Tarixdan hikoyalar umumiy o‘rta ta ’lim maktablarining


səhifə60/140
tarix07.01.2024
ölçüsü
#202531
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   140
5-Sinf Tarixdan hikoyalar darsligi [uzsmart.uz]

79


VIII 
asrda arablar yurtimizni egallagach, arab alifbosi joriy etildi. 
Masjidlar qoshida maktablar ochildi. Maktablarda o ‘qish arab yozuvi 
asosida olib borildi. 0 ‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida-alohida 
boshlang‘ich ta’lim maktablari ochildi. Ular 
maktabxona
deb atalgan. 
0 ‘g‘il bolalar maktablarining ko‘pchiligi masjidlar qoshida, qiz bola­
lar maktablari esa muallima ayollarning uylarida ochilgan. 0 ‘g‘il 
bolalarni o‘qitadigan erkak muallim domla, qiz bolalarni o‘qitadigan 
ayol muallima esa otinoyi, otinbibi, bibiotin, bibixalifa deb atalar edi. 
Bolalar maktabxonaga 5—6, b a ’zan 6—8 yoshidan qabul qilingan. 
0 ‘qish m uddati 5—8 yil davom etgan. M aktabxonalarda bolalar 
o ‘qish-yozishga o ‘rgatilgan va m adrasalarga o ‘qishga kirishga 
tayyorlangan.
Qorixona. 
0 ‘qish-yozish malakasini hosil qilgan, yod olish qobili- 
yati kuchli, ovozi nihoyatda ta ’sirli o ‘g‘il bolalar 10 yoshidan 
qorixonalarda qabul qilingan. Qorixona o‘quvchilari, asosan, Qur’oni 
karimni yod olganlar va uni qiroat bilan o‘qishni o‘rganganlar. Ular- 
ga qiroati kuchli bo‘lgan qorilar dars berishgan. Qiroatxonada o‘qish 
3—4 yil davom etgan. So‘ng bo‘lajak qorilar im tihon topshirganlar. 
Eng iqtidorli o ‘quvchiga «qorilar qorisi» unvoni berilgan. Shundan 
so‘ng ular xalq va din yo‘lida xizmat qilishgan. Xohlaganlari madrasada 
o‘qishni davom ettirgan.
Madrasalar, asosan, davlat boshqaruvi xizmatchilari hamda diniy 
ulamolami tayyorlagan. Yurtimizda dastlabki madrasa X asrda Buxoro 
shahrida ochildi. Madrasalarda o‘qish talabalarning iqtidoriga qarab 
7—12 yil davom etgan.
Madrasa o ‘qituvchilari 
mudarrislar
deb atalgan. Madrasalarda 
talabalarga diniy bilimlardan tashqari astronomiya, matematika
tibbiyot, kimyo, geografiya, tarix, adabiyot, xattotlik, musiqa, axloq 
va notiqlik san’ati, tijorat kabi fanlardan saboq berilgan.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin