Tarixdan hikoyalar umumiy o‘rta ta ’lim maktablarining


səhifə74/140
tarix07.01.2024
ölçüsü
#202531
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140
5-Sinf Tarixdan hikoyalar darsligi [uzsmart.uz]

0 ‘zingizni sinang
♦ Nikolay Kopernikdan ........ asari meros bo ‘lib
qoldi.
Atama mazmunini bilib oling
Teleskop 
— osmon jismlarini kuzatish, suratga 
olish va o ‘rganish uchun m o‘ljallangan asbob.
Savol va topshiriqlar
1. Yevropa olim lari astronomiya ilmi rivojiga qanday
hissa qo ‘shdilar?
2. Nega ruhoniylar astronom olimlarni ta ’qib ostiga
olgan lar?
28-§. TURK3STON MA’RIFATPARVARLARI
M a’rifat va ma’rifatparvarlik haqida. 
M a’rifat — ta ’lim va 
tarbiya orqali kishilarning bilimi va ongini oshirish yo‘lida qili- 
nadigan harakatdir. 0 ‘z faoliyatlarini bu ishga bag‘ishlagan 
kishilar esa m a’rifatparvarlar deb ataladi. Yurtimizda m a’rifatparvar­
lik harakati XIX asr oxiri — XX asr boshlarida vujudga keldi va u 
jadidchilik harakati nomi bilan shuhrat qozondi. Jadidchilik hara- 
katining namoyandalari esa jadidlar deb atalishgan. Jadidlarni Rossiya 
mustamlakasiga aylanib qolgan yurtimizning taraqqiyotda orqada 
qolib ketganligi tashvishga solgan. U lar yurtimizni ozod va obod 
ko‘rishni xohlagan edilar.
Yodda tuting!
Jadid (arabcha — yangi) — yangilik tarafdori, yangilik uchun 
kurashuvchi.1
Jadidlar Turkistonning ilg‘or mamlakatlar qatoriga ko‘tarilishi, 
awalo, zamonaviy bilimlarni egallagan kishilarning qanchalik ko‘p 
boMishiga bog‘liq ekanligini yaxshi tushunganlar. Mavjud maktabxo- 
na va madrasalar bilan esa bu vazifani hal etib bo‘lmas edi. Shuning 
uchun ham ular o‘z oldilariga, birinchi navbatda, yurtimiz maktab- 
larida hukm surayotgan eski tartiblar va eski o ‘qitish usullarini yan- 
gilash maqsadini qo‘ydilar.
1 O T IL . - Т.: «УзМЭ». 2006. 2-jild. 64-bet.
Teleskop.
95


Eski maktablarda, asosan, diniy bilimlar o ‘qitilgan. Tabiiy fanlari 
esa (fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, zamonaviy tibbiyot kabi 
fanlar) deyarli o‘qitilmagan. Yosh avlodga bunday fanlarni o‘rgatmay 
turib yurt taraqqiyotiga erishib bo ‘lmas edi.
Jadidchilik harakatiga yurtimizning taraqqiyparvar ziyolilari rah- 
barlik qilishdi. Ular ishni dastlab yangi usul (usuli jadid) maktablari - 
ni ochishdan boshladilar. Yangi usul maktablarida diniy ta ’lim bilan 
bir qatorda tabiat fanlaridan ham saboq berildi. Jadidlar iqtidorli 
bolalarni chet ellarga o ‘qishga yuborishni ham tashkil etdilar.
Qoloqlikka ko‘nikib qolgan xalqning ongini o‘zgartirish uchun turli 
gazeta va jumallar nashr ettirdilar. Teatrlar tashkil etib, ularda kishilami 
o‘yga toldiruvchi asarlarni sahnalashtirdilar.
M ahm udxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, M unavvarqori 
Abdurashidxonov va boshqalar Turkiston jadidchilik harakatining yirik 
namoyandalari edilar.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin