O'zbekistonning davlat mustaqillikka erishishi, yangi jamiyatga o'tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirishi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishdga doir tadbirlar, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash omillari, ma’naviy-ruhiy poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O'zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o'rin olishi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
Yurtboshimizning shu haqdagi fikrlari katta ahamiyatga egadir: «Hozir O’zbekiston deb ataluvchi hudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon tsivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganligini butun jahon tan olmoqda. Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan allomalar, fozilu fuqarolar, olimu ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari ana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Eramizgacha va undan keyin qurilgan suv inshootlari, shu kungacha fayzini, mahobatini yo’qotmagan osori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo’lganidan dalolat beradi».

O’zbekiston tarixi faqat turli bilimlar tarzidagi fan emas, balki bir necha asrlar davomida to’planib kelgan o’zaro ichki qonuniyatlar bilan chambarchas boQlangan bilimlar tizimi sifatidagi o’zining o’rganish ob’ekti va predmetiga ega bo’lgan mustaqil fandir.