Mavzuning dolzarbligi.Milliy urf- odat va an'analarda butun bir xalqning ijtimoiy extiyojlari, axloq normalari, manfaatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari o’ziga xos ravishda mujassamlangan bo’ladi.Ular xalqning faoliyati jarayonida tugiladi , xar bir xalq bu tun tarixi davomida yashash sharoitining xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda kishilar o’rtasidagi munosabatlarning ma'lum normada yo’l-yo’riqlarini yaratadi. Bu norma va yul-yuriklar avloddan-avlodga utish bilan takrorlanib, urf-odatlar va an'analarga aylanib qoladi.
Shakllangan urf-odat va an'analar shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirish ishida shaxsning xulq- atvori ijtimoiy jixatdan belgilovchi, boshqarib turuvchi va shakllantiruvchi vazifalarni bajaradi .Qaysi bir urf-odat va an'anani, udum yoki marosimni kelib chiqish sabablarini urganmasdan turib qaraydigan bo’lsak, ular bir qarashda, bemani, bexuda bo’lib kurinadi.Aslida esa ularni barchasi kelib chiqishi bo’yicha xalqning ijtimoiy- ikdisodiy va amaliy faoliyati natijasida vujudga kelgan va ularning ma'lum extiyojlarini kondirish uchun xizmat kilgan.
Kurs ishining ob’yekti.O’rta-Osiyo va Kavkaz xalqlarining ayrimlarida mavjud va xozirgi kunda eskilik sarqiti, deb qoralanadigan «Kalin» berish odatini o’rganishgan ba'zi olimlar, xozirgi davrga kelib, bu odat faqat ramziy qiymatga ega bo’lib qolganini ko’rsatishadi.
Kurs ishining predmeti.Ma'lumki, egzogam nigoxi xukm surgan davrlarda qiz olish va qiz berish bir qabila yoki urug’ doirasida bo’lmasdan, boshqa va urug’lar bilan bular edi. Bir qabila boshqa qabilaga qiz bergandan keyin, qiz bergan yoki oila zaiflashib qolmasligi uchun ular xam albatta qo’shni lardan qiz olishar va shu bilan axoli usish nisbatini sozlab turish kerak bo’lgan.
Lekin ayni shu paytda qo’shni larda bo’yi yetgan qizning bo’lmasligi yoki bir da uylanadigan yigitning bo’lmasligi natijasida bunday teng xolat qiz almashtirishlar juda kam paytlardagina amalga oshgan. Bunday xollarda yigit tomoni qiz tomonga berish imkoniyati kelgunga qadar turli-tuman mol-dunyo xisobida kafolat yoki xozirgi tushunchamizga kelin berib turgan O’rta Osiyo xalqlarida kelin berish xodisasi, deyarli uchramaydi. Uchrasa xam egzogam nikoxi qo’llaniladigan xalqlar darajasidagi shakl va mazmunda emas. Shuningdek, xar bir xalqda u yoki bu narsalarga nisbatan turli ta’qiqlar, tabu-katagonlar mavjud bo’ladi.
Maqsadi.Kuzatishlar, ilmiy tadkikotlar shuni ko’rsatadiki turli xollardagi ta’qiqlar, ma'n etishlarning xammasi xam be'mani, zararli bulmay ma'lum zaruriyat bilan vujudga kelar edi. Ya'ni ular xalqning yashash tarziga, extiyojlariga mos kelganligi uchun xam asrlar davomida avloddan-avlodga o’tib kelgan. Bu misollar shuni ko’rsatadiki, odat va an'analar xalq xayotiga, turmush tarziga ongli ravishda kirib keladi, lekin ularning ta'siri esa stixiyali bo’ladi. Shuning bilan birga ayrim urf-odatdar va an'analar uz umrini utab bo’lgan bo’lsa xam, yashovchanlik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun yana uzok vakt saklanib, odamlar ongiga ta'sir etib turadi. Bu narsa insonlar psixologiyasi bilan bog’liq bo’lgan xolat xisoblanadi. Chunki, mustaxkamlanib qolgan urf-odat va an'analarga amal qilmaslik ko’pchilik tomonidan qoralanadi.Ko’pchilikni tana-ma'lomatiga kolishdan kurkish va tortinish, jamiyatni xar bir a'zosi urf-odatlarga ongli yoki ko’r-ko’rona bo’lsa xam amalga majbur qilib qo’yadi.