ulardan foydalanish kabi til bilan bog’liq muhim vazifa turadi. Ingliz tadqiqotchisi
Graham Swift in Husbands fikriga ko’ra o’tmish haqida turli yo’llar bilan
tushunchalarga ega bo’lish, tarixiy shaxslarninig qarashlari, e’tiqod va faoliyatlarini
izohlash va tarixchilar tomonidan tarixiy jarayonlarni ifodalashlari uchun
qo’llaniladigan, tarixiy ifoda va tushunchalarni o’zida jamlagan maxsus til “tarixiy
til” deb nomanadi [13,16] .
Tarix o’qituvchisining o’ziga xos vazifasi tarixiy tushunchalarni o’rgatish bilan
birga uni kelajakga yetkzishni ta’minlashdir. Tarixni o'qitish samaradorligini
ta'minlash uchun, tarix o'qituvchisidan ma'lum bilim darajasi va ba'zi o'qituvchilik
qobiliyatlariga ega bo’lishi, tarixiy voqealarni, faktlarni, odamlarni, jarayonlarni va
o'ziga xoslikni tushunish va tushuntirish uchun transformatsiya, sharhlash, baholash,
tahlil va sintez qobiliyatlari va ko'nikmalarga ega bo'lish talab etiladi.
Tarix o’qitish jarayonida boshqa ijtimoiy fanlar bilan o'zaro bog'liqligidan kelib
chiqib materiallar tayyorlash, masalan geografiya, fuqarolik bilimlari, diniy
madaniyat va axloqshunoslik fanlaridagi ma’lumotlardan foydalanish talabalarga
nafaqat mavzularni yaxshiroq o'rganishga yordam beradi, balki umuman ijtimoiy
voqeliklarni idrok etish va real hayotni tushunish imkoniyatini beradi.
Dars jarayonida tarixiy materiallar va manbalardan (tarixiy hujjatlar, tarixiy
ashyolar, rasmlar, xaritalar) foydalanish juda muhim va foydalidir. Bundan tashqari,
tarix darslarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internetdan foydalanish
o'quvchilarning aqliy rivojlanishiga hissa qo'shibgina qolmay, ularning tarixiy
tafakkur va o'rganish darajalarini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: