Buni o ‘qing! «XI asr Beruniy asridir», — deb yozgan edi
AQSHning fanlar
tarixi bilan shug‘ullanuvchi olimi Jorj Sarton.
Abu Ali ibn Sino. 0 ‘z zamonasida Shayx
ur-rais, ya’ni «olimlar raisi», deb ulug‘langan
buyuk alloma Abu Ali ibn Sino 980-yilda Bu-
xoro shahri yaqinidagi Afshona qishlog‘ida
tug‘ildi. Ibn Sino o‘z davrining barcha bilim-
larini puxta egalladi. Ibn Sino dunyoga, awalo,
buyuk tibbiyot allomasi bo‘lib tanildi. Uning
tibbiyotga oid mashhur asari «Tib qonunlari»
deb ataladi. Asar XII asrda Yevropada lotin
tilida chop etildi va Ibn Sino Yevropada «Avit-
senna» nomi bilan mashhur bo‘ldi.
«Tib qonunlari» XVII asrgacha Yevropa
mamlakatlari universitetlarida darslik sifatida xizmat qildi. Ibn Sinoning
nomi yer yuzida ham on mashhurligicha qolmoqda.
2000-yilda Yevropaning Belgiya davlatida uning xotirasiga haykal
o ‘rnatilganligi buning yana bir dalilidir.
0 ‘zingizni sinang ^
♦ Beruniydan tarixga oid ... asarlari qolgan.
♦ Ibn Sino ... nomlari bilan ulug‘langan.
Savol va topshiriqlar 1. IX —X I I asrlar yurtim iz ilm -fani taraqqiyotida qanday o ‘rin tutadi? * 2. Al-Xorazmiyning m atem atika fa n i taraqqiyotida tutgan о ‘rni nimalar bilan belgilanadi? 3. Ahm ad al-F a rg ‘oniyning jahon ilm-fan taraqqiyotiga q o ‘shgan hissasi haqida nimalarni bilib oldingiz? 85
4. Am erika olimi J. Sarton «XI asr Beruniy asridir», deb yozganida nimalarga asoslanganligi haqida mulohaza yuritib к о ‘ring. 5. Ibn Sinoning jahon tibbiyot ilmi taraqqiyotiga qo ‘shgan hissasi haqida so ‘zlab bering.