Tarixdan hikoyalar umumiy o‘rta ta ’lim maktablarining


Q. Rajabov va bosh. JTM S. - Т.: «Sharq» NMAK. 2012. 75-bet. 9 — Tarixdan hikoyalar, 5 129


səhifə100/140
tarix07.01.2024
ölçüsü
#202531
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   140
5-Sinf Tarixdan hikoyalar darsligi [uzsmart.uz]

Q. Rajabov
va bosh. JTM S. - Т.: «Sharq» NMAK. 2012. 75-bet.
9 — Tarixdan hikoyalar, 5
129


Ismoil Somoniy maqbarasi. 
Minorayi Kalon.
M inoraning poydevori yer sathidan 9 m etr chuqurlikda bunyod 
etilgan.
U tosh va maxsus qorishm adan ko‘tarilgan. Balandligi 50 metr 
bo ‘lgan m inora pishgan g‘ishtdan terilgan bo ‘lib, yuqori qismiga 
atrofni kuzatish maqsadida 16 ta dare ha ochilgan. M inora tepasiga 
uning ichiga qurilgan 104 ta aylanma zina orqali chiqilgan. Minorayi 
Kalon ham on savlat to ‘kib, qad ko‘tarib turibdi.
Registon majmuasi. 
Registon deyilganda Sharq mamlakatlarida, 
shu jum ladan, 0 ‘zbekistonda ham shaharning markaziy maydoni 
tushunilgan. Tarixda bunday maydonlarda turli tadbirlar — bayram- 
lar, sayllar, tomoshalar o‘tkazilgan. Maydon o‘yilib ketmasligi uchun 
uning ustiga mayda tosh yotqizilgan.
Keyinchalik Registon maydonida Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori 
madrasalaridan iborat m e’moriy majmua bunyod etildi.
Ulug‘bek madrasasi
XV asrda qurildi. U ikki qavatli bo‘lib, atrofi 
hujra va darsxonalar bilan o‘ralgan. Madrasalarning qolgan ikkitasi — 
Sherdor va Tillakori madrasalarini XVII asrda Samarqand hokimi 
Yalangto‘sh Bahodir qurdirgan. Sherdor madrasasi Ulug‘bek mad-


Registon m e’moriy majmuasi.
rasasining ro‘parasida joylashgan. Madrasa to ‘rt burchakli va ikki 
qavatli qilib qurilgan. Peshtoqqa qizg‘ish zarhal tusli sher oq ohuni 
quvib borayotgani tasvirlangan. Quyosh esa bodom qovoq, qiyiq 
k o ‘zli qilib tasvirlangan. Peshtoqning ikki tom onida gum bazli 
darsxona va masjid joylashgan.
Tillakori (tilla bilan ishlangan) madrasasi dastlab Yalangto‘shbiy 
kichik madrasasi deb nomlandi. Madrasa binosidan o‘rin olgan 
masjidning bezagiga ko‘p miqdorda oltin sarflangani uchun madrasa 
Tillakori nomini oldi.
Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan Tillakori 
madrasasida ham katta ta ’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bugungi kunda Registon maydonida mashhur «Sharq taronalari» 
xalqaro musiqiy festivallari o ‘tkazilib kelinmoqda. Bu xalqaro 
festivalning ahamiyati haqida 0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 
bunday degan edi: «Sharq taronalari» musiqa festivali xalqlarimiz 
madaniyatlarini o‘zaro boyitadi..., xalqlarimizni ... bir-biriga yaqin- 
lashtiradi».
Oqsaroy. 
Oqsaroy obidasi hozirgi Qashqadaryo viloyatining 
Shahrisabz shahrida joylashgan. Uni buyuk bobomiz Amir Temur o‘z


onasining sharafiga qurdirgan. Obida naqshlariga berilgan ranglar oy 
yorug‘ida jilolanib, oqarib turganligi uchun Oqsaroy deb atalgan. U 
o‘z davrining eng go‘zal va salobatli m e’moriy inshooti edi. Bu obida 
tepasiga aylanma zinalar orqali chiqilgan. Oqsaroy devonxonasi 
peshtoqiga Quyosh, Arslon va Amir Temur davlatining uch halqa 
shaklidagi tasviri tushirilgan. Ayniqsa, Oqsaroy tom i tepasiga barpo 
etilgan hovuz saroyning eng noyob jihati edi. Bu hovuzga suv 
dovondan qo‘rg‘oshin quvurlar orqali olib kelingan. Hovuzdagi 
ortiqcha suv sharshara hosil qilish yo‘li bilan pastga oqizilgan. Hozirda 
Oqsaroy m e’moriy majmuasi restavratsiya qilinib (qayta tiklanib) 
markaziy maydonda Amir Temur haykali o‘rnatildi.
Oqsaroyning go‘zalligi va salobati hatto chet elliklarni ham hayrat- 
ga solgan.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin