Bugungi kunda Buxoro shahrida yuzdan ortiq yirik tarixiy m e’mo-
riy yodgorliklar saqlanib qolgan. Buxoro arki (hukmdorlar qarorgohi),
Ismoil Somoniy maqbarasi,
Minorayi Kalon, Mir Arab va Ulug‘bek
madrasalari kabilar ularning eng mashhurlaridir.
Qadimgi Buxoro ayni paytda navqiron shahar hamdir. M usta-
qillik yillarida shaharning k o ‘rinishi tanib b o ‘lmas darajada o ‘z-
gardi. Shahar yanada go‘zallashdi. Ayniqsa, 107
gektardan iborat
«Buxoro m adaniy markazi» 0 ‘zbekistonning har bir fuqarosida
Vatan bilan faxrlanish hissining yanada
ortishiga xizmat qilmoq-
da. 2010-yilda bu markazda «Ko‘hna va boqiy Buxoro» monumenti
bunyod etildi.
Xiva shahri.
Xiva hozirgi Xorazm viloyatidagi shahar.
U yosh
jihatdan Buxoro bilan tengdosh. 1997-yilda Xivaning ham 2500 yilligi
nishonlandi. Shahar Sharqning durdonasi hisoblanadi.
Unga nisbatan
«Ming gumbaz shahri» iborasi ham ishlatiladi. Xiva Ichan qal’asi
oldingi holati butunligicha saqlanib qolgan yagona shahar bo ‘lgan-
ligi uchun 1967-yildayoq qo‘riqxona-shahar deb e ’lon qilindi.
1990-yilda esa «Jahon madaniy merosi» ro‘yxatiga kiritildi.
Ba’zi olimlarning fikricha, shaharning nomi «qumloqdan iborat
joy», «qal’a» m a’nolarini anglatadi. Xiva XVII asr boshlarida Xiva
xonligining poytaxtiga aylandi. Shaharning bu maqomi 1920-yilga-
cha davom etdi. Ilgarigi zamonlarda Xivaning butun tevarak-atrofi
suvli xandaq bilan o‘rab olingan edi. Shaharga maxsus qurilgan ko‘prik
orqali kirilgan. Bu ko‘prik kechalari ko‘tarib qo‘yilgan.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: