Tarix fanlari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə29/46
tarix04.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124735
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46
Tarix fanlari

1977 yilda Yuqori Zarafshon (Tojikiston bilan O’zbekiston chegarasida) hududida Sarazm qishlog’i xarobasi topilgan. U eneolit davriga oid muhim yodgorlik bo’lib, o’rganilgan moddiy manbalar O’zbekistonda dehqonchilik qabilalarining O’rta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlariga siljiganini ko’rsa-tadi. Chunki, shimol ziroatchilari janubiy O’rta Osiyoning Turkmaniston deh-qonchilik markazlari bilan bog’langan edi. Sarazm yodgorlikligini olimlar to’rt bosqichga bo’ladi. Bu yodgorlik AQSh, Fransiya olimlarini ham e’tiborini tortgan, ular ham turli yillarda ilmiy izlanishlar olib borgan. Sarazm yodgorligi eneolit davridan ilk bronza davrigacha yashagan bobodehqonlar manzilgohi ekanligi aniqlangan.
Sarazm 90 ga maydonni egallagan, 10 ta tepalikdan iborat yodgorlikdir. Sarazm I eneolit davriga oid bo’lib, bu erdan topilgan idishlarda qora va qizil bo’yoqlarda ishlangan geometrik shakllar mavjud.
Sarazm II so’nggi eneolit va ilk bronza asriga o’tish davriga mansub. Bu bosqich naqshsiz sopol buyumlari bilan xususiyatli. Sarazm III-IV esa bronza davriga mansub.
Sarazm I bosqichida guvaladan kulbalar qurgan dehqonlar manzilga asos soladilar. Arxeologlar bu erdan mudofaa devorlari bilan o’ralgan 48ta kulba, ya’ni paxsadan qurilgan uyni topib o’rganganlar. Bu uylar 2-3 xonali qilib qurilgan bo’lib, ular yakka, kichik oilalarga mo’ljallangan. Xonalardan kichik, dumaloq shakldagi o’choqlar topilgan. Bular – otashkadalar, jamoa olovi o’rni bo’lib, unda olov saqlangan. Otashkadalar e’tiqod markazi yoki joyi hisoblangan.
Yana bir eneolit va bronza davriga oid bo’lgan yodgorlik qoldiqlari Zamonbobo madaniyati nomi bilan mashhur. Arxeolog Ya.G’ulomov 1950 yil qadimgi qabriston qoldiqlarini topib, o’rganadi.
Ma’lumki, kishilik madaniyatining bir necha ming yillarni o’z ichiga oluvchi tarixi yozuv bo’lmagan davrga to’g’ri keladi. 5 ming yillik tarixiy davrdan ilgarigi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy jarayonlar moddiy topilmalarni o’rganish orqali tiklanadi. Eneolit mis-tosh davrining o’ziga xos tarixi, biz yuqorida keltirib o’tgan 5 madaniy jarayonda o’z aksini topgan. Eneolitning besh umumlashtiruvchi alomatlari bu davr qabilalari madaniyatining o’zidan oldingi davrlarga nisbatan bir bosqich yuqoriga ko’tarilganidan dalolat beradi.
Sarazm moddiy topilmalari ichida Shimoliy Afg’aniston, Eron, Kaltaminor madaniyatiga mansub buyumlar ham bor. Ular eneolit davri qabilalarining keng madaniy va iqtisodiy aloqalarda bo’lganligidan dalolat beradi.
Markaziy Osiyoda eneolit yodgorliklari Turkmaniston hududlarida yaxshi o’rganilgan. Turkmanistonda eneolit 3 bosqichga bo’lib o’rganiladi:
1. Ilk eneolit (Anov I, Nomozgoh I makonlari).
2. Rivojlangan eneolit (Anov II, Nomozgoh II).
3. So’nggi eneolit (Nomozgoh III).
Turkmaniston eneolit makonlaridan tosh qurollar (o’roq va pichoq qadamalar, qirg’ichlar, sopol idishlar geometrik shakllar bilan naqshlangan) topib o’rganilgan. Bu davr makonlarida uy joylar paxsa yoki g’ishtdan, dumaloq va to’g’ri to’rtburchak shaklida qurilgan. Inshootlarning o’rtasida markaziy o’choq bo’lgan. U diniy marosimlar o’tkazish va e’tiqod joyi vazifasini o’tagan. Dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi qabilalar yerga, quyoshga, suvga, hosildorlikka sig’inishgan. Murdani ko’mishda urug’ a’zolarining saganalari paydo bo’lgan. Murdaning yoniga sopol idishlar, mehnat qurollari va zeb-ziynat buyumlari qo’yilgan. Eneolitda ibtidoiy diniy tasavvur – totemizm hayvonlar haykallarini tarqalishida ko’zga tashlanadi.
Kavkazortining eneolit davriga oid ilk dehqonchilik manzilgohlari mil. avv. VI ming yillikning oxiri – IV ming yillik boshlari bilan davrlashtiriladi, ammo bu yerdagi birorta manzilgoh to’liq ochib o’rganilmagan. Ular orasida Kyultepa (Ozarbayjondagi Naxichevan yaqinida), Shulaverisgora (Gruziya), Texut (Armaniston) va boshqalar.
1-2 ga maydonga ega manzilgohlarda paxsadan yoki xom g’ishtdan qilingan, markazida o’chog’i bo’lgan aylana shaklidagi bir xonali uylar bo’lgan. Unda kichik bir oila yashagan. Umumiy holda olganda 30-40 uylar o’zaro birlashib mahallachani hosil qilgan va undagi aholi 120-150 kishini tashkil etgan. Tadqiqotlar jarayonida tosh, shox va suyakdan qilingan qurollar topilgan. Aruxlo I (Armaniston) va Imrisgora (Gruziya) da dehqonchilik yerlarini sug’orish uchun sodda, bir martalik kanal izlari topilgan.
Markaziy Kavkazbo’yi hududida Agubekov va Kabardin-Balkariyadagi Nalchik mozor-qo’rg’oni topib o’rganilgan. Nalchik mozor-qo’rg’oni shaharning markazida joylashgan bo’lib, 147 ta qabr ochib o’rganilgan. Bu yerda odamlar oila-oila qilib dafn etilgan; erkaklar o’ng, ayollar chap yoni bilan dafn etilgan. Qabrlardan mis uzuklar, tosh munchoqlar, yorg’uchoq va motigalar topilgan. Bunga o’xshash yodgorliklarni Chechen-Ingushetiyada ham ko’rish mumkin.
Sharqiy Karpat yoni va O’rta Dnepr bo’ylarida Tripole madaniyati keng tarqalgan. Ruminiyada Kukuteni madaniyati deb ataladi. Kiev yaqinidagi Tripole qishlog’idan topilgan va shu nom bilan atalgan. 1899 yilda ukrain arxeologi V.V. Xvoyko arxeologlar syezdida o’zining yangi topilmasi, ya‘ni “o’liklar uyi” haqida ma‘lum qiladi. Deyarli 35 yil davom etgan tortishuvlardan so’ng bu madaniyat nafaqat Uraina, balki unga qo’shni hududlardan tortib boshqa joylardan ham aynan uning xususiyatlariga xos belgilardan iborat ashyolar topilganligi aniq bo’ldi. V.A. Gorodtsov va A.A. Spitsinlar uni yer osti turar joyi deb taxmin qilishadi va V.V. Xvoyko xato qilganligini isbotlaydilar. 1934-1938 yillar davomida T.S. Passek va Ye.Yu. Krichevskiylar tomonidan 15 ming kv. m. li maydon qazib o’rganiladi va dehqonchilik madaniyatini o’zida jam qilgan Tripole madaniyati fanga ma‘lum qilinadi.
Tripole madaniyati 3 ta bosqichga: ilk (mil. avv. IV ming yillik), o’rta (mil. avv. IV ming yillik oxiri – III ming yillik 1-yarmi), so’nggi (mil. avv. III ming yillikning 2-yarmi) bo’linadi. Tripole madaniyati qishloqlari doira yoki tuxumsimon shaklda joylashgan bo’lib, markazida qolgan ochiq joy mollar uchun qo’ton vazifasini bajargan. Turar joylar ko’ndalang to’siqlar bilan alohida xonalarga ajratilgan. Xonalardan don yanchayotgan ayol haykalchasi, yorg’uchoq, bug’u shoxidan yasalgan motiga, yirik xumlar, tandir va boshqa xo’jalik anjomlari, naqsh solingan sopol idishlar (850 ta), mis buyumlar (444 ta turli xil buyumlar - bolta, to’rt qirrali bigiz, qarmoq, xanjar) topilgan. Tripole madaniyati vakillari misni Bolqon yarim orolidan olib kelishgan. Tripole madaniyati vakillari, asosan, chorvachilik, dehqonchilik, shuningdek, ovchilik va baliq ovlash bilan shug’ullangan.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin