Q O ‘SH IM C H A M A’LUM OT
Buyuk bobomiz Amir Temurning «Temur tuzuklari» (qonunlari) asarida
yozib qoldirgan o ‘gitlaridan
♦ Millatning dardiga darmon bo ‘l.
♦ Kuch adolatdadir.
♦
Yaxshi odam yurt tuzar, yomon odam yurt buzar.
♦ Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy,
tadbirkor va hushyor
bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.
34—35-§. ROSSIYA IMPERIYASI VA SOVET
MUSTAMLAKACHILIGI
Rossiya imperiyasining maqsadi.
Vatanimizning beqiyos ta-
biiy boyliklari Rossiya podshosi
Pyotr I ning ham havasini
keltirdi. Shuning uchun u o‘z oldiga yurtimizning bu boyliklarini
qolga kiritish maqsadini qo‘ydi. 0 ‘z maqsadini amalga oshirishdan
avval, 0 ‘rta Osiyo (Xiva, Buxoro va Q o‘qon) xonliklaridagi ichki
vaziyatni o‘rganish va oltin zaxiralari bor bo‘lgan joylarni
aniqlashga
qaror qildi.
Shu m aqsadda 1717-yilda Xiva
xonligiga 10 m ingdan ortiq harbiylar
va turli mutaxassislardan iborat eks-
peditsiya yubordi.
Biroq ekspeditsiya
halokatga uchradi.
Pyotr I bundan xabar topsa-da, Xiva
xonligidan o ‘ch olish uchun qo‘shin
yubora olmadi. Chunki, Rossiya boshqa
urush bilan band edi.
Pyotr
I ning orzularini XIX asrda
uning keyingi avlodlari amalga oshirdi.
Yurtimizni bosib olishda 0 ‘rta Osiyo
xonliklarining iqtisodiy jihatdan qo-
loqligi, zamonaviy qurollantirilgan va
ta ’lim berilgan qo‘shinning yo‘qligi
hamda ular o ‘rtasida o ‘zaro
ziddiyat-
ning kuchliligi Rossiya imperiyasiga
qo‘l keldi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: