33-§. SOHIBQIRON AMIR TEMUR
Amir Temur.
Amir Temur hayoti va faoliyati.
Amir Temur 1336-yil
9-aprelda hozirgi Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘
tumanidagi
Xoja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ildi.
Uning otasi Amir Tarag‘ay Bahodir o‘zbeklarning barlos urug‘i va
Kesh viloyatining nufuzli amirlaridan biri bo‘lgan.
Onasi Takina Mohbegim Buxoroning yetuk
ilm ahli xonadonlaridan birining qizi bo‘lgan.
Amir Temurning yoshligi Shahrisabzda o‘tdi.
Yetti yoshga to ‘lgach, otasi uni o‘qishga berdi.
Amir Temur yoshlik chog‘laridanoq ustozlar
n azo rati ostida chavandozlik,
ovchilik,
kam ondan nishonga o ‘q uzish va harbiy
o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘ldi. U o‘z davrining
ilmlarini puxta egalladi.
Otasining piri shayx
Shamsiddin Kuloldan saboq oldi. Teran fikrli,
yuksak fazilatli, ziyrak va dovyurak b o ‘lib
voyaga yetdi.
17 yoshida otasining butun mulkini o ‘zi
mustaqil boshqara boshladi. Amir Temur tug‘ilgan
davrda Vatanimiz
hududi Chingizxonning o ‘g‘illaridan biri C hig‘atoy nom i bilan
ataluvchi ulus (davlat) tarkibida edi.
XIV asrning o‘rtalarida Chig‘atoy ulusida hokimiyat uchun kurash
nihoyatda kuchaydi. Natijada ulus parchalanib ketdi.
Amir Temur ana
shunday og‘ir vaziyatda tarix sahnasiga chiqdi. U o‘zining ilk harbiy
faoliyatini qo‘l ostidagi askarlari bilan turli viloyatlar amirlariga xiz-
mat qilishdan boshladi. Ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib, jasorat
ko‘rsatdi. Bu esa
uning nomini Qashqadaryo
vohasida mashhur qilib yubordi. Kurashlarda
toblana borgan Amir Temur endi o ‘z oldiga
Vatanni m o‘g‘ullardan ozod etishdek muqad
das vazifani qo‘ydi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: