Bosqinning boshlanishi.
1864-yilda Rossiya imperatori Aleksandr II
0 ‘rta Osiyo xonliklariga qarshi harbiy
harakat boshlashga buyruq
berdi. Dastlab, Qo‘qon xonligiga qarashli bir qancha qal’a va shaharlar
bosib olindi.
1865-yilda general Mixail Chernyayev qo‘mondonligidagi qo‘shin
Toshkent shahriga hujum qildi. Qo‘qon xonligi qo‘shinlari amirlashkari
(bosh qo‘mondoni) Mulla Alimqul boshchiligida shahar mardonavor
himoya qilindi.
Biroq harbiy kuchlar teng emas edi.
Mulla Alimqul mardlarcha
halok bo‘ldi. M. Chernyayev shaharni suv ta ’minotidan uzib qo‘ydi.
Oxir-oqibat shahar bosib olindi. Bosib olgan hududlarda Turkiston
oblasti tashkil etildi. M. Chernyayev Turkiston oblasti
harbiy guber-
natori (hokimi) etib tayinlandi.
1867-yilda esa Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. 1868-
yilda Buxoro amirligi, 1873-yilda esa
Xiva xonligi Rossiyaga tobe
davlatlarga aylantirildi. Ulardan tortib olingan hududlar esa Turkiston
general-gubernatorligi tarkibiga qo‘shib olindi.
Qo‘qon xonligining tugatilishi.
Turkiston general-gubematori Kaufman
Qo‘qon xonligini butunlay tugatishga kirishdi. Buning uchun Qo‘qon
xonligida qulay imkoniyat vujudga keldi. Chunonchi, Xudoyorxon
vaqtini o‘yin-kulgi,
sayr-u sayohat, sayd-u shikorda o‘tkazib, ulamo
va fuzaloning maslahatlariga quloq solmadi.
Aksincha jabr-u sitam
yo‘liga kirib oldi. Oqibatda xalq Xudoyorxon zulmiga qarshi qo‘zg‘olon
ko‘tardi. Xon qo‘zg‘olonni bostirish uchun mingboshi Abdurahmon
oftobachi boshchiligida qo‘shin jo ‘natdi. Biroq Abdurahmon oftobachi
qo‘zg‘olonchilar tarafiga o ‘tib ketdi. Bu
esa Rossiya bosqinchilariga
qo‘l keldi.
Kaufman Farg‘ona vodiysi tom on katta qo‘shinni safarbar etdi.
Tengsiz janglarda Qo‘qon himoyachilari tor-m or etildi.
1876-yilda Rossiya imperatori Aleksandr II ning farmoniga binoan
Qo‘qon xonligi tugatildi. Uning o ‘rnida Farg‘ona
oblasti tuzilib,
Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: