Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoqosti qilindi. Bu omillar
Turkiston aholisining mustamlakachilarga qarshi ozodlik qo‘zg‘oloni
ko‘tarishiga sabab bo‘ldi.
Ayniqsa, 1898-yilda Andijonda M uham m adali
Eshon boshchi-
ligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon keskin tus oldi. Q o‘zg‘olonning maq-
sadi Q o‘qon xonligini qayta tiklash edi. Biroq kuchlar teng
b o ‘lmaganligi va puxta tayyorgarlik ko ‘rilmaganligi uchun qo ‘z-
g‘olon m ag‘lubiyatga uchradi. B osqinchilar q o ‘zg‘olonni shaf-
qatsizlik bilan bostirdi.
M uhammadali va uning yaqin safdoshlari osib o‘ldirildi. Yuzlab
ishtirokchilar surgunga jo ‘natildi. Biroq bu
shafqatsizliklar xalqimiz-
ning irodasini buka olmadi.
Sovet mustamlakachiligining o‘rnatilishi.
1917-yilning fevral oyida
Rossiyada uch yuz yildan ortiq taxtda o‘tirgan Romanovlar sulolasi-
ning hokimiyati barham topdi. M amlakat boshidan og‘ir inqirozli
kunlarni kechira boshladi. Biroq
yangi hukum at bu inqirozni
bartaraf eta olmadi. Oqibatda hokimiyatni kommunistlar partiyasi
(xususiy m ulk b o ‘lmaydigan jam iyat uchun kurashuvchi) egallab
oldi.
Biroq kommunistlar partiyasi Rossiya imperiyasi davrida bosib
olingan o ‘lka xalqlariga mustaqillik bermadi.
Shu jumladan, bizning
yurtimiz ham Sovet Rossiyasi mustamlakasi bo‘lib qolaverdi.
Sovet imperiyasi (Sovet Rossiyasi) 1917-yilda dastlab Q o‘qon
shahrida tuzilgan milliy hukumatimizni ag‘darib tashladi. Shaharda
qirg‘in uyushtirdi. Bu xunrezlik butun Turkistonni larzaga keltirdi.
Bolsheviklar xalqlarning milliy qadriyati,
madaniyati va urf-odat-
larini mensimadi. Mustamlakachilik qaramligi yanada kuchaytiril-
di. Bu esa m illiy-ozodlik kurashi boshlanishiga sabab b o ‘ldi. Bu
kurashga M adam inbek va Sherm uham m adbek kabi qo ‘rboshi
(qo‘m ondon) bobolarim iz rahbarlik qildilar. Kurash bir necha yil
davom etdi.
Biroq harbiy kuchlar teng emasdi. Buning ustiga milliy-ozodlik
kurashi yo‘lboshchilari o ‘zaro to ‘la hamjihatlikka erisha olmadilar.
N atijada Turkistonning ozodligi
uchun olib borilgan kurash
mag‘lubiyatga uchradi. Turkiston ozodligi uchun kurashganlar
tahqirlanib «bosmachilar» deb ataldi.
Yangi hukumat mahalliy ziyolilarni ayovsiz qatag‘on qildi. Chunki,
ular Vatanimiz ozodligining eng faol kurashchilari edilar.
Ular orasida Siz 30-mavzuda bilib olgan, mustaqilligimiz uchun
jonlarini fido qilgan M ahm udxo‘ja
Behbudiy, M unavvarqori
Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriylar,
mashhur shoir Usmon Nosir kabi yuzlab bobolarimiz bor edi.
Sovet mustamlakachiligi yillarida F. Xo‘jayev, A.
Ikromov kabi
ko‘plab davlat rahbarlari ham qatag‘on qurboni b o ‘ldilar. Rossiya
imperiyasi va sovet davlatiga qaramlik salkam 130 yil davom etdi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: