O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev: Zamonaviy O‘zbekiston tarixi — mamlakatimizning Islom Karimov rahnamoligida olib borilgan og‘ir kurashlar tarixidir
Zamonaviy O‘zbekistonning tarixi — bu mamlakatning haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida Islom Karimov rahnamoligida olib borilgan o‘ta murakkab va og‘ir kurashlar tarixidir. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 8-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi nutqida aytib o‘tdi.
“Milliy tariximizning eng keskin va tahlikali davrida, millatlararo to‘qnashuvlar va boshqa ziddiyatlar avj olgan, mamlakatimizda fuqarolar urushi xavfi yuzaga kelgan, iqtisodiyot chuqur inqirozga uchragan, bir so‘z bilan aytganda, eski zamonning umri tugab, yangi zamon boshlanayotgan bir paytda Islom Abdug‘aniyevichning respublika rahbari etib saylanishi Yaratganning xalqimizga bebaho marhamati bo‘lgan edi.