Buni diqqat bilan o ‘qing!
Olamda turkiy va forsiy tilda so‘zlovchi biron-bir inson yo‘qki, u
Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan
qaramasa.1
0 ‘zingizni sinang
♦ 1441-yil —
.
♦ «Navoiy» — ... .
s t
♦ «Foniy» — ...
.
Kamoliddin Behzod
(1455
—
1536).2 0 ‘z davrining buyuk rassomi
Kamoliddin Behzod Alisher Navoiyning zamondoshi edi. U Alisher
Navoiyning muruwati bilan buyuk miniatyurachi rassom bo‘lib voya-
ga yetdi. Noyob qobiliyat egasi bo‘lgan Behzod Husayn Boyqaroning
davlat kutubxonasiga rahbar etib tayinlandi. Bu kutubxona o ‘z davri
ning badiiy akademiyasiga aylandi. Akademiyaga keyinchalik «Beh
zod akademiyasi» deb nom berildi.
Behzod Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning «Sa
lomon va Absol», Sa’diyning «Bo‘ston», Xotifiyning «Temurnoma»
asarlariga, shuningdek, Alisher Navoiyning kitoblariga betakror minia-
tyuralar chizdi. Sulton Husayn Boyqaroning majlislari tasvirlangan
miniatyuralar yaratdi. Sulton Husayn, Alisher Navoiy, Shayboniyxon
va boshqa davlat arboblari ham da ulug‘ zotlarning suratlarini ham
chizib qoldirdi. Kamoliddin Behzodning asarlari go‘zallik shaydola-
rini ham on hayratga solib kelmoqda.
Mustaqillik yillarida Behzodning nomini abadiylashtirish borasi-
da katta ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, Toshkentdagi Milliy
rassomlik va dizayn institutiga Kamoliddin Behzod nomi berildi.
2000-yilda yurtimizda YUNESKO homiyligida Behzod tavalludi
ning 545-yilligi nishonlandi.3
*»
0 ‘zingizni sinang
^
♦ Behzod tasviriy san’atning, asosan, ... shug‘ullangan.
1
Islom Karimov.
«Yuksak m a’naviyat — yengilmas kuch». — Т.: « 0 ‘zbekiston»
N M IU . 2008. 47-bet.
2
Yüklə
Dostları ilə paylaş: