abadiylikka m uhrlanganlar ro ‘yxati buyuk
bobomiz
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy
nomi bilan boshlanadi.
Al-Xorazmiy 783-yilda Xorazmning Xiva
shahrida tug‘ildi. Dastlab Xiva shahrida ilm
olib yetuk olim bo‘lib yetishdi. So‘ng 0 ‘rta
Osiyoning o‘sha davrdagi yirik ilm-fan markazi
bo‘lgan Marv shahrida (hozirgi Turkmanis-
tondagi shahar) ijod qildi. Keyinroq Bag‘dod
shahridagi (hozirgi Iroq davlati poytaxti) ilm-
fan markazi — «Bayt ul-hikmat»da faoliyatini
davom ettirdi. Uning eng yirik ishlaridan biri
hindlar kashf etgan «0» dan «9» gacha boMgan
o‘nta raqam bilan har qanday sonni yozish
mumkinligini, uning
murakkab rim ra-
qamlaridan afzalliklarini isbotlab berdi. To‘rt
amal — qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va
bo‘lish qoidalarini yaratdi.
Al-Xorazmiy Siz 7-sinfdan boshlab o‘rga-
nadigan algebra fanining asoschisi ham dir.
Uning bu fanga bag‘ishlab yozgan asari «Al-jabr val muqobala» deb
ataladi.
Al-Xorazmiyning bu asari XII asrdan boshlab Yevropada tarqala
boshladi. Yevropaning b a’zi xalqlari «al-jabr» o‘rniga «algebra» ata-
masini ishlatganlar. Allomaning o ‘z nom i esa matem atika fanida
ko‘p ishlatiladigan (bu haqda yuqori sinflarda bilib olasiz) «algoritm»
atam asida yashab kelmoqda. Dunyoda o ‘z nom i yoki asarining
nomi fan nomiga aylanib ketgan allomalar juda kam. Siz bu hodisa
bilan har qancha g‘ururlansangiz, faxrlansangiz arziydi. Al-Xorazmiy
850-yilda Bag‘dod shahrida vafot etdi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: