Tarixdan bugungi kungacha turkiy xalqlar foydalangan taqvimlar

"Jaloliy taqvimi - fasllar uchun eng mos keladigan va aniq vaqt belgilash imkonini bergan birinchi dastur"

Yüklə 56,11 Kb.
səhifə4/4
tarix21.01.2023
ölçüsü56,11 Kb.
#80038
1   2   3   4
10-mavzu

"Jaloliy taqvimi - fasllar uchun eng mos keladigan va aniq vaqt belgilash imkonini bergan birinchi dastur"
Bu taqvim Umar Xayyom raisligidagi qo'mita tomonidan quyosh yili asosida ishlab chiqildi va Buyuk Saljuqiylar sultoni Jaloliddin Melikshohga e’tiboriga havola qilindi.
Bir yil 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa, 15 soniya va 48 millisekunddan iborat.
-Bog'doddagi Nizomiya madrasasida 1079-yil 15-martda quyosh botishi boshlanishi deb belgilangan.
-Yangi yil bayrami 21-mart, Navro'z kuni bo'lib, yil har biri 30 kundan iborat 12 oyga bo'linadi.
-Jaloliy taqvim fasllarga eng mos keladigan va aniq sanalarni beruvchi birinchi ilovadir.
Biz hozir foydalanayotgan milodiy taqvimda 3330 yilda bir marta 1 kun xatolik chegarasi bo‘lsa, ko‘pchilik kalendarlardan avvalroq tuzilgan Jaloliy taqvimida 5 ming yilda bir marta 1 kun xatolik chegarasi mavjud.
Jaloliy taqvimi forscha oy nomlaridan tashqari toʻliq turkiy kalendardir. Navro‘zning yangi yil bayrami sifatida qabul qilinishidan ham turkiy taqvim ekanligini ko’rish mumkin.
Kunlarning nomlari quyidagicha:
Rumiy kalendar tizimi: 1-yanvar, Yangi yil kechasi
Jaloliy taqvimidan keyin Usmonlilar rasman yana hijriy taqvimdan foydalana boshladilar. Holbuki, “Oshur” deb nomlangan qishloq xoʻjaligi daromad soligʻi mavsumdan-mavsumga qamariy yilga koʻra olinar ekan, davlatning maoshi va boshqa harajatlari hijriy taqvimda qamariy yilga koʻra toʻlanardi. Bu ba'zi muammolarni keltirib chiqardi. Shu sababdan 1677 yilda “Rumiy taqvimi” yaratilgan.
1 yanvar kuni Yangi yil bayrami qabul qilindi. Shunday qilib, Rumiy va Milodiy kalendarlari o'rtasidagi Rojdestvo farqi yo'q qilindi.
Milodiy taqvimi: Turkiyada 1925 yilda qo'llanila boshlandi
Misrliklar tomonidan yaratilgan kalendar yunonlar va rimliklar tomonidan ishlab chiqilgan va Ion va yunonlar orqali G'arbga ko'chirilgan.
-Taqvim quyosh yiliga asoslangan.
-Yangi yil bayrami Isoning tug'ilishi bilan boshlanadigan bu kalendarda 1-yanvar deb belgilangan.
-Misr taqvimi miloddan avvalgi Rim imperatori Sezar tomonidan yaratilgan. U 46-yilda ishlab chiqilgan va "Julian taqvimi" deb nomlangan. U 1582 yilda Rim papasi XIII Grigoriy tomonidan qayta tashkil etilgan va hozirgi shaklini "Gregorian kalendar" nomi bilan olgan.
Turkiyada bu taqvim 1925 yilda qo'llanila boshlandi. Shu vaqtgacha mart oyining boshi bo'lgan boshlanish kuni 1926 yil iyun oyining boshiga va 1945 yil yanvar oyining boshiga o'zgartirildi.
1945 yilda oy nomlari turk tiliga teshrinievvel (oktyabr), teshrinisani (noyabr), Kanunuevvel (dekabr), kanunusani (yanvar) deb tarjima qilingan.
1974 yilda Vazirlar Kengashining qarorlari bilan dam olish kunlari shanba va yakshanba kunlari bo'lishi kerakligi to'g'risida qaror qabul qilindi.
O'n ikki hayvon asosidagi turkiy taqvim, Hijriy, Jaloliy, Rumiy, Milodiy taqvimlar...
Bugungi kunda reja tuza olishimiz uchun eng muhim ehtiyojlarimizdan biri bu taqvimdir.
Biz undan stolimizda, telefonimizda, kompyuterimizda, daftarimizda va hayotimizning har qadamida foydalanamiz. Xo‘sh, turklar tarixdan bugungi kungacha qaysi kalendarlardan foydalanganlar, oy va kunlarning nomlari qanday bo‘lgan? Turklar vaqtni qanday o'lchagan?
Ushbu mavzu bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan Turk tili jamiyati mutaxassisi Belgin Tezjan Aksuning aytishicha, sivilizatsiyalar o‘z taqvimini yaratishda o‘zlarining eng muhim kunlarini boshlanish deb bilishgan.
"Taqvim tizimlari oy yili yoki quyosh yiliga asoslangan edi"
"Insoniyat oʻzining oʻtmishi, buguni va kelajagini baholash uchun tizim yaratdi, oy va quyosh harakatlarini astronomik kuzatishlar bilan oʻrganib, vaqt hisoblarini amalga oshirdi. Kalendarlar bu hisob-kitoblar bilan yuzaga chiqqan. Taqvim tizimlari qamariy yil yoki quyosh yili bşlan yaratilgan. Bundan tashqari, har bir tsivilizatsiya o'z kalendarini yaratishda ular uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan kunlarni boshlanish kunni deb qabul qilgan.
Oʻz turmush tarzi tufayli togʻdan qishlogʻiga va aksincha, qishloqdan baland togʻlarga koʻchib yashagan turklar ham belgilagan kunlarda siyosiy, iqtisodiy yoki diniy uchrashuvlar va h.k. vaziyatlar uchun kalendar yaratdi."
Xo'sh, turklar tomonidan qo'llanilgan birinchi kalendar qanday yaratilgan?
Birinchi kalendar: O'n ikki hayvonli turk taqvimi
"Turklar tomonidan qo'llanilgan birinchi taqvim tizimi, o'n ikki hayvonli turk taqvim tizimi. Bu tizim dastlab qamariy yilga asoslangan bo'lsa, keyinchalik quyosh yiliga asoslangan deb taxmin qilinadi. Bir yil 365 kun va 5 soat sifatida hisoblanadi va bugungi kunda ilg'or texnologiyalar tufayli erishilgan taqvimga ko’ra bir yil 365 kun va 6 soatdan iborat.
Kunning boshlanishi yarim tun. Yangi yil kuni 22 dekabr bo'lsa, keyin 21 mart Yangi yil kuni sifatida qabul qilindi.
Sichqon, ho’kiz, yo’lbars, quyon, timsoh...
Mahmud Qoshg’ariy turklar tomonidan taqvim qanday va nima uchun yaratilganligini o‘zining “Devoni lugotit-turk” kitobida shunday izohlaydi:
“O'tgan yillarda bo'lib o'tgan urush sanasini eslay olmagan Podshoh: “Agar biz bunga qiynalayotgan bo'lsak, bizdan keyingilar ham qiynalishadi. Endi 12 burjni va 12 oy nomlarini hisobga olib, 12 yilni nomlaylik” ,-deydi. S
hundan so‘ng ular yovvoyi hayvonlarni suvga itarib yuboradilar. Suvdan o‘tagan birinchi 12 ta hayvonning nomi: sichqon, ho‘kiz, yo’lbars, quyon, timsoh, ilon, ot, qoʻy, maymun, tovuq, it, choʻchqa soʻzlari yillar nomi sifatida belgilanadi.
Qoshg’ariy, "Turklarda yetti kunning nomi yo'q. Chunki "hafta" tushunchasi Islomdan keyin o’zlashtirilgan",-deydi.
“O‘rxun bitiklaridagi tarixiy voqealar shu taqvim asosida bayon etilgan”.
Belgin Tezjan Aksuning aytishicha, o'n ikki hayvondan iborat turk taqvimi ko'plab sivilizatsiyalar tomonidan qo'llaniladi.
"Turk taqvimida oʻn ikki hayvon bilan sanalgan eng qadimgi turk yozuvi I. Goʻkturk xonligi davrida yozilgan Bugut yozuvidir. Yozuvda quyon yili qayd etilgan boʻlib, u 571 yilga toʻgʻri keladi. Yil, oy va kun yozuvlariga koʻra, shu va shunga oʻxshash misollarda taqvimning oʻsha davrda turklar orasida tez-tez qoʻllanilganligi ma’lum bo’ladi. VIII asrda yaratilgan Oʻrxun bitiklarida tarixiy voqealar shu taqvim asosida tasvirlangan, Xitoy manbalarida esa uyg‘urlar va qirg‘izlarning ham shu kalendardan foydalangani qayd etilgan.
Ushbu yil nomlari turklardan tashqari xitoylar, yaponlar, moʻgʻullar, hindlar, tibetliklar, forslar va boshqa xaqlar tomonidan ham oʻz tillariga tarjima qilingan. U hozir ham Osiyoning ba'zi qismlarida qo'llaniladi."
Hijriy, Jaloliy, Rumiy, Grigoriy...
Aksu turklar tomonidan qoʻllanilgan taqvim tizimlari va foydalanila boshlagan sanalar tartibini quyidagicha sanab oʻtadi:
-O'n ikki hayvonli turk kalendar tizimi (? -milodiy 571)
-Hijriy kalendar tizimi (9-10-asrlar)
-Jaloliy kalendar tizimi (11-asr)
-Ilxoniylar kalendar tizimi (13-14-asrlar)
-Rumiy kalendar tizimi (17-asr)
-Takvim-i G’arbi tizimi (1917)
-Grigoriy kalendar tizimi (1925-yil)
Hijriy kalendar tizimi: qamariy yilga asoslangan
Hijriy taqvim turklar islom dinini qabul qilgandan keyin ishlatgan qamariy yilga asoslangan taqvim tizimidir.
Hz. Muhammad alayhissalomning Makkadan Madinaga hijrat qilgan kuni boshlanish kuni, Yangi yil esa Muharram oyining birinchi kuni hisoblanadi.
Kalendarda ba'zi oylar 29 kundan, ba'zi oylar esa 30 kundan iborat. Bu oylarda muntazam va aylanish tartibi yo'q. Shu sababdan har yili oylar o‘z o‘rnini almashtiradi va natijada bir sanada yozga to’g’ri kelgan oy yillar o‘tib qish mavsumiga to’g’ri kelishi mumkin.
Bu nomuvofiqlikka qaramay, quyosh va oy tutilish kunlarini bu taqvim asosida aniqlash osonroq.
Taqvimning ikki shakli mavjud: shamsiy (quyosh) va qamariy (oy):
Hijriy Shamsiy taqvimi: Yerning quyosh atrofida aylanishiga asoslangan taqvim bo’lib Muhammadning(a.s) Quba qishlog'iga kelgan 622 yil 20 sentyabr kuni taqvimning 1- kuni sifatida qabul qilingan. Bir yil 365 kun 5 soat 49 minut. Hijriy sham taqvim bilan milodiy taqvim bir xil bo‘lib, birgina farqi shundaki, ularning boshlanishi bir xil emas
Hijriy qamariy taqvim:Oyning yer atrofida aylanishiga asoslangan taqvim, Muhammad alayhissalomning Makkadan Madinaga hijrat qilgan sanasi, 622-yilning 16-iyuli yil boshi sifatida. Qabul qilinadi. Bir yil 354 yoki 355 kun bo'lib, Shamsiy taqvimi bilan 10 kun va 20 soat farq qiladi.
Hijriy kalendar atamasi asosan shu kalendarga tegishli. Hijriy qamariy yil milodiy yildan 10,8752 kunga qisqa bo‘lib, qat’iy belgilanmagan.
XVII asrning ikkinchi yarmigacha Usmonlilar davlat ishlarida ham, qoʻlyozmalarda ham hijriy qamariy kalendar tizimidan foydalanganlar va bu taqvim yozishmalarda to'liq qo’llanilgan.
Davlat o'z maoshli xodimlariga 3 oyda maosh berganligi sababli, har 3 oylik davrlarga ham nom berilgan.
Turkiyada 1926-yil 1-yanvardan bekor qilingan hijriy kalendardan faqat Ramazon va Qurbonlik bayramlari kabi diniy kunlarni belgilashda foydalaniladi. Bugungi kunda Eron, Pokiston, Afg'oniston, Saudiya Arabistoni va boshqa arab mamlakatlarida ham bu taqvim qo'llaniladi.
"Jaloliy taqvimi - fasllar uchun eng mos keladigan va aniq vaqt belgilash imkonini bergan birinchi dastur"
Bu taqvim Umar Xayyom raisligidagi qo'mita tomonidan quyosh yili asosida ishlab chiqildi va Buyuk Saljuqiylar sultoni Jaloliddin Melikshohga e’tiboriga havola qilindi.
Bir yil 365 kun, 5 soat, 49 daqiqa, 15 soniya va 48 millisekunddan iborat.
-Bog'doddagi Nizomiya madrasasida 1079-yil 15-martda quyosh botishi boshlanishi deb belgilangan.
-Yangi yil bayrami 21-mart, Navro'z kuni bo'lib, yil har biri 30 kundan iborat 12 oyga bo'linadi.
-Jaloliy taqvim fasllarga eng mos keladigan va aniq sanalarni beruvchi birinchi ilovadir.
Biz hozir foydalanayotgan milodiy taqvimda 3330 yilda bir marta 1 kun xatolik chegarasi bo‘lsa, ko‘pchilik kalendarlardan avvalroq tuzilgan Jaloliy taqvimida 5 ming yilda bir marta 1 kun xatolik chegarasi mavjud.
Jaloliy taqvimi forscha oy nomlaridan tashqari toʻliq turkiy kalendardir. Navro‘zning yangi yil bayrami sifatida qabul qilinishidan ham turkiy taqvim ekanligini ko’rish mumkin.
Kunlarning nomlari quyidagicha:
Rumiy kalendar tizimi: 1-yanvar, Yangi yil kechasi
Jaloliy taqvimidan keyin Usmonlilar rasman yana hijriy taqvimdan foydalana boshladilar. Holbuki, “Oshur” deb nomlangan qishloq xoʻjaligi daromad soligʻi mavsumdan-mavsumga qamariy yilga koʻra olinar ekan, davlatning maoshi va boshqa harajatlari hijriy taqvimda qamariy yilga koʻra toʻlanardi. Bu ba'zi muammolarni keltirib chiqardi. Shu sababdan 1677 yilda “Rumiy taqvimi” yaratilgan.
1 yanvar kuni Yangi yil bayrami qabul qilindi. Shunday qilib, Rumiy va Milodiy kalendarlari o'rtasidagi Rojdestvo farqi yo'q qilindi.
Milodiy taqvimi: Turkiyada 1925 yilda qo'llanila boshlandi
Misrliklar tomonidan yaratilgan kalendar yunonlar va rimliklar tomonidan ishlab chiqilgan va Ion va yunonlar orqali G'arbga ko'chirilgan.
-Taqvim quyosh yiliga asoslangan.
-Yangi yil bayrami Isoning tug'ilishi bilan boshlanadigan bu kalendarda 1-yanvar deb belgilangan.
-Misr taqvimi miloddan avvalgi Rim imperatori Sezar tomonidan yaratilgan. U 46-yilda ishlab chiqilgan va "Julian taqvimi" deb nomlangan. U 1582 yilda Rim papasi XIII Grigoriy tomonidan qayta tashkil etilgan va hozirgi shaklini "Gregorian kalendar" nomi bilan olgan.
Turkiyada bu taqvim 1925 yilda qo'llanila boshlandi. Shu vaqtgacha mart oyining boshi bo'lgan boshlanish kuni 1926 yil iyun oyining boshiga va 1945 yil yanvar oyining boshiga o'zgartirildi.
1945 yilda oy nomlari turk tiliga teshrinievvel (oktyabr), teshrinisani (noyabr), Kanunuevvel (dekabr), kanunusani (yanvar) deb tarjima qilingan.
1974 yilda Vazirlar Kengashining qarorlari bilan dam olish kunlari shanba va yakshanba kunlari bo'lishi kerakligi to'g'risida qaror qabul qilindi.

Taqvim - vaqt o‘lchovlari-kun, hafta, oy, yilni xisoblash tizimi. Vaqt o‘lchovlarini belgilash tabiat xodisalarining samoviy yoritkichlar harakati bilan bog‘liq davriyligiga asoslanadi. Taqvim hisobining asosi yil bo‘lib, yilning fasl va oylarga bo‘linishiga va davomiyligiga qarab tuzilgan oy taqvimi, oy-quyosh taqvimi va quyosh taqvimi mavjud.

Oy taqvimi. Yerning tabiy yo‘ldoshi Oyning bir oylik aniq harakati - 29 kun 12 soat 44 daqiqa 2 soniya muddatga asoslanadi. Oyning g‘arbda o‘roq shaklida ko‘rinishi oy boshi hisoblanadi. Oyning yana shu xolatga qaytib kelishigacha o‘tgan muddat bir oyni tashkil qiladi. 29,5 kunning 12 soati xar ikki oyda bir kun qilib qo‘shib boriladi. Shuning uchun oy taqvimida toq oylar 30 kun, juft oylar 29 kundan qilib belgilangan. 12 soatning qo‘shimchalari (44 daqiqa 2 soniya) to‘rt yilda yig‘ilib bir kun bo‘ladi va u kabisa yilining o‘n ikkinchi oyi oxiriga 29 kunni 30 kun qilib qo‘shib qo‘yiladi. Oy taqvimida oddiy yil 354 kun, kabisa yili 355 kun bo‘ladi. Oy taqvimi musulmon olamining xijriy yil hisobiga asos qilib olingan.
Oy-quyosh taqvimi. Oy va quyoshning xarakatiga asoslangan murakkab taqvim. Bu taqvimda yil 12 oy (bir yili 353-355 kun)dan, ba'zan esa 13 oy (bir yili 383-385 kun)dan iborat bo‘ladi. Oy-quyosh taqvimining xar 19 yilidan 12 yili 12 oydan, 7 yili 13 oydan qilib hisoblanadi. Arablar johiliyat davrida-islomdan avval oy-quyosh taqvimiga amal qilganlar. Bu taqvimdan yahudiylar miloddan avvalgi IV asrdan boshlab xozirgacha foydalanib keladilar. O'rta asrlarda xitoylar ham oy-quyosh taqvimini qo‘llaganlar.
Quyosh taqvimi. Bu taqvim Yer quyosh atrofini bir marta aylanib chiqish muddati - 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniyaga asoslanadi. Bir yilni ana shu muddat bilan hisoblash qadimgi misrliklar, eroniylar, xorazmiylar va boshqa xalqlar taqvimlariga asos qilib olingan. Quyosh taqvimida yil 12 oydan iborat. Bir yil 365 kun 6 soatni tashkil qiladi (5 soat 48 daqiqa 46 soniya yaxlitlanib 6 soat qilib olinadi). Uch yil 365 kundan, oddiy yil, to‘rtinchi yil esa oddiy yillardan ortib qolgan soatlar 1 kun qo‘shilib 366 kun - kabisa yilidan iborat bo‘ladi. Hozirgi vaqtda dunyo xalqlari quyosh taqvimiga asoslangan yil hisobini qabul qilganlar. Yer kurrasidagi xalqlarning barcha aloqa va munosabatlari quyosh taqvimi bo‘yicha olib boriladi.
Yuqoridagilardan ma'lum bo‘ladiki, taqvimlar har xil bo‘lgan. Jahondagi turli xalqlar mazkur taqvimlarning biridan foydalanganlar. Ular taqvimni o‘z hayotlariga, turmushlariga tatbiq etishni o‘z tarixlarida chuqur iz qoldirgan voqealar davridan boshlaganlar. Ana shu voqea, ya'ni taqvim boshlangan davrni har bir xalq o‘z xayotida tarix boshi-boshlang‘ich tarix deb qabul qilgan.
Boshlang‘ich tarix-taqvim boshlanishi (ruscha "era")ga turli xalqlar turli voqealarni asos qilib olganlar. Masalan: yahudiylar xilqat (dunyoning yaratilishi)ni, misrliklar Nil daryosining toshishini, yunonliklar ilk olimpiada o‘yinlarini, rimliklar Rim shahrining qurilishini, nasroniylar Iso alayxissalomning "tug‘ilishi" (milod)ni, musulmonlar Muhammad alayhissalomning Makkadan Madinaga xijratlarini asos qilib olganlar va hokazo.
Tarix boshi - taqvim boshi bo‘lgan yuqoridagi voqealarning ko‘pi unutilib ketgan. Ulardan bugungi kunda madaniyat dunyosida faqat milod va hijrat boshlang‘ichlari qolgan xolos.
Demak, tarixda turli xalqlar xar xil taqvimlardan foydalanganlar. Har bir taqvimni yuritishning o‘ziga xos qoidalari, taqvim boshining sababi va boshlanish vaqti, oylar soni va har bir oyning necha kundan iboratligi boshqa taqvimlarga solishtirilganda tafovutlar borligi ma'lum bo‘lgan. Bu tafovutlarni bartaraf etish, mumkin qadar aniqlikka erishish maqsadida vaqti-vaqti bilan taqvim sohasida islohotlar o‘tkazib turishgan. Taqvimni tuzatib, to‘g‘rilab turish yo‘lidagi bu ishlar xukmdorlar, falakiyot va riyoziyot olimlari, hisobdonlarning birgalikdagi maslahat va takliflari asosida amalga oshirilgan. Markaziy Osiyoda qo‘llangan taqvimlar va Ovrupoda ilk o‘rta asrlardan boshlab qo‘llanib kelayotgan milodiy taqvim tarixida bir necha islohotlar bo‘lib o‘tgani ma'lum.
Turkiston zaminida yashab kelayotgan xalqlar taqvim-yil hisobidan foydalanishda dunyoning eng madaniy xalqlaridan biri hisoblanadilar. Bu o‘lkada taqvimlarga amal kilish qariyb uch ming yildan buyon davom etib keladi. Shu davr mobaynida Turkiston xalqlari qadimgi turkiy, xorazmiy, sug‘d, avesto (qadimgi eron), yazdigir, Hijriy-shamsiy, Hijriy-qamariy, melodiy yil hisoblaridan foydalandilar. Biz quyida Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Umar Xayyom, Mirzo Ulug‘bek va boshqa olimlarning asarlaridan hamda turli tarixiy ilmiy va adabiy manbalardan foydalangan holda yuqorida sanab o‘tilgan yil hisoblarining boshlanishi tuzilishi va amalda qo‘llanishi xaqida baxoli qudrat mulohaza yuritamiz.
Qadimgi turkiy yil hisobi - Turkiy xalqlarning eng qadimgi va ilk o‘rta asrlarda ko‘llagan taqvimlari, yil hisoblari haqida juda oz ma'lumotlar saqlanib qolgan. Bu xaqda ma'lumot beruvchi manbalar Abu Rayxon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va Mahmud Qoshg‘ariyning "Devonu lutotut turk" asarlaridir.
Abu Rayxon Beruniy o‘z asarining uch joyida turkiy xalqlar taqvimini eslatib o‘tadi. Asarning 103-saxifasida qator sharq xalqlari taqvimlari haqida gapirib turk va hazarlarni xam tilga oladi: "Hind, xitoy, tibet, turk, hazar, xabash va zangi kabi boshqa millatlarning oylariga kelsak, garchi ulardan ba'zisining nomlari bizga aniq ma'lum bo‘lsa xam, to ularning barchasini bilish vaqti kelguncha bayon etishdan to‘xtadik".
Beruniy ikkinchi marta o‘z asarining 104-saxifasida quyidagilarni yozadi: "Bular (ya'niturkiy xalqlar taqvimi)ning miqdorlari, ma'nolari va kayfiyatlaridan voqif bo‘lmadim". Shundan keyin olim turkiy xalqlar taqvimidagi o‘n ikki oy nomini beradi: 1. Ulug‘ oy. 2. Kichik oy. 3. Birinchi oy. 4. Ikkinchi oy. 5. Uchinchi oy. 6. To‘rtinchi oy. 7. Beshinchi oy. 8. Oltinchi oy. 9. Yettinchi oy. 10. Sakkizinchi oy. 11. To‘qqizinchi oy. 12. O'ninchi oy.
Beruniy mazkur sahifada yana turk taqvimi haqida gapirib "Turk jadvali" degan sarlavha ostida o‘n ikki hayvon nomi bilan ataladigan o‘n ikki yillik muchal hisobining nomlarini ham keltiradi: 1. Sichqon. 2. Ud (sigir). 3. Bars. 4. Tovushqon (quyon). 5. Luy (baliq) 6. Yilon (ilon). 7. Yunt (ot). 8. Qo‘y. 9. Pichin (maymun). 10. Tovuq. 11. It. 12. To‘ng‘iz.
Yuqoridagilardan ma'lum bo‘ladiki, turkiy xalqlarning asosiy taqvimi muchal hisobidan iborat bo‘lgan yilning o‘n ikki oyi Beruniy keltirgan nomlar bilan atalgan. Biroq Beruniy turkiy xalqlarda qadim zamonlardan buyon biror voqea asos qilib olingan "Tarix boshi" deb atalgan, raqam bilan hisoblab kelinadigan yil hisobi to‘g‘risida ma'lumot bermaydi. Shu bilan birga yuqorida aytilgan o‘n ikki oyning kunlar miqdori, oddiy va kabisa yili, yilning boshlanishi yangi kunning qachondan hisoblanishi qam aytilmaydi. Har holda qadimgi turkiy xalqlarda ham Yaqin va o‘rta Sharqdagi boshqa taqvimlarda bo‘lgani kabi yil boshi bahorgi tengkunlikdan boshlangan. Chunki qadimgi turkiy xalqlar qo‘llagan muchal yilining birinchi kuni bahorgi tengkunlikdan hisoblanadi.
XI-asrning buyuk tilshunos olimi Mahmud Qoshg‘ariy "Devonu lug‘otut turk" asarining birinchi jildida turkiy xalqlarning taqvimi haqida qisqacha to‘xtab o‘tadi. Mahmud Qoshg‘ariy ham Abu Rayhon Beruniy kabi qadim zamonlardan beri davom etib kelayotgan tarix boshi (era) haqida qech narsa demaydi. Olim faqat Beruniy keltirgani kabi yilning o‘n ikki oyini beradi. Mahmud Qoshg‘ariy turkiy xalqlarda kunlarning nomi yo‘qligini, arablar kelgandan keyingina kunlar hafta ichidagi kun nomlari bilan aytilishi odat tusiga kirganligini qayd etadi. Shundan so‘ng tilshunos olim turkiy xalqlar azaldan muchal hisobidan foydalanib kelayotganliklarini yozadi. U muchal tarkibiga kirgan o‘n ikki hayvon nomini sichqondan boshlab to‘ng‘izgacha sanab o‘tadi. Ayrim olimlarning fikricha turkiy xalqlarda tarix boshi (era) bo‘lgan va u turk xoqonligining 571-yilda o‘rnatilishidan boshlanadi, deydilar. Bu fikrni isbotlash uchun Urxun-Enasoy yozuvlarida bitilgan qabr toshlaridagi bitiklarga murojaat qilaylik. Jumladan Kultegin yodnomasi shunday tugallanadi. "Kultegin qo‘y yilida o‘n yettinchi kunida o‘ldi. To‘qqizinchi oyning yigirma yettisida azasini o‘tkazdik. Binosini, naqshini, bitiktoshini Maymun yilida, yettinchi oyning yigirma yettisida butunlay tugatdik. Kul tegin qirq yetti yoshida vafot etdi". Yuqoridagi sanani Xitoy yilnomalari bilan qiyoslab hisoblanganda melodiy 731-yilning 27-fevrali kelib chiqadi.
Bilga xoqon yodnomasining xotimasi shunday:
"Otam xoqon it yili o‘ninchi oyning yigirma oltisida vafot etdi. To‘ng‘iz yili beshinchi oyning yigirma yettisida dafn marosimini qildirdim". Ushbu sana 734-yilning 26-noyabrga muvofiq tushadi.
Urxun-Enasoy yozuvidagi boshqa yirik yodnomalarda ham xotimada kitobat tarixi yuqoridagi tartibda beriladi. Ya'ni oyning soni, uning kuni va muchaldagi hayvon nomi qayd etiladi. Azaldan davom etib kelayotgan tadrijiy yil hisobi-tarix boshi (era) bo‘lganda, Abu Rayhon Beruniydek sinchkov olim albatta ko‘rsatib o‘tgan bo‘lar edi.
Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy asarlarida va boshqa manbalarda turkiy xalqlarning asl yil hisobi 12 hayvon nomi bilan ataluvchi muchal hisobi bilan yuritilgan. Bu hisob turkiy xalqlardan tashqari mo‘g‘ul va xitoy xalqlarida ham mavjud. Bu hisob keyinchalik Osiyoning boshqa xalqlariga ham tarqalgan.
Xorazmiy yil hisobi - qadimgi xorazmda yashagan xorazmiylarning quyosh taqvimiga asoslangan yil hisobidir. Abu Rayhon Beruniyning xabar berishicha xorazmiy yil hisobi O'rta Osiyodagi eng qadimgi yil hisobi hisoblanadi. Bu taqvim Beruniyning ko‘rsatishicha Iskandar Zulqarnayndan 980 yil avval boshlangan ya'ni, meloddan avvalgi ming yillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. Abu Rayhon Beruniy yashagan davrda xorazmiy yil hisobi ikki ming yildan oshib ketgan bo‘ladi. Xorazmiy taqvimida bir yil 12 oyga bo‘lingan va har bir oy 30 kundan iborat bo‘lgan. Qo‘shimcha 5 kun yil oxirida 12-oyga qo‘shilgan va bir yil 365 kunni tashkil etgan. Har yili qoldiq sifatida ortib qoladigan chorak kunga xorazmiy taqvimida e'tibor berilmagan. Yangi yil bahorgi tengkunlikdan boshlangan. Oy nomlari Abu Rayhon Beruniy asarida ikki xil to‘liq va qisqartirilgan shakllarda keltiriladi. Oylarning to‘liq nomi juda uzun bo‘lib, ko‘pchilik tovushlarni undosh harflar tashkil qiladi. Beruniy xorazmiycha oy nomlarining qisqartirilgan shaklini quyidagicha keltiradi: 1. Novsorjiy. 2. Ardvst. 3. Xrvdod. 4. Jiriy. 5. Xmdod. b.Axshrivriy. 7. Avmriy. 8. Yenoxi. 9. Arv. 10. Rimjd. 11. Arshmn. 12. Isfandorajiy. Beruniy oylarning to‘liq nomini bergan bo‘lsa-da, ammo kundalik ish yuritishda va ma'muriy hujjatlarda oylarning yuqorida keltirilgan qisqa shaklidan foydalanilgan. IV-VIII asr qadimgi xorazmiy yozuvi hujjatlarida va XII-XIV asr arab-xorazm yozuvi manbalarida oy nomlari yuqoridagi shakllarda qo‘llanadi. 12-oyga qo‘shiladigan 5 kunning maxsus nomi yo‘q. Qadimgi eron (avesto) va sug‘d taqvimida bo‘lgani kabi xorazmiy taqvimida ham oyning har bir kuni (30 kuni) alohida-alohida nom bilan yuritilgan. Beruniy 30 kunga qo‘yilgan 30 xil nomni ham beradi.
Xorazmiy taqvimi atamalari xorazmiy yozuvi va xorazmiy tili iste'moldan chiqishi bilan butunlay unutilib ketdi. Ayrim atamalar XIV asr xorazmiy tili yodnomasi "Kunyat ul-munyo"da uchraydi xolos.
Sug‘d taqvimi. Xorazmiy taqvimiga juda yaqin bo‘lgan sug‘d taqvimining vujudga kelishida xorazmiy taqvimi asos bo‘lgan bo‘lsa ajab emas, chunki xorazmiy tili bilan sug‘d tili ko‘p jihatdan bir-biriga yakin turadi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki xorazmiy oylarining nomlari ham, sug‘d oylarining nomlari ham lug‘aviy jihatdan qanday ma'no berishi noma'lum. Bu haqda Abu Rayxon Beruniy ham to‘xtalmaydi. Xorazmiy tilidagi va sug‘d tilidagi hujjatlarda ham oylarning qanday ma'no anglatishi xususida ma'lumotlar yo‘q.
Sug‘d yil hisobi - Markaziy Osiyoda yashagan sug‘diylarning quyosh taqvimiga asoslangan yil hisobi. So‘g‘d taqvimi qadimgi eron (avesto) va xorazmiy taqvimlariga juda yaqin bo‘lgan. Bir yil 12 oy va xar bir oy 30 kundan tashkil topgan. Ortiqcha besh kun yilning 12-oyi oxiriga qo‘shilgan. Bu besh kun alohida nom bilan aytilgan. Har yili qoldiq sifatida yig‘ilib boradigan chorak kunning to‘rt yilda to‘la bir kun bo‘lishiga e'tibor qilinmagan. Yangi yil bahorgi tengkunlikdan boshlagan. Sug‘d oylarining tartibi va nomlari quyidagicha: 1.Navsard. 2.Jarjin. Z.Naysanj. 4.Basokanj. 5.Ashnxanda. b.Majnda. 7.Farkon. 8.Obonj. 9.Fug‘. 10.Masfug‘. 11.Jamdanj. 12. Xashvim. Oylar nomlarining o‘qilishi va aytilishida ayrim tafovutlar bor. Chunki qo‘lyozma manbalarda (Abu Rayhon Beruniy asarlarida ham) sug‘d oylarining nomi faqat undosh tovushlar bilan yozilgan. Undoshlar orasidagi unlilar yozilmagan. Sug‘diylar ham qadimgi eronliklar kabi oyning har bir kuniga (30 kunga) alohida-alohida nom berganlar.
Sug‘d yil hisobi qachondan boshlanganligi va qaysi voqea asos qilib olinganligi to‘g‘risida ma'lumot yo‘q. Abu Rayhon Beruniyning xabar berishicha sug‘d taqvimi ancha qadimdan mavjud bo‘lsa-da rasmiy yil hisobi milodiy 413 yildan boshlangan. Sug‘d taqvimiga oid atamalar va yil hisobi sanalari IV-X asrlarga oid tangalar, bitiklar, maktublar va rasmiy davlat hujjatlarida tez-tez uchrab turadi. Sug‘d tili va yozuvining muomaladan qolishi bilan sug‘d taqvimi ham asta-sekin unutila boshladi.
Avesto yil hisobi - Eron va Markaziy Osiyo xalqlari qo‘llagan eng qadimgi yil hisobi, taqvim. Bu taqvim zardusht ta'limoti bilan birga vujudga kelganligi uchun zardusht taqvimi, oy nomlari va boshqa hamma atamalari "Avesto" kitobidan olinganligi uchun avesto taqvimi ham deyiladi. Eronda qo‘llangan eng qadimgi taqvim bo‘lganligi uchun hozirgi ilmiy adabiyotlarda qadimgi eron taqvimi nomi ham ishlatiladi.
Zardusht yil hisobi quyosh yiliga asoslangan bo‘lib, 12 oydan iborat. Har bir oy 30 kun, yana qo‘shimcha 5 kun bor. Bu 5 kun alohida oy hisoblanadi. Taqvimdagi 12 oyning nomi "Avesto"dagi ma'budalarning nomiga borib taqaladi. Oy nomlaridan tashqari oy tarkibiga kirgan kunlar (30 kun) ning ham alohida-alohida nomlari bor. "Avesto"ning milodiy VI asrda sosoniylar davrida tuzilgan matnida oylar va kunlarning to‘liq nomi ro‘yxati keltirilgan. Biroq ba'zi taqvim atamalari "Avesto"ning eng azaliy qismlari deb hisoblanuvchi miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda tarkib topgan. "Gotlar"da ham uchraydi. Zardusht taqvimi qachon va qaerda tuzilganligi to‘g‘risida fanda hozircha aniq ma'lumot yo‘q. Olimlarning taxmin qilishicha bu taqvim Sharqiy Eron yoki Markaziy Osieda miloddan avvalgi birinchi ming yillikning boshlarida tuzilgan. Dastlab, g‘arbiy Eronda Ahmoniylar davrida rasmiy davlat taqvimi sifatida qabul qilingan (ilmiy adabiyotlarda qadimgi eron yil hisobi deb atalishining sababi ham shu). Bu holat Ahmoniylar davrida zardusht dinining keng yoyilishi bilan izohlanadi Zardusht taqvimi Hindistonda hozirgi vaqtda istiqomat qilayotgan zardusht jamoalarining taqvimi bilan qiyoslab ko‘rilganda mazkur taqvim g‘arbiy Eronda Ahmoniylar davrida miloddan avvalgi 505,490,484,481, va 441 sanalarning biridan boshlangan deb hisoblash mumkin. Abu Rayhon Beruniy o‘zining "Xronologiya" asarida yuqoridagi yillarning eng oxirgisi-miloddan avvalgi 441 yilni eng to‘g‘ri sana deb oladi va zardusht taqvimi shu yildan boshlangan deb ko‘rsatadi. Zardusht taqvimi 365 kun, har biri 30 kundan tuzilgan 12 oy va yana 5 kundan iborat, to‘rt yilda yana 1 kun orttirilgan. Demak, har to‘rt yilda (kabisa yilida) 12-oyning oxiriga 5 kun emas, 6 kun qo‘shilgan. Zardusht yil hisobi qadimgi eron manbalarida - Behstun va Naqshi Rustam kitobalarida hamda boshqa yozma yodgorliklar va hujjatlarda tez-tez tilga olinadi. Shunday qilib zardusht taqvimi Ahmoniylar davridan boshlab davlatning ish yuritish bo‘yicha rasmiy taqvimi bo‘lib qoladi. Shu bilan birga bu taqvim zardusht dini bayramlari, rasm-rusumlarini olib borishda diniy taqvim ham bo‘lib qolaveradi.
Zardusht oylarining nomlari: 1. Farvardinmoh, 2. Ordi - behishtmoh, 3. Xurdodmoh, 4. Tirmoh, 5. Murdodmoh, 6. Shahrivarmoh, 7. Mehrmoh, 8. Obonmoh, 9. Ozarmoh, 10. Daymoh, 11. Bahmanmoh, 12. Isfandarmazmoh. Har bir oyda 30 kunning maxsus nomi ham bo‘lgan ular quyidagilar: 1. Xurmuz, 2. Bahman, 3. Urdubehisht. 4. Shahrivar, 5. Isfandarmaz, 6. Xurdod, 7. Murdod, 8. Dayba ozar, 9. Ozar, 10. Obon, 11. Xur, 12. Moh, 13. Tir, 14. Jo‘sh, 15. Dayba mehr, 16. Mehr, 17. Sarush, 18. Rashn, 19. Farvardin, 20, Bahrom, 21.Rom, 22. Bod, 23. Daybadin, 24. Din, 25. Ard, 26. Ashtoz, 27. Asmon, 28. Zomyoz, 29. Morasfand, 30. Aniron. O'ttiz kunga atab qo‘yilgan mazkur nomlar yilning o‘n ikki oyidagi hamma kunlarga taalluqli bo‘lgan.
Qadimgi Eron yil hisobi, ya'ni zardusht yil hisobi milodiy 632 yilgacha qo‘llanib keldi. 632 yilda sosoniy podshohlardan Yazdgird III zardusht taqvimini isloh qildi. Yangi taqvim shu podshohning nomi bilan Yazdgird taqvimi nomini oldi. Boshlanish vaqti ham Yazdgird III ning taxtga o‘tirgan kuni - milodiy 632 yil 16 iyundan hisoblandi. Qadimgi eron, ya'ni zardusht taqvimining atamalari, xususan oynomlari fors-tojik va turkiy manbalarda o‘rni-o‘rni bilan uchrab turadi. Mazkur atamalar ko‘proq eroniy va turkiy xalqlarning eng qadimgi zardusht ta'limoti bilan bog‘liq rasm-rusumlari, urf-odatlari bilan bog‘liq holda tilga olinadi.
Umar Xayyom "Navro‘znoma" asarida yuqoridagi oylarning lug‘aviy ma'nosini quyidagicha talqin qiladi. (Izoh: Umar Xayyom oylarning nomini asli Avestocha demasdan Pahlaviy tilida deb aytadi. Chunki Umar Xayyom davrigacha Avesto tilidagi so‘zlar Pahlaviy tiliga, pahlaviy tilidagi so‘zlar yangi fors tiliga o‘tib kelardi. Shuning uchun Umar Xayyom oy nomlarini Pahlaviycha deb tushuntiradi).
Biz Umar Xayyom so‘zlarini aynan keltiramiz.
1. Farvardin - pahlaviycha so‘z va uning ma'nosi aynan jannatlar bo‘lib, bu oy o‘simliklar o‘sishining boshlanishidir. Bu oy Hamal burjiga oid. Binobarin, oyning boshidan to oxirgacha oftob shu burjda bo‘ladi.
2. Ordbihisht - bu oyda dunyo o‘zining ko‘karishi ila jannatmonanddir. Urd pahlaviy tilida "monand" degani. Oftob bu oyda haqiqiy aylanishi bo‘yicha Savr burjida bo‘ladi. Bu oy bahorning o‘rtasidir.
3. Xurdod - odamlarni bug‘doy, arpa va mevalar bilan boqadi. Oftob bu oyda Javzoburjida bo‘ladi.
4. Tir - bu oyni "tir" atadilar, chunki bu oyda bug‘doy, arpa va boshqa narsalarni taqsim qiladilar. Oftobning avji pasaya boshlaydi. Saraton burjida bo‘ladi. Bu oy yoz oyining birinchisidir.
5. Murdod - tuproq berdi, ya'ni unda yetilgan meva va sabzavotlarni berdi. Yana bu oyda xavo tuproq to‘zoniga o‘xshaydi. Bu oy yoz o‘rtasidir. Oftob Asad burjida bo‘ladi.
6. Shahrivor - bu oyni shahrivor deydilar, chunki bu daromad oyidir, ya'ni, podshoxlarning daromadlari shu oyga to‘g‘ri keladi. Bu oyda dehqonga o‘lpon to‘lash oson. Oftob Azro (Sunbula)da bo‘ladi. Bu yozning oxirgi oyi.
7. Mexr - bu oyni mehr deyishadi, chunki u insonlar o‘rtasidagi do‘stlik oyidir va pishgan barcha meva va boshqa narsalar hamda o‘zlarining ulushlariga tekkanini birga baxam ko‘radilar. Oftob bu oyda mezonda bo‘ladi, ya'ni kuzning boshlanishidir.
8. Obon - ya'ni bu oyda boshlangan yog‘inlardan suv ko‘payadi va odamlar ekinlarini sug‘oradilar. Oftob bu oyda Aqrabda bo‘ladi.
9. Ozar - paxlaviy tilida ozar "olov" deganidir. Bu oyda ob-havo soviy boshlaydi va olovga muxtojlik paydo bo‘ladi, ya'ni bu olov oyidir. Oftob bu oyda qavs burjida bo‘ladi.
10. Day - paxlaviy tilida "day" devni anglatadi. Bu oyni "day" deyishlariga sabab, u qahrli va bu oyda yer ko‘karishdan yiroqdir. Oftob Jadida bo‘ladi. Bu qishning birinchi oyi.
11. Baxman - buning ma'nosi "o‘shanga o‘xshagan" demakdir. Chunki bu oy o‘sha day oyiga o‘xshab sovuq va quruqdir. Oftob bu oyda Zuhal xonasida, dalvning jadi bilan tutash yerida bo‘ladi.
12. Isfand - bu oyni isfand deydilar, chunki isfand paxlaviy tilida mevani anglatadi, ya'ni bu oyda mevali daraxt va o‘simliklar ko‘kara boshlaydi. Oftob bu oyda oxirgi Hut burjiga yetib keladi.
Qadimgi Eron oylari yuqorida aytilganidek 30 kundan bo‘lib, har bir kunning avesto tilida maxsus nomi bor. Alisher Navoiy asarlarida ham qadimgi eron oylarining hammasi tilga olinadi. Ayrim xollarda Navoiy qadimgi eron oylarining nomlarini burj oylarining nomlari bilan almashtirib qo‘llaydi. Chunonchi: hamal o‘rnida farvardin, savr o‘rnida ordbehisht, javzo o‘rnida xurdod, saraton o‘rnida tir va shuning kabilar. Kadimgi Eron yil hisobi, ya'ni zardusht taqvimi zardusht dini nufuzining tobora pasayishi bilan melodiy birinchi ming yillikning oxirlarida unitila boshlagan. Biroq hozirgi davrda Hindistonning Bombay shahri va uning atroflarida istiqomat qilayotgan zardusht jamoalari o‘z taqvimlarini hamon saqlab kelmoqdalar. Ular zardusht bayramlari, marosimlari va urf odatlarinio‘tkazishda mazkur taqvimga amal qiladilar.
Yazdigird yil hisobi - quyosh taqvimiga asoslangan. Bu yil hisobi o‘rta Osiyo va Eronda to‘rt yarim asr qo‘llandi. Yazdigird yil hisobi milodiy 632 yil 16 iyun - hijriy II yil 21 rabe'ulavvaldan boshlanadi. Bu sana sosoniylarning so‘nggi shohi Yazdigird III ning taxtga chiqishi bilan bog‘liq (hukmronlik yillari 632-651). Yazdigird III taqvimi 365 kun bo‘lib, 12 oyga bo‘linadi. Oylar nomi qadimgi eron (zardusht) taqvimidagi oylar nomi bir oz o‘zgartirib, soddalashtirib olingan. Ular quyidagicha: farvardin, ordbehisht, xurdod, tir, murdod, shahrivar, mehr, obon, ozar, day, bahman, isfand. Har bir oy 30 kundan hisoblanadi. qo‘shimcha 5 kun 12-oy isfand oxiriga qo‘shiladi. Abu Rayhon Beruniyning ko‘rsatishicha bu 5 kun qadimgi eron tilida "panji" yoki "andargoh" deb atalgan. Keyinchalik arab tili Eronga kirib kelgandan so‘ng mazkur so‘z arabchalashtirilib "andarjoh" deyilgan. Beruniyning yozishicha "andarjoh" kunlar doimo 12-oy oxiriga yoki boshqa oylar oxiriga qo‘shilmay, ba'zan sakkizinchi (obonmoh) va to‘qqizinchi (ozarmoh) oylar o‘rtasiga ham qo‘yilgan. Yangi yil - farvardin oyining 1- kuni bahorgi teng kunlik kirgan (21 mart)da boshlanadi. Yazdigird taqvimida har to‘rt yilda yig‘ilib qolgan bir kun 120 yilda bir oyni tashkil qilgan. Shu bir oy 120 yilda 13-oy hisoblanib 120-yilning birinchi oyidan keyin qo‘shilgan va farvardin ikki deb atalgan. 240-yilda esa bu 13-oy ikkinchi oy ordbehishtdan keyin ordbehisht ikki deb atalgan va, nihoyat, 360-yilda uchinchi oyga xurdod ikki deb qo‘shilgan.
Yazdigird yil hioobini qo‘llashda ma'lum qiyinchiliklar tug‘ildi. Shuning uchun milodning 1079 yili (Yazdigird III taqvimi bo‘yicha 447 yil) Eronda hukmronlik hilgan sulton Jaloliddin Malikshoh ibn Alp Arslon Saljuq (hukmronlik yillari 1072-1092) buyrug‘i bilan isloh etildi. Yazdigird yil hisobi o‘rniga hijriy shamsiy yil hisobi joriy etildi.
Arab istilosidan keyin qariyb to‘rt yarim asr Eronning davlat taqvimi bo‘lib xizmat qilgan Yazdigird yil hisobidan Erondan tashqarida bo‘lgan boshqa o‘lkalar, xususan o‘rta Osiyo xalqlari ham foydalandilar. VII-XII-asrlarda Eron va o‘rta Osiyoda yaratilgan yozma manbalarda - hujjatlar va kitoblarda sana yazdigird taqvimi bilan qayd etiladi. Ayrim mualliflar va kotiblar o‘zlari yaratgan asarning ijodiy tarixini yoki ko‘chirgan qo‘lyozmalarining kitobat tarixini yazdigird yil hisobi bilan beradilar. Shuni ham aytish kerakki yazdigird yil hisobi XI asrda bekor qilingan bo‘lsa-da, ayrim olimlar, kotiblar amalda uni XIII asrlarga qadar qo‘llaydilar. Chunonchi: Abu Rayhon Beruniyning O'zbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan "At-tafhim" asarining 3423 rahamli nusxasining kitobat tarixi yazdigird yil hisobi bilai ko‘rsatilgan. "At-tafhim"ning mazkur nusxasi Yazdigird hisobi bilan 628 yil mehr oyida ko‘chirib tugallangan. Ushbu sana hijriy bilan 661 yilga, milodiy bilan 1261-1262 yilga to‘g‘ri keladi. XIII asr oxirlaridan kotiblar yazdigird yil hisobini butunlay unutdilar va foydalanmay qo‘ydilar.
Hijriy-shamsiy yil hisobi - tarix boshi (era)ni payg‘ambar Muhammad alayhissalom hijratlaridan olgan va quyosh (Shams)ning bir yillik harakat muddatiga asoslangan yil hisobi. Milodiy 1079 (Yazdigird hisobi bilan 447) yilda Eronda o‘rnatilgan Buyuk Saljuq davlatining uchinchi sultoni Jaloliddin Malikshoh ibn Alp Arslon (hukmronlik yillari 1072-1092) Yazdgird yil hisobini isloh etish to‘g‘risida buyruq beradi. Taqvim islohi maxsus tuzilgan hay'at tomonidan o‘rganib chiqiladi. Hay'atga falakiyot va riyoziyot olimi faylasuf va shoir Umar Xayyom (1040-1123) rahbarlik qiladi. Yangi taqvimni tuzishdan maqsad yilning boshlanishini bahorgi teng kunlikka to‘g‘rilash edi. Vaholanki, Umar Xayyom davrida yangi yilning boshlanishi bahorgi tengkunlikdan deyarli bir hafta uzoqlashib 14-16 martga to‘g‘ri kelib qolgan edi. Agar yangi yil 20, 21 yoki 22 martdan boshlansa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Umar Xayyom boshchiligidagi hay'at yangi yilni baxorgi tengkunlikdan boshlaydi va buning uchun kabisa yili tanlab olinadi. Bu taqvimda ham yazdigird yil hisobidagi kabi bir yil 12 oyga bo‘linadi va har bir oy 30 kundan iborat bo‘ladi. Bu taqvimda yazdigirddan farqli o‘laroq kabisa yilida 6-kun ham qo‘shilgan. Kabisa yilning tartibi quyidagicha bo‘lgan: xar 33 yil bir davr (tsikl) hisoblangan. Unda sakkiz marta kabisa yili kelgan. Bunda kabisa kuni yetti marta 4-yil oxiriga, sakkizinchi kabisa kuni esa 5-kabisa yili oxiriga qo‘shilgan. Bu taqvim hijratning 1-yili (milodiy 622 yil) dan boshlab hisoblandi. Ammo uning amaliyotga kirgan va tatbiq etilgan kuni hijriy 471 yil 10 ramazon, yazdgird 448 yil 19 farvardin, milodiy 1079 yil 16 martta to‘g‘ri keldi. Ushbu sana xijriy-shamsiy hisobi bo‘yicha 458 yilning birinchi boshlanish kuni - baxorgi teng kelish kuni (navro‘z) bo‘ldi. Boshqacha aytganda xijriy-shamsiy yil hisobi boshlanish vaqtini hijratning 1-yilidan olgan bo‘lsa ham o‘z tarixining 458 yilidan amaliyotga kiritildi. Bu taqvim saljuqiy sulton Jaloliddin Malikshoh ibn Alp Arslon nomi bilan jaloliy taqvimi deb nom oldi. Ayrim ilmiy adabiyotlarda mazkur taqvimni tuzishda faol qatnashgani uchun olim va shoir Umar Xayyom nomi bilan Umar Xayyom taqvimi deb ham yoziladi. Yana ayrim manbalarda bu taqvim turkiy xalqlar tomonidan barpo etilgan saljuqiylar davlatida tatbiq etilgani uchun turk taqvimi deb xam aytiladi. Turk taqvimi milodiy (grigoriy) taqvimiga nisbatan xatosi oz edi. Agar turk taqvimi o‘n ming yilda bor-yo‘g‘i ikki kunlik farqqa uchrasa, grigoriy taqvimida bu farq juda katta edi. Hijriy-shamsiy yil hisobida avvalgi taqvimdagi an'anaviy oy (farvardin, ordbexisht, xurdod, tir, murdod, shaxrivar, mehr, obon, ozar, day, baxman, isfand) nomlari saqlanib qoldi. Jaloliy taqvimi XIX asr o‘rtalarigacha Eronda qo‘llandi. Keyinroq xijriy-shamsiy taqvimi isloh etilib oylarning kun miqdori burj oylarining kun mikdoriga to‘g‘rilanadi. Shu vaqtdan boshlab hijriy-shamsiy taqvimida qadimgi eron oylarining nomi bilan burj oylarining nomi xam barobar qo‘llana boshladi. Ularning tartibi shunday: farvardin - hamal (qo‘y), ordibehisht - savr (xo‘kiz), xurdod - javzo (egizak), tir-saraton (qisqichbaqa), murdod- asad (arslon), shahrivar - sunbula (boshoq), mehr - mezon (tarozu), obonaqrab (chayon), ozar - qavs (yoy), day - jadi (echki), bahman - dalv (qovg‘a), isfand - xut (baliq). Hozirgi vaqtda Eronda rasmiy davlat taqvimi sifatida amal qilayotgan hijriy-shamsiy yil hisobida dastlabki olti oy 31 kundan, keyingi besh oy 30 kundan va oxirgi bir oy 29 yoki 30 kundan bo‘ladi. Eronda burj oylarining nomlari ishlatilsa ham rasmiy hujjatlarda qadimgi eron oylarining nomi yoziladi. O'zbekistonda va Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarda xijriy-shamsiy taqvimdan foydalanilganda burj oylarining nomi aytiladi. Chunonchi xijriy-shamsiy hisob bilan 1378 yil mezon oyining 5-kuni (milodiy hisob bilan 1999 yil sentyabr oyining 26-kuni), kabi. Hijriy - shamsiy taqvimi yilning muayyan vaqtida - bahorning birinchi kuni (navro‘z)da boshlangani uchun fasllar, iqlim, obi-havo va tabiatda yuz beradigan boshqa takroriy, davriy hodisalarni kuzatib borishda juda qulay. Shuning uchun Eron, Afg‘oniston, Turkiya, Markaziy Osiyo mamlakatlarida, shu jumladan O'zbekistonda ham qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq barcha ishlarni olib borishda mazkur taqvimdan foydalaniladi.
Hijriy-qamariy yil hisobi - tarix (era) boshini Muhammad Payg‘ambar xijratlaridan olgan va oy (qamar) taqvimiga asoslangan yil hisobi. Bu yil hisobi ancha uzoq tarixga ega. Arabiston yarim orolida yashagan qadimgi xalqlar miloddan avvalgi ming yillikda oy taqvimini qo‘llaganlar. Arablar islomdan ikki yuz yilcha oldin (milodiy V asr boshlarida) oy-quyosh taqvimidan foydalanishga o‘tgan edilar. Oy-quyosh taqvimida 24 yillik davr (tsikl) mavjud bo‘lib, bu takrorlanib turar edi. 24 yilning 9 yili 13 oylik, 15 yili 12 oylik bo‘lardi. Yilga ortiqcha bir oy (ya'ni 13-oy) qo‘shishni va shu oyning o‘zini nasi deb atalgan. Nasi oyi qamariy va shamsiy yil oralaridagi farqni yo‘qotish maqsadida, bu farq bir 5 oyga to‘lganda qamariy yilga qo‘shimcha 13-oy sifatida qo‘shilgan. Bu taqvim bo‘yicha, ya'ni islomgacha arab oylari yilning muayyan vaqtida boshlangan (Arab oylarining qadimgi lug‘aviy ma'nosi xam shundan xabar beradi).
Arablar qo‘llagan oy-quyosh taqvimidagi oylarning tartibi, nom va ma'nosi quyidagicha edi:
1. Muharram. Ta'qiqlangan, man' etilgan, muqaddas ma'nolarini beradi. Bu oyda diniy an'analar bo‘yicha urush va xarbiy yurishlar olib borish mutlaqo ta'qiqlangan. Bu xolat yettinchi (rajab), o‘n birinchi (zulqa'da) va o‘n ikkinchi (zulhijja) oylariga ham taalluqli bo‘lgan.
2. Safar. "Sariq", "za'faron" degan ma'noni beradi. Bu oyda arablar boshiga og‘ir kulfat tushib, badanlariga og‘ir halok qiluvchi yara toshar edi. Shu kasalga duchor bo‘lgan bemorlarning rangi sarg‘ayib ketar edi.
3-4. Rabi' ul-avval va rabi' ul-oxir. "Rabi'" so‘zi arab tilida "baxor" ma'nosini beradi. Ammo qadimgi arablar, "rabi'" so‘zini "kuz" ma'nosida xam qo‘llaganlar. Ushbu har ikki oy kuz faslida kelgani uchun "birinchi kuz" va "ikkinchi kuz" ma'nolarini anglatgan.
5-6. Jumodiyul avval va jumodiyul oxir. Bu oylarning nomi "jamada" so‘zidan olingan bo‘lib, "qotib qolmoq", "muzlamoq" ma'nosini beradi. Ushbu xar ikki oy yilning suv yaxlab qotib qoladigan davriga, ya'ni qish fasliga to‘g‘ri kelgan.
7. Rajab. "Irjob" so‘zidan olinib, "urush va hujumlardan o‘zingizni saqlang" degan ma'noni beradi.
8. Sha'bon. "Tashaaba" so‘zidan olinib "tarmoqlanmoq", "tarqalmoq" ma'nosini beradi. Bu oyda arablar xujumlar uyushtirar edilar.
9. Ramazon. "Ramada" so‘zidan olinib "yondirmoq", "jazirama oy" ma'nolarini anglatadi. Bu oy yozning eng issiq vaqtiga to‘g‘ri kelgani uchun shunday atalgan.
10. Shavvol. "Shala" so‘zidan bo‘lib, "ko‘tarmoq", "ko‘tarilmoq", "olib bormoq", "ko‘chirmoq" ma'nolarini beradi. Bu oyda arablar orasida "shavvilu" xitobi, ya'ni "o‘z yashab turgan joylaringizdan qo‘zg‘alinglar" so‘zlari yangrab turgan.
11. Zulqa'da. "qa'da" so‘zi "o‘tirmoq", "o‘z uyida qolmoq" ma'nolarini ifodalaydi.
12. Zulhijja. "Haj" so‘zidan olinib "haj qilish" ma'nosini beradi. Qadimgi arablar Ka'baga kelib shu oyda haj qilganlar.
Avval vaqti-vaqti bilan qo‘shib kelingan 13-oy "nasi" Muhammad payg‘ambar tomonlaridan milodiy 631 yilda bekor qilindi. Arablar endi faqat qamariy taqvimga, qamariy oylarga o‘tdilar. Shundan keyin arab oylari avvalgi nomlarining lug‘aviy ma'nosini yo‘qotdi, bir yil 365 kun emas 354 kunga aylandi, yil boshi - 1-muxarram avvalgidek xar yili muayyan vaqtda emas, oldingi yilga nisbatan 11 kun barvaqt keladigan bo‘ldi. Nasi oyi ta'qiqlanib qamariy taqvimga o‘tilganligi Muhammad payg‘ambar tomonlaridan e'lon qilinganligi sababli bu taqvim Muxammad taqvimi ham deyiladi.
Islom dini vujudga kelgach, musulmonlar diniy va dunyoviy ishlarini olib borishlari uchun o‘zlariga xos taqvim-tarix bo‘lishiga zarurat tug‘ildi. Bu muhim masala ikkinchi xalifa Umar raziallohu anhu (xalifalik yillari milodiy 634-644) davrlarida muhokama qilindi va hal etildi.
Milodiy 631 yilda musulmonlar qamariy oylarga to‘la o‘tgan bo‘lsalarda, xalifalikning dastlabki yillarida voqea-xodisalarning sodir bo‘lgan vaqtini faqat oy nomi va shu oyning ma'lum kunini qayd etish bilan cheklanar edilar. Oyga qo‘shib aytiladigan sana (yil) hisobi yo‘q edi. Musulmonlar o‘rtasida yozilgan xat-hujjatlarga sana qo‘yish odati bo‘lmagan. Bir kuni bir kishi xalifa Umar huzurlariga kelib sha'bon oyida to‘lanishi kerak bo‘lgan qarz xaqidagi hujjatni ko‘rsatadi. Shunda Umar "bu xujjat qaysi sha'bonga tegishli? O'tgan yili sha'bongami yoki bu yilgi sha'bongami?" - deb so‘raydilar. Huddi o‘sha paytlarda Jazira viloyatining voliysi Abu Musoga ikkita buyruq yozib beriladi. Bu buyruqlarning biri ikkinchisiga sira to‘g‘ri kelmas, boshqa-boshqa edi. Ularning qaysi biri oldin, qaysi biri keyin yozilganligini bilolmagan Abu Muso xalifa Umardan so‘raydi. Chunki xar ikki buyruqda ham sana yo‘q edi. Nihoyat, xalifa Umar o‘z atrofiga mo‘‘tabar kishilarni to‘plab mashvarat o‘tkazadi. To‘planganlarning barchasi bir ovozdan oy hisobi bilan ish yuritishni ma'qul deb topdilar. Chunki diniy ahkomlarni qamariy tarixdan boshqacha yurgizish mumkin emas edi. Zero, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ham vafotlaridan bir oz oldin oy-quyosh taqvimidagi "nasi" oyini bekor qilib faqat oy hisobini qoldirgan edilar. Mashvarat qatnashchilari o‘sha vaqtgacha qo‘llanib kelgan qamariy oy nomlarini ham saqlab qolishni lozim ko‘rdilar. Bu oylar arab ahli o‘rtasida juda mashhur edi. Hozir bo‘lganlar taqvim boshi - tarix (era) boshini qaysi vaqtdan, qaysi voqeadan boshlab hisoblashga oid turli fikrlarni o‘rtaga tashladilar. Ba'zilar payg‘ambarning tavallud kunlaridan desa, ba'zilar payg‘ambarlikning kelishidan tarix boshlashni aytdilar. Oxiri hazrati Ali ibn Abu Tolib islom taqvimi - tarixini payg‘ambarning Makkadan Madinaga ko‘chib o‘tishlari - hijratlaridan boshlashni taklif etdilar. Bu taklif ma'qullandi va qabul qilindi. Payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijrat qilib yetib borgan vaqtlari - rabi' ul avval oyidan 11 kecha o‘tganda - dushanba kuni voqe' bo‘lgan edi. Bu milodiy hisob bilan 622 yilning 23 sentyabr kuniga muvofiq keladi.
Xalifa hazrati Umar raziallohu anhu huzurlarida islomning taqvim boshi va tarix boshini qabul kilishga bag‘ishlangan mazkur mashvarat majlisi hijratdan 17 yil keyin - 17 yil muharram oyining 1-kuni (milodiy 638-yil 23 yanvar) bo‘lgan edi. Hijrat esa yuqorida aytilganidek, rabi'ul avval oyining 11 kunida, ya'ni oy sanasining 3-oyida bo‘lib o‘tgan. Vaholanki, arablarda avvaldan yil boshi muharram oyining 1-kunidan hisoblangan. Shu sababli tarixiy voqealarni hisoblaganda chalkashlik sodir bo‘lmasligi uchun hijrat voqe' bo‘lgan 3-oydan oldingi 1- va 2- oylar (muharram, safar) ham hijrat yil hisobiga qo‘shib olindi va muharram yil boshi bo‘lib qoldi. Ya'ni, aniq qilib aytganda, hijriy hisobning 1-yilining 1-kuni muharram bo‘lib qoldi. Bu sanani milodiyga aylantirganda 622 yilning 16 iyuliga muvofiq tushadi. Dunyo bo‘yicha sharqshunos olimlar tomonidan tuzilgan milodiy va hijriy taqvimning mutanosiblik (sinxron) jadvallarida hijriy yilning birinchi kuni milodiy 622 yil 16 iyul-jum'adan boshlanadi. Hijriy qamariy hisobda bir yil 354 kun bo‘ladi. Toq oylar (muharram, rabi'ul avval, jumodiyul avval, rajab, ramazon, zulqa'da) - 30 kundan, juft oylar (safar, rabi'uloxir, jumodiyuloxir, sha'bon, shavvol, zulhijja) - 29 kundan hisoblanadi. Hijriy - qamariy taqvimda kabisa yili muayyan tartibda kelmaydi. Ba'zan uch yildan keyin, ba'zan ikki yildan keyin keladi. Umuman, hijriy hisobda har 30 yilning 11 tasi kabisa yili bo‘lib keladi. Chunonchi 1391-1420 yillarning 1393, 1396, 1398, 1401, 1404, 1406, 1409, 1412, 1415, 1417, 1420 yili kabisa hisoblanadi. Ana shu yillarda 1 kun orttiriladi oxirgi oy zulhijja 29 kun emas, 30 kun qilib olinadi.
Hijriy yil milodiy yilga nisbatan qisqaroq (354 yoki 355 kun) bo‘lgani uchun yil boshi - 1-muharram har yili ma'lum vaqtda kelmaydi. Kelgusi yil oldingi yilga nisbatan 10, 11 yoki 12 kun (yilning oddiy yoki kabisa bo‘lishiga qarab) ertaroq keladi. Bu davra 33 yil davom etib, hijriy yil boshi - 1-muharram 33 yil oldin boshlangan kunga yoki shu kun yaqiniga aylanib keladi. Hijriy yil bilan milodiy yil orasida 10, 11 yoki 12 kun yig‘ilib borib, 33 yili hijriy - qamariy hisobda 34 yilga barobar bo‘ladi. Milodiy hisobda 100 yil hijriy hisobda 103 yil hisoblanadi.
Islom dini tarqalgan dunyoning barcha mamlakatlarida hijriy qamariy yil hisobi diniy taqvim sifatida qabul qilingan. Ro‘za, hayit, haj kabi islomiy ibodatlar, ayrim oylarda o‘tkaziladigan marosimlar shu taqvim asosida olib boriladi.
Hijriy - qamariy yil hisobi VIII asrdan boshlab islom dini, arab tili va arab yozuvi bilan birga Turkistonga kirib keldi. XX asr birinchi choragiga qadar Turkiston xalqlari davlatning barcha siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarida va kundalik amaliy ishlarda hijriy - qamariy yil hisobidan foydalandilar.
Ilmiy - ijodiy, kitobat ishlarida, har qanday yozma manbalarning yaratilgan vaqtini qayd etishda hijriy-qamariy yil hisobi qo‘llandi. Yil hisobi har qanday yozma manbalar, ilmiy va adabiy asarlar, maktublar rasmiy hujjatlar tarkibida kelganda odatda so‘z bilan yozilgan. Kotiblar yil hisobini ikki xil qayd etganlar. Agar kotib o‘zi ko‘chirgan asar oxiriga xotima bersa kitobat tarixini so‘z bilan yozgan. Agar kotib kitobat tarixining o‘zinigina qayd etish bilan cheklansa sana (yil) ni raqam bilan ko‘rsatgan.
Hozirgi ilmiy adabiyotlarda tarixiy sanalar, voqealar xronologiyasi xijriy va milodiy hisoblarda yonma - yon yoki faqat milodiy hisobda beriladi. Masalan: Alisher Navoiyning tavallud va vafot sanalari xijriy 844 yil 17 ramazon - 906 yil 12 jumodiyussoniy - milodiy 1441 yil 9 fevral - 1501 yil 3 yanvar shaklida ko‘rsatiladi.
Olimlar xijriy yilni milodiy yilga aylantirish bo‘yicha bir necha formulalar taqdim etganlar. Biroq bu formulalar oy va kunni aniq ko‘rsatib berolmaydi. Shuning uchun ilmda mumkin qadar aniqlikka intilish maqsadida hijriy 1-yilning 1-muxarramidan 1421 yilgacha milodiy 622 yilning 16 iyulidan 2000 yilgacha kunma-kun mutanosiblik (sinxron) jadvallari tuzilgan (V.V. S?bulskiy. Sovremenn?e kalendari stran Blijnego i Srednego Vostoka. Sinxronisticheskie tablits? i poyasneneniya. Moskva izd-vo "Nauka", 1964. str 11-114). Bunday jadvallardan foydalanish ilmiy tadqiqotda qulaylik va ishonchlilik tug‘diradi. O'zbekiston musulmonlari idorasi 1944 yildan boshlab xar bir yil uchun alohida xijriy va milodiy hisobning kunma-kun mutanosiblik jadvalini nashr etib keladi. Bu jadval hamkeng xalq ommasi XX asr ikkinchi yarmida jaxonda yuz bergan muxim voqealarni xijriy hisob bilan qaysi yil; qaysi oy va qaysi kunda sodir bo‘lganligini bilishda ma'lum axamiyatga ega.
Milodiy yil hisobi - xozirgi vaqtda dunyoning ko‘p davlatlari tomonidan amalda qabul qilingan rasmiy yil hisobi, taqvim. Bu taqvim Sharq va g‘arb manba'larida bir necha nomlar bilan ataladi. Sharqda Isaviy yil (payg‘ambar Iso alayxissalomning nomidan) milodiy yil hisobi (milodiy so‘zi tavallud - "tug‘ilish" so‘zidan olingan. Bu so‘z xam Iso payg‘ambarning "tug‘ilishi" bilan bog‘liq) deb yuritiladi. Ko‘proq, milod, milod boshi, milodiy tarix, milodiy yil hisobi, milodiy taqvim, miloddan avvalgi, miloddan keyingi atamalari ishlatiladi. Mazkur taqvim g‘arbda Ovrupo taqvimi (dastavval Ovrupo davlatlari qabul kilgani uchun ), xristian taqvimi (ko‘proq xristianlar foydalangani uchun), Yuliy taqvimi (Rim imperatori Yuliy Sezar tashabbusi bilan qadimgi misrliklardan olingani uchun), Grigoriy taqvimi (Rim papasi Grigoriy XIII tomonidan 1582 yil 15 oktyabrda isloh etilgani uchun) nomlari bilan ataladi. Bu nomlar orasida xqzirgi vaqtda Grigoriy taqvimi, Grigoriy yil hisobi iboralari mashhur bo‘lib ketgan. Ba'zi ilmiy adabiyotlarda yuliy va grigoriy so‘zlari birikib yuliy-grigoriy taqvimi deb xam aytiladi. Milodiy taqvimga payg‘ambar Iso alayxisslomning "tug‘ilishi" tarix boshi qilib olingan va bu tushuncha juda mashxur bo‘lib ketgan bo‘lsa-da, aslida bu taqvimga asos bo‘lgan yil hisobi tizimi miloddan ancha avval qadimgi misrliklar tomonidan ko‘llanib kelar edi.
Ovruponing eng qadimgi madaniy markazlaridan bo‘lgan Rimda miloddan oldin xam yil hisobi mavjud edi. Bu taqvim Rim tarixi (Rim erasi) deb atalib, Rim shaxriga asos solingan kundan hisoblab kelinardi. Rim taqvimi ancha chalkash bo‘lib, bir yil 10 oydan iborat bo‘lardi, dehqonchilik ishlari bilan mashg‘ul bo‘linmaydigan qish vaqti - 2 oy yilga kiritilmas edi. Yil hisobini shu tartibda olib borish tarixiy voqealarning ketma-ketligini, izchilligini hisoblashda ko‘p kiyinchiliklar tug‘diradi. Shularni nazarda tutib Rim imperatori Yuliy Seear miloddan avvalgi 46 - yilda rim taqvimi o‘rniga bir muncha mukkamal yangi taqvim - qadimgi misrliklar yil hisobini qabul qiladi. Bu tadbir Rim imperatori Yuliy Sezar tashabbusi bilan amalga oshadi. Shuning uchun mazkur taqvim tarixiy manbalarda yuliy taqvimi degan nom bilan ham ataladi. Taqvimni rimliklar "milliylashtirib" undagi atamalarni, xususan oy nomlarini lotin tilida atay boshlaydilar. Mazkur taqvim o‘rta asr sharq manbalarida rumiy taqvimi, rumiy yil hisobi, rumiy oylari deb yuritiladi.
Abu Rayxrn Beruniy xam o‘zining mashxur "Al-osor ul-boqiya an ul qurun-ul-holiya" (qisqacha "Xronologiya" ) asarida milodiy yil hisobiga bir necha marta to‘xtab o‘tadi. U mazkur taqvimni, rumiy taqvimi, rumiy yil hisobi deb ataydi, bu taqvimga birinchi marta kabisa yilini kiritgan Yuliy Sezar bo‘ladi, deb yozadi. Beruniy milodiy yil hisobini qadimgi xalqlarning qator yil hisoblari bilan qiyoslaydi, solishtiradi. Olim milodiy oylarning lotincha nomlarini yunoncha talaffuz bilan keltiradi. 1. Yanvariyus. 2. Febririyus. 3. Martiyus. 4. Afiliyus. 5. Moyus. 6. Yuniyus. 7. Yuliyus. 8. Afg‘ustus. 9. Sentembriyus. 10. Tembriyus. 11. Novombriyus. 12. Dombriyus.
Yuliy Sezar tomonidan joriy etilgan taqvim Ovruponing ko‘p mamlakatlarida birin-ketin qabul qilindi. U XVI asr oxirlarigacha qo‘llandi. Yuliy taqvimida xam mavjud bo‘lgan ayrim xatoliklar asrlar osha ortib boradi. Natijada 1580 yilga kelib yuliy taqvimidagi 21 mart bilan bahorgi tengkunlik orasidagi farq 10 kunni tashkil qiladi. Taqvimdagi bunday katta farq nasroniy bayramlarining kunini belgilashda chalkashliklar tug‘dirar edi. Shu boisdan yuliy taqvimini isloh etishga ehtiyoj sezildi. O'sha vaqtda Rim papasi bo‘lgan Grigoriy XIII riyoziyot va falakiyot olimlari ishtirokida taqvim isloxoti hay'ati tuziladi. Hay'at yuliy taqvimining kamchiliklarini o‘rganib chiqib yangi taqvim loyihasini taqdim etadi va amalda joriy qilinadi. Bu islohotga muvofiq 1582 yil 4 oktyabr-payshanbadan keyingi kun 1582 yil 15 oktyabr-juma deb e'lon qilinadi. Yuliy taqvimidagi kabisa yili qoidasi asosan saqlanadi.
Shundan keyin bu taqvim yuliy taqvimi deb emas, grigoriy taqvimi deb atala boshlandi. Hozirgi vaqtda g‘arb ilmiy adabiyotlarida, yil hisoblari bo‘yicha tuzilgan mutanosiblik (sinxron) jadvallarida mazkur atama ishlatiladi. Ammo ayrim hollarda olimlar yuliy-grigoriy taqvimi deb ham qo‘llaydilar.
Grigoriy taqvimi 1582 yil 15 oktyabrdan e'tiboran Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Polshada rasmiy davlat taqvimi sifatida qabul qilindi. Ovrupodagi boshqa davlatlar XVI-XVIII asrlarda Grigoriy taqvimiga o‘tishdi. Grigoriy taqvimi Rossiyada (shu jumladan Turkiston o‘lkasida xam) 1918 yilda joriy etildi. Xalq Komissarlar kengashining qarori bilan 1918 yil 31 yanvar yuliy taqvimining oxirgi kuni - 1918 yil 14 fevral grigoriy taqvimining birinchi kuni deb qabul qilindi (Grigoriy taqvimi qabul qilingandan buyon yig‘ilib qolgan 3 kun ham bir yo‘la qo‘shilib 13 kun oldinga suriladi).
Milodiy yil hisobi o‘rta asrlardayoq sharq olimlariga ma'lum bo‘lsada, undan amalda foydalanish Turkistonga Rossiya istilosi bilan birga XIX asr ikkinchi yarmida kirib keldi. Mahalliy tillarda tuzilgan ayrim xujjatlarda xijriy va milodiy yil hisoblari barobar qayd etiladi. Milodiy tarix sanalaridan xabardor bo‘lgan kotiblar o‘zlari ko‘chirgan qo‘lyozmalarning oxirida hijriy va milodiy sanalarni yonma-yon yozib qo‘yadigan bo‘ldilar. Chunonchi milodiy 1880 - hijriy 1298, milodiy 1885 - hijriy 1303, milodiy 1900 - hijriy 1318, milodiy 1917 - hijriy 1336, milodiy 1922 - hijriy 1341 kabi. Har ikki yil hisobidan yonma-yon foydalanish XX asr birinchi choragi oxirlariga qadar davom etdi. So‘ngra xijriy yil hisobi tushirib qoldirilib faqat milodiy hisob rasmiy va amaliy taqvimga aylandi.
Milodiy yil hisobi aslida Sharqdagi eng qadimgi quyosh yili taqvimlaridan biri hisoblanadi. Yer quyosh atrofida 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniyada bir marta aylanib chiqadi. Bu muddat bir tropik yil deb aytiladi. Bir yilni ana shu muddat bilan hisoblash qadimgi misrliklar taqvimiga asos qilib olingan edi. Demak, milodiy hisobda bir yil 365 kun 6 soatdan iborat (5 soat 48 daqiqa 46 soniya yaxlitlanib 6 soat qilib olinadi). Har uch yil 365 kun 6 soatdan iborat (5 soat 48 daqiqa 46 soniya yaxlitlanib 6 soat qilib olinadi). Har uch yil 365 kundan - oddiy yilni to‘rtinchi yil esa oddiy yillardan ortib qolgan soatlar - 1 qun qo‘shilib 366 kun - kabisa yilini tashkil qiladi. Bu yil hisobi qadimgi dunyo tarixida nisbatan aniq taqvim bo‘lganligi uchun uni yuqorida aytilganidek Yuliy Sezar birinchi bo‘lib Misrdan Rimga - Ovrupoga olib o‘tgan edi.
Milodiy yil hisobidagi oylarning tartibi, nomlanishi va nomlanishining sabablari hamda kunlar miqdori quydagicha:
1. Yanvar - 31 kun. Qadimgi rimliklar xudosi Yanus nomidan olingan.
2. Fevral - 28 kun (kabisa yilida 29 kun). Qadimgi rimliklarning har yili 15 fevralda o‘tkazilgan fevruarius - halollanish marosimi nomidan olingan.
3. Mart - 31 kun. Qadimgi rimliklarning urush xudosi Mars nomidan olingan.
4. Aprel - 30 kun. Lotincha aprilis "quyosh bilan istiladigan" degan ma'noni beruvchi so‘zdan olingan.
5. May - 31 kun. Qadimgi rimliklarning Yer xudosi May nomidan olingan.
6. Iyun - 30 kun. Qadimgi rimliklar xudosi Yunona nomidan olingan.
7. Iyul - 31 kun. Qadimgi rim imperatori Yuliy Sezar nomidan olingan.
8. Avgust - 31 kun. Qadimgi rim imperatori Avgust (Yuliy Sezarning nabira jiyani) nomidan olingan.
9. Sentyabr - 30 kun. Lotin tilida yettinchi degan ma'noni beradi. Qadimgi Rimda yil boshi - birinchi oy martdan hisoblangan, Sentyabr esa yilning yettinchi oyi bo‘lib kelgan.
10. Oktyabr- 31 kun. Lotin tilida sakkizinchi degan ma'noni beradi. Qadimgi Rim taqvimida yilning 8-oyi.
11. Noyabr - 30 kun. Lotin tilida to‘qqizinchi degan ma'noni beradi. Qadimgi Rim taqvimida yilning 9-oyi.
12. Dekabr - 31 kun. Lotin tilida o‘ninchi degan ma'noni beradi. Qadimgi Rim taqvimida yilning 10-oyi.
Milodiy yil hisobida yilning boshlanishi turli davrlarda xar xil bo‘lgan. Chunonchi, qadimgi Rimda 1-mart Rossiyada (1700-yilgacha) 1-sentyabr yil boshi bo‘lgan. Hozirgi vaqtda dunyoning hamma yerida milodiy yil hisobida yil boshi 1-yanvardan boshlanadi.
Ilgarilari tarixchilar o‘z xalqlarining tarixini yoritganda asosan shu xalqning o‘tmishi bilan cheklanar, boshqa xalqlar tarixiga - umumiy tarixga kamroq murojaat qilar edilar. Mazkur tarixchilar voqealar solnomasini yoritishda o‘zlarining azaldan qo‘llab kelgan (agar bo‘lsa) an'anaviy taqvimlari - yil hisobini qo‘llar edilar. Insoniyat tarixining keyingi davrlarida xususan XIX asrdan boshlab axvol butunlay o‘zgardi. Dunyodagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy voqealar ayrim xalqlarni qiziqtirib qolmay, balki jamiki xalqlarning diqqat - e'tiborini torta boshladi. Endi dunyodagi barcha madaniy xalqlar o‘z tarixlarini umum dunyo tarixi bilan bog‘lab o‘rgana boshladilar. Shuning uchun jahon xalqlari o‘rta asrlardan boshlab dunyo tarixi uchun yagona taqvim bo‘lib xizmat qilib kelayotgan milodiy yil hisobini ma'qul ko‘rdilar va shuni tanladilar. XX asr boshlarigacha jahondagi yirik mamlakatlar milodiy taqvimga o‘tib bo‘lgan edi. XX asr davomida ayrim sharq mamlakatlari o‘zlarining an'anaviy taqvimlarini ham saqlagan xolda milodiy yil hisobini qabul qildilar. Hozirgi vaqtda jahon xalqlari o‘zaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarning hamma turlarini milodiy yil hisobi asosida olib boradilar. Milodiy yil hisobi Birlashgan millatlar tashkiloti amal qiladigan yagona jahon taqvimi hisoblanadi.
M. Hakimovning “Turkiston xalqlari qo’llagan taqvimlar” (Toshkent, 1999) kitobidan
olindi.
Oy taqvimi. Yerning tabiiy yo‘ldoshi Oyning bir oylik aniq harakati - 29 kun 12 soat 44 daqiqa 2 soniya muddatga asoslanadi. Oyning g‘arbda o‘roq shaklida ko‘rinishi oy boshi hisoblanadi. Oyning yana shu xolatga qaytib kelishigacha o‘tgan muddat bir oyni tashkil qiladi. 29,5 kunning 12 soati xar ikki oyda bir kun qilib qo‘shib boriladi. Shuning uchun oy taqvimida toq oylar 30 kun, juft oylar 29 kundan qilib belgilangan. 12 soatning qo‘shimchalari (44 daqiqa 2 soniya) to‘rt yilda yig‘ilib bir kun bo‘ladi va u kabisa yilining o‘n ikkinchi oyi oxiriga 29 kunni 30 kun qilib qo‘shib qo‘yiladi. Oy taqvimida oddiy yil 354 kun, kabisa yili 355 kun bo‘ladi. Oy taqvimi musulmon olamining xijriy yil hisobiga asos qilib olingan.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin