Tarix fanlari


T a y a n ch s o’ z l a r



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə12/46
tarix04.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124735
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
Tarix fanlari

T a y a n ch s o’ z l a r
Paleolit, Olduvay, Sent-Ashel, Shell, Mustye, Altamir, La-Mut, Teshiktosh, Obirahmat, antropologiya, arxantrop, arxey, paleozoy, mezozoy, kaynozoy, irqshunoslik, paleoantropologiya, pitekantrop, sinantrop, neandertal, geydelberg.


Tosh davri eng uzoq davom etgan tarixiy davr hisoblanib, qadimgi odamlar tomonidan mazkur davrda asosiy mehnat qurollari toshdan yasalgan. Tosh davri milodgacha IV ming yillikkacha davom etgan.
Tosh davri arxeologiyada qadimgi (paleolit) va yangi (neolit) tosh davrlariga bo’linadi. Shuningdek, paleolitdan neolitga o’tish davrini bir-biriga bog’lovchi o’rta tosh davri (mezolit) ga ham bo’linadi.
Tosh davrida insoniyat rivojlanishining natijasi o’laroq ko’plab yirik kashfiyotlar qilingan. Ular sirasiga olovni olish va undan foydalanish, kiyim-kechak tayyorlash, uy-joy qurish, kamonning kashf etilishi, turli mehnat, ov va baliqchilik qurollarining yasalishini alohida ko’rsatib o’tish mumkin. Tosh davrining oxiriga kelib odamlar turli idishlar yasashni, mato tayyorlashni o’rganadilar. Shuningdek, turli narsa buyumlar, o’simliklar va hayvonlarning foydali tomonlarini ham o’zlashtirdilar. Eng diqqatga sazovor jihati dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi, ya’ni mehnat taqsimoti bo’ldi.
Paleolit davri tosh davrining eng qadimgi davri bo’lib, bundan 2,5 mln.dan 14 ming yillikkacha bo’lgan davr kiradi.
Paleolit davri o’z navbatida 3 bosqichga bo’linadi: quyi yoki ilk paleolit (2,5 mln. – 150 mingyillik), o’rta paleolit (150 ming yillikdan – 40 ming yillikgacha) va yuqori yoki so’nggi paleolit (40 – 14 ming yilliklar).
Insoniyatning qadimgi davri haqida antik davr mualliflarining asarlarida dastlabki ma’lumotlar keltiriladi. Yunon faylasufi Demokrit (mil.av. 460-370) ibtidoiy davr odamlarining hayotini tasvirlar ekan, ularni boshpanasiz, kiyim-kechaksiz, olovni bilmay va tartibsiz hayot kechirganliklarini keltirib o’tadi.
Aristotel, mil.avv. I asrning 1-yarmida yashab o’tgan faylasuf Lukretsiyning asarlarida ham qadimgi odamlar hayoti haqida ayrim ma’lumotlar uchraydi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin