TARIX FANINI O’QITISHNDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Solejon Toshev
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Tarix fani ta’limning barcha bosqichlarida o’z o’rniga ega bo’lgan
mustaqil ijtimoiy fan sifatida barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Ushbu maqolada milliy va xorijiy adabiyotlarni tahlil etish orqali tarixiy
ta'limni qanday qilib yanada samarali tashkil qilish mumkinligini muhokama qilinadi.
Kalit so'zlar: samarali o'qitish, tarixni o'qitish, tarixni samarali o'qitish, tarixiy
empatiya.
MODERN APPROACHES TO TEACHING HISTORY
Solejon Toshev
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region
Abstract: History as an independent social science, which has its place in all
stages of education, is considered important in educating a harmoniously developed
generation. This article discusses how to organize historical education more
effectively by analyzing national and foreign literature.
Keywords: effective teaching, history teaching, effective history teaching,
historical empathy.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston tarixini xolisona o'rganish, o'zbek xalqining
qadimiy va boy tarixiga haqqoniy baho berish ustuvor vazifaga aylandi. O'zbek
xalqining hayoti va taqdiriga keskin burilish yasagan mustaqillik soyasida ilm-fan,
xususan milliy o'zlik va ma'naviy yuksalish asosi bo'lgan tarix fani ham o'ziga xos
rivojlandi. O'zbekiston tarixini xolisona yoritishda O'zbekiston Respublikasining
Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston
davlatini birgalikda barpo etamiz" asarida aytilganidek, "... jahondagi ilg'or
tajribalarni chuqur o'rganish amalda joriy etishni oldimizda turgan keng ko'lamli
vazifalarni amalga oshirishning muhim shartlaridan biri, deb hisoblaymiz" [1, 27].
Ma'naviyatning ajralmas tarkibiy qismi bo'lgan tarix fani so'ngi yillarda ilk bor
o'zining qonuniy vazifasini bajarishga – xalqning o'zligini anglatishga xizmat qilishga
kirishdi. "Tarixiy xotira tuyg'usi to'laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o'tgan yo'l
o'zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yuqotish va qurbonlari, quvonch va
iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o'rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo'ladi"
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Special Issue
www.openscience.uz
6
[2,145]. Tarixiy voqea, hodisalarni o'rganish, tahlil etish va yoritishda xolislik,
haqqoniylik, adolatli yondashuv muhim hisoblanadi[3,121].
Tarix fanini samarali tashkil etish haqida fikr yuritishdan oldin “samarali ta’lim”
tushunchasini mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar fikrlarini tahlil etgan holda o’rganib
chiqsak maqsadga muvofiq bo’ladi.
Samarali o'qitish - bu o'qituvchilarning turli xil o'qitish uslublarini birlashtirib
yoki ularni alohida qo'llash orqali talabalarda mustaqil o'rganish qobiliyati, dars
atmosferasini idrok etish, tushunish va va kerakli bilimlarni egallash darajasi yuqori
bo'lgan ta'lim jarayoni hisoblanadi[4,108] .
Shuningdek, samarali o'qitish bu o'z o'lchovlari bilan baholanishi kerak bo'lgan
keng tushunchadir. Shuning uchun samarali o'qitish, ta'lim sifatini oshirish uchun
tashkil etilgan turli xil murakkab jarayonlar majmuasi hisoblanadi[5,401] .
Samarali o'qitishning ikkita asosiy xususiyati mavjud. Bular:
• Talabalarni turli xil faktlar, ko'nikmalar, qadriyatlar va tushunchalarni
o'rganishlarini osonlashtirish;
• Sinfda yagona kursni emas, balki turli xil o'qitish strategiyalari, usullar va
texnalogiyalarni yakka yoki kombinatsiyalangan holda ishlatish qobiliyatini
o'qituvchilarda shakllantirish;
Yana bir qarashga ko’ra, samarali ta’limni talabalarning muvaffaqiyat darajasini
oshirish uchun zarur bo'lgan asosiy o'qituvchilik malakasi sifatida tavsiflash mumkin.
Bu fikrlar qurshovida aytish mumkinki, samarali ta’lim beruvchi o'qituvchi o'z kasbi
va sohasini bilgan va sevgan, bilimli, g'ayratli, fidoyi, tartibli va kirishuvchan, tez va
to’g’ri qarorlar qabul qilish qobiliyatiga sohib, adolatli va shu bilan birga talabalarga
bilimni targ'ib qilaoluvchi va ularning tinchligi va kelajagiga qiziqadigan shaxs
sifatida belgilanadi[6,14].
"Ta'lim" keng ma'noda oldingi avlodlar tomonidan tashkil etilgan katta ijtimoiy
ahamiyatga ega bo'lgan tajribalarni doimiy ravishda keyingi avlodlarga yetkazishga
yo'naltirilgan umumiy jarayon, tor ma'noda esa, ijtimoiy institut, jamiyatning ijtimoiy
quyi tuzilmalaridan biridir.
"Sifat" esa falsafiy termin sifatida ob'ekt yoki predmetning barcha muhim
xususiyatlari yig'indisidir. "Ta'lim" va "sifat" tushunchalarining mohiyatini
uyg'unlashtiradigan bo'lsak, ta'lim sifati, bu uning xususiyatlari yaxlitligi, ta'lim
oluvchi o'qishi va shaxsiy rivojlanishi uchun xizmat qiladigan eng qulay usullar
birikuvidan iborat jarayondir[7,5].
Taʼlim sifati - bu butun taʼlim tizimi tarkibiy qismlarining sifat vazifalari,
murakkab rivojlanish kuchi(dinamika)ga ega boʼlgan jarayon boʼlib, bu taʼlim
muassasalari faoliyatidagi oʼzgarishlar, yaʼni ularning ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik
va siyosiy muhitining oʼzgarishi bilan izohlanadi[8,181]. Аyni vaqtda zamonaviy
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Special Issue
www.openscience.uz
7
taʼlim sifati innovatsion rivojlanish natijalaridan biri emas, balki uni amalga oshirish
uchun zarur boʼlgan shartlardan biridir[9, 4]
.
Ushbu tadqiqot sohasi bo'lgan tarix tushunchasi ilmiy soha va fan sifatida vaqt
o'tishi bilan odamlar tomonidan qilingan harakatlar va faoliyatlarni o'rganish jarayoni
hisoblanadi. Biroq, tarixiy jarayonda sodir bo'lgan barcha narsalarni o'rganish va
ochib berish imkonsizdir. Chunki, tarixning pozitiv nuqtai nazarida aytilganidek,
tarixiy ma'lumot sifatida qabul qilinishi mumkin bo'lgan har qanday da'vo dalillarga,
ayniqsa yozma dalillarga asoslanishi kerak. Shuning uchun tarixni o'tmish voqealari
va dalillari haqida yozilgan axborot deb ta'riflash mumkin. J. Slater bu fikrni
quyidagicha ifodalaydi: “……mohiyatan tarix o'tmishni o'rganish va bizning
bilimlarimiz va fikrlarimizni bir vaqtning o'zida tasdiqlash usulidir” [10, 8].
Tarix tushunchasining g'arbdagi muqobili bo'lgan "history" qadimgi yunon tiliga
tegishli bo'lib, "izlanish" yoki haqiqatni tadqiq qilish ma'nosini anglatadi. Bir fan
sifatida tarix insoniyat tarixini o'zining noyob metodologiyasi orqali o'rganadi.
Tarixiy metodologiya, tadqiqot sohasini, muammoni yoki mavzuni aniqlash, ushbu
mavzu yoki muammoga tegishli gipotezalarni ishlab chiqish, olingan dalillar va
manbalardan ma'lumot to'plash, ushbu ma'lumotlarni tahlil va tanqid qilish, mavzu
bo'yicha boshqa izlanishlarni ko'rib chiqish va mavzuni tushunish, shuningdek
mantiqiy asosda izohlangan tadqiqotni ochib berishdan iboratdir. Shunga asoslanib,
tarixchining roli sifatida o’zining mustaqil ilmiy rivojlanishi jarayonida o'tmishni
o'rganish, mavzuni aniq, real va to'liq tushunchalarini yoki tasvirlarini yaratish va
barcha bu bosqichlar haqida fikrlash kabilar belgilanadi.
An'anaviy tarix darslarini tashkil etishda talabalarga ma'lumot uzatish jarayoni
odatda darslik yoki boshqa ikkilamchi tayyor manbalarini o'qish orqali amalga
oshiriladi. Bu jarayon talim oluvchiga tayyor ma’lumotlarni eslab qolish va axborot
sifatida qabul qilish ko’nikmasini hosil qiladi xolos. Noan’anaviy interfaol, samarali
tarix darslarida esa o'tmish haqida ishonchli ta'riflar va tushuntirishlarga erishish
uchun yuqorida aytib o'tilgan ko'nikmalar va tarix o’qitish metodikasidan
foydalanishga urg’u beriladi. Chunki tarix darslarida va tarixni tadqiq qilishda
qo'llaniladigan pedagogik va tarixiy tadqiqot usullari o'quvchilarga o'tmishni
tushunishda turli xil foydali qulayliklar berishi mumkin. Manbalarni o'rganish va
yozma dalillarni aniqlash, manbani yoki berilgan dalillarni tayyorlagan shaxs(lar)ning
shaxsiy fikrlarini aniqlash va yozma yoki boshqa manbalarda keltirilgan fikrlarning
asl ma'nosini o'rganish jarayoni tarix o'qitishning yana bir jihatlaridir. Bu tarixiy
haqiqatni qanday o'rganish mumkinligini o'rgatish demakdir.
Samarali tarix o’qitish o’quvchilarga tayyor tarixiy xulosa qilingan ma’lumotlar
bilan birga manba va dalilarni taqdim etishni talab etadi. O’quvchi ma’lum tarixiy
manbalarni (xoh yozma, xoh og’zaki bo’lsin) tahlil etgan holda tarixiy bilim va
tasavvur hosil qilishi pedagogik nuqtai nazarda g’oyat samaralidir. Zotan, tarix
"Science and Education" Scientific Journal
August 2020 / Volume 1 Special Issue
www.openscience.uz
8
darslarida ta’lim oluvchining xotirasini rag’batlantiruvchi usullardan ko’ra, uning
mustaqil fikrlashini ta’minlaydigan usullardan foydalanish foydali hisoblanadi.
Tarixiy bilimlarni tushunish va o'tmishni anglash uchun dalillarni o’rganish va
ko’zdan kechirish talab etiladi. Ammo tarixni tashkil etuvchi elementlar nafaqat ular
haqida balki, o'tmish voqealari, bugungi kunda ma'lum bo'lgan tajrabilar majmuasi
hamdir. Ba'zi tadqiqotchilar tarixiy tafakkur jarayonlaridan foydalangan holda tarixni
o'qitish amaliyotlari ko'plab tarixiy muammolar va mavzularni tushunishda muhim
hissa qo'shishini ta'kidlaydilar.
Bugunig zamonaviy ta'lim holati ta'lim tushunchasini qayta ko'rib chiqish va
aniqlashtirishni, shaxsga yo'naltirilgan pedagogikaning toifalari va tamoyillarini tahlil
qilish jarayoniga kirishni talab qiladi. Pedagogik ongning yangi modeli asta-sekin
o'qituvchining ta’lim oluvchiga bevosita ta'sir etish amaliyotidan voz kechadi va
ta’lim oluvchining o'z rivojlanish imkoniyatlarini ta'minlash uchun barcha pedagogik
makonning tuzilishini yanada samarali tashkil etishga imkon beradi. Shunday qilib,
har bir o'qituvchi o'z darslarini qiziqarli va mazmunli bo'lishga intiladi, bu esa ta’lim
oluvchininglarning mavzuga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Xususan, tarix darslarida
faktlarni assimilyatsiya qilish emas, balki turli davrlarning qadriyatlarini
rivojlantirish, o'tmish odamining o'rniga o'zini qo'yish, uning fikrlarini, harakatlarini
tushunish qobiliyati orqali shaxsni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi.
Bularning barchasi tarixiy
Dostları ilə paylaş: |