Atamalar mazmunini bilib oling
Miniatyura
— o‘ta nafis qilib ishlangan kichik hajmli tasviriy san’at
asari.
S ag‘ana
— qabr ustiga o ‘rnatilgan yodgorlik turi.
Xilxona
— bir sulolaga mansub marhumlarni dafn etadigan joy.
Hirot
— hozirgi Afg‘oniston davlati hududidagi shahar.
Savol va topshiriqlar
1. Am ir Temur m am lakat poytaxti Samarqandni obodonlashtirish borasida
qanday bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan?
2. Am ir Temur qanday m e ’moriy obidalar bunyod ettirgan edi?
3. Alisher N avoiy о ‘zbek adabiyotida qanday о ‘rin tutadi ?
4.
Alisher Navoiyning shaxsi va yaratgan asarlari haqida so ‘zlab bering.
5. Kam oliddin Behzod ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2 1 - % .
YEVROPADA ILM-FAN KASHFIYOTLARI
Nikolay Kopernik.
XVI
asrdan boshlab
Yevropada ham ilm-fan taraqqiy eta boshladi.
Ayniqsa, tabiiy fanlari sohasida buyuk kash
fiyotlar amalga oshirildi. Bu kashfiyotlar polshalik
Nikolay Kopernik va Italiya olimlari Jordano
Bruno
va Galileo Galileylar nomi bilan bog‘liqdir. Polshalik
astronom olim Nikolay Kopernik o‘zigacha astrono-
miya fanida hukm surib
kelgan qoida va tasawurlar-
ning noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berdi. Kopernikka-
Nikolay Kopernik.
cha astronomiyada qanday qoida hukmron bo‘lgan?
Milodning ikkinchi asrida yunon olimi
Ptolemey Yer olam mar-
kazidir, degan qoidani fanga kiritgan. Bu qoidaga ko‘ra Quyosh, Oy
va yulduzlar Yer atrofida aylanadi. Yerning o‘zi harakatsizdir. P to
lemey qoidasining xato ekanligini birinchi bo‘lib Nikolay Kopernik
isbotladi. U 30 yillik kuzatishlari natijasida
Ptolemey qoidasini rad
etdi. Kopernik Yer bir sutkada o ‘z o‘qi atrofida bir marta,
bir yilda
esa Quyosh atrofida bir m arta aylanib chiqishini isbotlab berdi.
Demak, Quyosh Yer atrofida emas, Yer Quyosh atrofida aylanadi.
Olamning
markazi Yer emas, Quyoshdir. Bu haqiqat fandagi buyuk
kashfiyot edi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: