larning katta hashari bilan qurilgan yangi imoratga ko‘chib kirilgach, xudoyidan keyin maxsus to‘y qilingan. Bu to‘y ham ko‘proq kuz yo qishda o‘tkazilgan. Hovli to‘y munosabati bilan yanada shinam, ko‘rkam, orasta, xonakilashgan. Hovli to‘yidan keyingina yangi imorat o‘zlashtirilgan, unda yashashga o‘rganilgan, kirishilgan. Bu to‘y ham nikoh to‘yidek oila uchun eng baxtiyor, tantanavor marosimdir. Boshpana, imorat hovlilik yosh oila endi oyoqqa turib olgan. Barqaror, qabila, qishloq, elatning kori xayriga yaraydigan mustahkam qo‘rg‘on sanalgan. To‘ylarning har qishloqda katta-kichikni yaxshi taniydigan kayvonisi, qo‘li engil sartarosh-ustasi, qo‘li shirin oshpazi, epchil dasturxonchisibo‘lganidek, alohida aytimchi-jarchisi ham albatta bo‘lgan. Bu aytimchi-jarchilar zamoniga, joyiga, qishloqlar xududining katta- kichikligiga qarab, piyoda, otda, eshakda, velosiped, motosikl ya mashinada o‘qti- o‘qtin to‘xtab, jar solganlar. Ayrim mo‘ysafidlar, nogironlar, qulog‘i og‘ir keksalar, diniy arbob, hurmatli kishilar qishloq oqsoqoli tomonidan maxsus kishi yuborib, to‘yga chorlaganlar.
Sho‘ro zamoni davrida, to‘y marosimining mazmuni ham shakli-shamoyili ham ancha o‘zgardi. To‘griilgarigi zamonlarda ham o‘zbekning to‘yida qozoqning polvoni, qirg‘izning o‘lanchisi, tojikning ustasi, turkmanning shavandozi, albatta, izzatli mahmon sifatidafaoln ishtirokn etgan. Tabiiyki, o‘zbek to‘yida bu xalqlar lafzi shevasi ham jaranglab turgan. Biroq yangi truzumga kelib, bu qirralar yanada kuchaydi. To‘ylar ham baynalmilallikning eng yorqin misoli-namunasiga aylandi. Bu marosim osiyocha-ovro‘pacha omuxtalashdi. Xalqimizning odat va marosimlari bir-birlariga qo‘shilib, chatishib, omuxtalashib ketdi. Bundan yangi shakl va mazmun hosil bo‘ldi. Demak, to‘y marosimlari yangi qiyofaga kirdi. Hovli to‘yi, yosh va tavalludning maTum pog‘onalari bilan bog‘liq bo‘lgan nishonlash ommaviy marosimlari paydo bo‘ldi. Bular kumush to‘y-turmushning birgalikda kechgan 25 yili, oltin to‘y-50 yili, brilliant to‘y-75 yili kabi turlaridir. Ota-ona, bobo-buvilaringizning turli yubiley kunlari 50, 60, 70, hatto 100 yillik to‘ylarini ko‘pchilik bilan nishonlash odat tusiga kirib qoldi. To‘yning xokisor, bejirim o‘tkazilishi ham to‘y egasining ma’naviy qiyofasi yuksakligini ko‘rsatadi.