yilnoma
JANUBIY KOREYADA TA’LIM TIZIMI,
TARIX NIGOHIDA.....
Koreyaning zamonaviy ta’lim tizimi rasman Yaponiya mustamlakasidan ozod bo‘lgan
1945 yildan boshlangan. Ammo kengroq qaraydigan bo‘lsak, koreyslarda ta’lim
tizimi
1894 yilgi islohotlardan keyin yuzaga kelgan, deyish mumkin. 1881 yili Koreyadagi
Choson xukumati mamlakat xavfsizligini kuchaytirish maqsadida maxsus armiya tuzadi
va g‘arbliklar harbiy san’atdan dars bera boshladilar.
Bu o‘z navbatida chet tili va boshqa fanlar ta’limini yuzaga kelishini ta’minladi. Garchi
1882 yili maxsus qo‘shin uchun darslar to‘xtab qolgan bo‘lsa-da, bir qancha amaliy fanlar
darsi davom etaverdi. Bu davrda asta-sekinlik bilan Gvangxevon, Bejexakdan,
Ixvaxakdan kabi shaxsiy ta’lim muassasalari ham vujudga kelib
boshladi va keyinchalik
universitetlar uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
1894 yili shaxsiy bilim maskanlari birlashtirilib, mamlakat ta’lim tizimini boshqaruvchi
institut tashkil etildi. Shu bilan birga 1895 yildan boshlang‘ich maktablar va maktab
uchun kadrlar tayyorlaydigan pedagogika maktablari tuzildi. Bundan tashqari bir qancha
xususiy maktablar ochilib, 1900 yilda ular faoliyatini tartibga solib turadigan «Xususiy
maktablar to‘g‘risidagi qonun» qabul qilindi. 1910 yili Koreya va Yaponiya o‘rtasida
tuzilgan shartnomaga muvofiq Koreya Yaponiyaning rasman mustamlakasiga aylantirildi.
Natijada bu mamlakat ta’lim tizimiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Yapon mustamlakachilari
Koreyaning ta’lim tizimini keskin o‘zgartirish yo‘lidan bordi va xususiy maktablar faoliyati
cheklab qo‘yildi. Bu davrda 1911 yil 23 avgustda qabul qilingan «1-Choson ta’lim
buyrug‘i» amal qildi.
Unga ko‘ra, koreys va yapon fuqarolarining farqli ta’lim siyosati olib borildi. Ya’ni,
maxalliy xalq faqat 4 yil mobaynida boshlang‘ich ta’lim olar, o‘rta va oliy ta’lim berilmas
edi. Bu yapon mustamlakachiligining uzoq o‘ylangan rejalari qatoriga kirardi. Ammo
1919 yili boshlangan norozilik harakatlari oqibatida Yaponiya xukumati biroz yon
berishga majbur bo‘ldi va buyruqqa o‘zgartirish kiritib, boshlang‘ich ta’lim 4 yildan 6
yilga uzaytirildi. 1922 yil 4 fervralda «2-Choson ta’lim buyrug‘i» qabul qilindi. Bu
buyruqqa ko‘ra, ta’lim muddatlari uzaytirildi. Ya’ni, oddiy maktablarda ta’lim 6 yil, ayollar
maktablarida esa 5 yil etib belgilandi. Shuningdek, asta-sekinlik bilan universitetlar ham
paydo bo‘la boshladi. Jumladan, 1924 yili Kyongson Davlat Universiteti ochildi. O‘sha yili
Xitoy-Yaponiya urushi boshlanishi munosabati bilan mustamlaka Koreyada nazorat
yanada kuchaytirildi.
Oddiy maktablar va boshlang‘ich
maktablar,yuqori va o‘rta maktablar birlashtirildi.
Koreys tili fanlari kamaytirilib, imperiya xalq demokratiyasi fani kiritildi. 1943 yil 3
avgustda «4-Choson ta’lim buyrug‘i» imzolandi va yapon mustamlakachiligining ta’lim
soxasidagi zo‘ravonligi kuchaydi. Jumladan, o‘rta va yuqori maktabalarda ta’lim 4
yilgacha kamaytirilib, koreys tili fani dasturdan olib tashlandi. Uning o‘rniga yapon tili
darslari kiritildi. Koreyani yoppasiga savodsizga aylantirish siyosati natijasi o‘laroq, 1944
yilgi Koreya umumiy Arxiv qo‘mitasi ma’lumotlariga qaraganda o‘sha paytda Koreyaning
savodxonlik darajasi bor-yo‘g‘i 13,8%ni tashkil etgan. 1945 yili Ikkinchi Jahon urushi bilan
birga Koreyadgi Yaponiya mustamlakachiligi ham tugadi.
Endilikda Koreada tabiiyki
boshqa soxalar qatori ta’lim tizimini o‘zgartirish vazifasi turardi. Eng avvalo «Ta’limni
rivojlantirish qo‘mitasi» tashkil etildi va qo‘mita oldiga darsliklar yaratish majburiyati
qo‘yildi. Ta’lim tizimi tadqiq etilishi davom ettirilib, axloq, etika, texnikaga oid fanlar
kiritildi. 1963 yillardan boshlab esa ta’lim tizimida tabiiy va ijtimoiy fanlarga e’tibor
kuchaydi. 1981 yili Prezident Chon Du Xvan mamlakatda shaxsiy ta’lim berish va xususiy
ta’lim maskanlari faoliyatini qonunan ta’qiqlab qo‘ydi. Lekin maktabda mustaqil
shug‘ullanish uchun imkoniyatlar yaratib berdi. 1992 yilga kelib esa boshlang‘ich
maktablar faoliyati yanada rivojlanishi uchun xukumat tomonidan
bir qancha imtiyozlar
yaratildi.
Zamonaviy Koreya ta’lim tizimida boshlang‘ich maktablarning roli muhim. Koreyada
boshlang‘ich ta’lim uchun o‘quv yilida 1 martga qadar 6 yoshdan yuqori bo‘lgan bolalar
qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o‘qishga kirishga xuquqli bo‘lib, buning uchun
maktab mas’ul shaxsining ruxsatnomasini olishi lozim bo‘ladi. O‘quv yili esa 1 mart
Koreya respublikasida davlat bayrami munosabati bilan 2 martdan boshlanadi. 6 yil
davom etadigan boshlang‘ich ta’lim majburiy etib belgilangan. Boshlang‘ich ta’limda 1 yil
ikki semestrga bo‘lingan holda olib boriladi. Boshlang‘ich ta’limdan keyingi «zinapoya»
vazifasini o‘rta ta’lim bajaradi. O‘rta ta’lim Koreya respublikasida 3 yil davom etadi. O‘rta
ta’lim ham majburiy bo‘lib, bir o‘quv yili 1 martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom
etadi. Darslar 45 daqiqadan etib belgilangan bo‘lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi.
O‘rta ta’lim maktablarida davlat tili, axloq,
ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya,
musiqa, san’at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o‘qitiladi. Shuningdek, o‘rta maktabda
o‘quvchi uchun tanlov fanlar mavjud.
Bular qatoriga axborot, chet tili (ko‘pincha nemis,
fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari) kabilarni kiritish mumkin. O‘rta maktab
tugatilgach yuqori maktablarda ta’lim davom ettiriladi. Yuqori maktablar bir necha
turlarga bo‘linadi: davlat yuqori maktablari (Koreya Ta’lim va Texnika fanlari vazirligi,
Madaniyat,Jismoniy tarbiya va sayyohlik vazirligi boshqaradi),Umumiy yuqori maktablar
(Har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi),
xususiy yuqori
maktablar. Shuningdek, yuqori maktablar o‘qitish fanlariga ko‘ra ham bir qancha turlarga
bo‘linadi:
umumiy
maktablar,
ixtisoslashtirilgan
maktablar
(qishloq
xo‘jaligi,sanoat,dengiz
xo‘jaligi,axborot),maxsus
maktablar
(litsey
shaklidagi
maktab),texnika maktablari,chet tili maktabi,jismoniy tarbiya maktabi,san’at maktablari.
Koreya Respublikasida Ta’lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor.
Bular asosan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo‘ladi.