Oqsaroyning bugungi holati.
bobomiz tavalludining 660 yilligi munosabati bilan «Amir Temur»
ordeni bilan mukofotlandi. Shaharda buyuk bobomizning
mahobatli
haykali o ‘rnatildi. 2002-yilda shaharning 2700 yilligi nishonlandi va
Shahrisabz «Jahon madaniyati merosi» ro‘yxatiga kiritildi.1
Qarshi shahri.
Shahar dastlab Naxshab,
keyinchalik Navtaka va
Nasaf nomlari bilan atalgan. XIV asrdan boshlab esa Qarshi deb atala
boshlangan. «Qarshi» so‘zi saroy, qasr m a’nolarini bildiradi.
Yodda tuting!
«Naxshab» — suv obod qilgan m anzil, «Navtaka»
esa yangi bino degan
m a ’nolarni anglatadi. A rablar N axshabni «Nasaf» deb talaffuz qilganlar.
Shahar milloddan avvalgi VII asrda bunyod etildi.
Qarshi shahri bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining markazi-
dir. 0 ‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qarshi shahrida ham katta
1
Q. R aja b o v
va bosh. JTM S. - Т.: «Sharq» NMAK. 2011. 394-bet.
bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 2006-yilda shaharning 2700 yilli
gi nishonlandi.1
Termiz shahri.
0 ‘zbekistonning yana bir qadimgi shahri Termizdir.
Bu nom qadimgi baqtriya tilida «narigi sohildagi manzil» degan ma’noni
bildiradi. Shahar 0 ‘rta Osiyoning yirik
hunarm andchilik va savdo
markazi bo‘lgan. 0 ‘tmishdagi Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan
bu shahar turli xalqlarni va ularning madaniyatini o‘zaro bog‘lab
turgan. Dunyoga mashhur allomalar, muhaddis Imom at-Termiziy va
sufiylik faylasufi Hakim at-Termiziylar ham shu zaminda tug‘ilshgan.
Shahar o ‘z tarixida bir necha bor bosqinchilar hujumiga
uchradi va
vayron qilindi. Termiz shahri bugungi kunda Surxondaryo viloya
tining markazidir. 2002-yilda shaharning 2500 yilligi xalqaro miqyosda
nishonlandi. 2014-yilda esa «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlandi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: