Ismoil Somoniy maqbarasi.
Minorayi Kalon.
M inoraning poydevori yer sathidan 9 m etr chuqurlikda bunyod
etilgan.
U tosh va maxsus qorishm adan ko‘tarilgan. Balandligi 50 metr
bo ‘lgan m inora pishgan g‘ishtdan terilgan bo ‘lib, yuqori qismiga
atrofni kuzatish maqsadida 16 ta dare ha ochilgan. M inora tepasiga
uning ichiga qurilgan 104 ta aylanma zina orqali chiqilgan. Minorayi
Kalon ham on savlat to ‘kib, qad ko‘tarib turibdi.
Registon majmuasi.
Registon deyilganda
Sharq mamlakatlarida,
shu jum ladan, 0 ‘zbekistonda ham shaharning markaziy maydoni
tushunilgan. Tarixda bunday maydonlarda turli tadbirlar — bayram-
lar, sayllar, tomoshalar o‘tkazilgan. Maydon o‘yilib ketmasligi uchun
uning ustiga mayda tosh yotqizilgan.
Keyinchalik Registon maydonida Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori
madrasalaridan iborat m e’moriy majmua bunyod etildi.
Ulug‘bek madrasasi
XV asrda qurildi. U ikki qavatli bo‘lib,
atrofi
hujra va darsxonalar bilan o‘ralgan. Madrasalarning qolgan ikkitasi —
Sherdor va Tillakori madrasalarini XVII asrda Samarqand hokimi
Yalangto‘sh Bahodir qurdirgan. Sherdor madrasasi Ulug‘bek mad-
Registon m e’moriy majmuasi.
rasasining ro‘parasida joylashgan. Madrasa to ‘rt burchakli va ikki
qavatli qilib qurilgan. Peshtoqqa qizg‘ish zarhal tusli sher oq ohuni
quvib borayotgani tasvirlangan.
Quyosh esa bodom qovoq, qiyiq
k o ‘zli qilib tasvirlangan. Peshtoqning ikki tom onida gum bazli
darsxona va masjid joylashgan.
Tillakori (tilla bilan ishlangan) madrasasi dastlab Yalangto‘shbiy
kichik madrasasi deb nomlandi. Madrasa binosidan o‘rin olgan
masjidning bezagiga ko‘p miqdorda oltin
sarflangani uchun madrasa
Tillakori nomini oldi.
Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan Tillakori
madrasasida ham katta ta ’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bugungi kunda Registon maydonida mashhur «Sharq taronalari»
xalqaro musiqiy festivallari o ‘tkazilib kelinmoqda. Bu xalqaro
festivalning ahamiyati haqida 0 ‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov
bunday degan edi: «Sharq taronalari» musiqa
festivali xalqlarimiz
madaniyatlarini o‘zaro boyitadi..., xalqlarimizni ... bir-biriga yaqin-
lashtiradi».
Oqsaroy.
Oqsaroy obidasi hozirgi Qashqadaryo viloyatining
Shahrisabz shahrida joylashgan. Uni buyuk bobomiz Amir Temur o‘z
onasining sharafiga qurdirgan. Obida naqshlariga berilgan ranglar oy
yorug‘ida jilolanib, oqarib turganligi uchun Oqsaroy deb atalgan. U
o‘z davrining eng go‘zal va salobatli m e’moriy inshooti edi. Bu obida
tepasiga aylanma zinalar orqali chiqilgan.
Oqsaroy devonxonasi
peshtoqiga Quyosh, Arslon va Amir Temur davlatining uch halqa
shaklidagi tasviri tushirilgan. Ayniqsa, Oqsaroy tom i tepasiga barpo
etilgan hovuz saroyning eng noyob jihati edi. Bu hovuzga suv
dovondan qo‘rg‘oshin quvurlar orqali olib kelingan. Hovuzdagi
ortiqcha suv sharshara hosil qilish yo‘li bilan pastga oqizilgan.
Hozirda
Oqsaroy m e’moriy majmuasi restavratsiya qilinib (qayta tiklanib)
markaziy maydonda Amir Temur haykali o‘rnatildi.
Oqsaroyning go‘zalligi va salobati hatto chet elliklarni ham hayrat-
ga solgan.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: