Yangi hukumat mahalliy ziyolilarni ayovsiz qatag‘on qildi. Chunki,
ular Vatanimiz ozodligining eng faol kurashchilari edilar.
Ular orasida Siz 30-mavzuda bilib olgan, mustaqilligimiz uchun
jonlarini fido qilgan M ahm udxo‘ja Behbudiy, M unavvarqori
Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriylar,
mashhur shoir Usmon Nosir kabi yuzlab bobolarimiz bor edi.
Sovet mustamlakachiligi yillarida F. Xo‘jayev, A. Ikromov kabi
ko‘plab davlat rahbarlari ham qatag‘on qurboni b o ‘ldilar. Rossiya
imperiyasi va sovet davlatiga qaramlik salkam 130 yil davom etdi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: