IX bob. INSONIYAT TARIXIDAGI
JAHON
40-§. BIRINCHI JAHON URUSHI
Urushning sabablari.
Urushlarning hammasi dahshatli. Ammo
ularning ichida eng dahshatlisi jahon urushlari bo‘ldi.
Chunki
bu urushlarda dunyoning ko‘plab davlatlari ishtirok etishdi. Bino-
barin, qirg‘in va vayronagarchilik, xalqlar boshiga
tushadigan azob-
uqubatlar ham shunchalik ko‘p b o ‘lgan. Insoniyat bugungi kunga-
cha ikkita jahon urushini boshidan kechirdi. Ularning birinchisi 1914-
yilda boshlanib, 1918-yilda tugadi.
X o‘sh, bu urushning sabablari nim alardan iborat edi?
Qudratli
davlatlar 1914-yilgacha dunyoning kuchsiz davlatlari hududlarini bo
sib olib, ularni o‘z mustamlakalariga aylantirib bo‘ldi. Buyuk Britaniya
(Angliya), Fransiya va Rossiya imperiyasi
dunyoning eng yirik
mustamlakachi davlatlariga aylanishdi.
Yodda tuting!
Boshqa davlatlar hududlarini z o ‘rlik y o ‘li bilan bosib olgan davlatlar
m ustam lakachi davlatlar deyiladi.
Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiyaning
mustamlakalari esa
kamroq edi. Germaniya buni bahona qilib dunyoni qayta bo ‘lishni
talab eta boshladi.
Avstriya-Vengriya da’vo qilayotgan hududlar, asosan, Rossiya ta’siri
ostida, Italiya da’vo qilayotgan hududlar esa Fransiya ixtiyorida edi.
Shuning uchun ham ular Germaniyani qo‘llab-quwatladilar. Buyuk
Britaniya, Fransiya va Rossiya Germaniyaning talablarini
rad etish-
di. Natijada Yevropaning qudratli davlatlari o ‘rtasidagi ziddiyatlar
yanada kuchaydi. O xir-oqibatda ular bir-biriga dushm an b o ‘lgan
ikkita ittifoqqa birlashdilar. Germaniya, Avstriya-Vengriya va Ita-
liyani birlashtirgan birinchi ittifoq «U chlar ittifoqi», Buyuk B ri
taniya, Fransiya va Rossiyani birlashtirgan ittifoq esa «Antanta»
deb ataldi.
Yodda tuting!
«Uchlar ittifoqi» va «Antanta» o ‘rtasida dunyoni qaytadan b o ‘lib
olishga
urinish — B irinchi ja h o n urushining asosiy sababi b o ‘ldi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: