Tarixdan hikoyalar umumiy o‘rta ta ’lim maktablarining


Pyotr I. Bosqinning boshlanishi


səhifə90/140
tarix07.01.2024
ölçüsü
#202531
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   140
5-Sinf Tarixdan hikoyalar darsligi [uzsmart.uz]

Pyotr I.


Bosqinning boshlanishi. 
1864-yilda Rossiya imperatori Aleksandr II 
0 ‘rta Osiyo xonliklariga qarshi harbiy harakat boshlashga buyruq 
berdi. Dastlab, Qo‘qon xonligiga qarashli bir qancha qal’a va shaharlar 
bosib olindi.
1865-yilda general Mixail Chernyayev qo‘mondonligidagi qo‘shin 
Toshkent shahriga hujum qildi. Qo‘qon xonligi qo‘shinlari amirlashkari 
(bosh qo‘mondoni) Mulla Alimqul boshchiligida shahar mardonavor 
himoya qilindi.
Biroq harbiy kuchlar teng emas edi. Mulla Alimqul mardlarcha 
halok bo‘ldi. M. Chernyayev shaharni suv ta ’minotidan uzib qo‘ydi. 
Oxir-oqibat shahar bosib olindi. Bosib olgan hududlarda Turkiston 
oblasti tashkil etildi. M. Chernyayev Turkiston oblasti harbiy guber- 
natori (hokimi) etib tayinlandi.
1867-yilda esa Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. 1868- 
yilda Buxoro amirligi, 1873-yilda esa Xiva xonligi Rossiyaga tobe 
davlatlarga aylantirildi. Ulardan tortib olingan hududlar esa Turkiston 
general-gubernatorligi tarkibiga qo‘shib olindi.
Qo‘qon xonligining tugatilishi. 
Turkiston general-gubematori Kaufman 
Qo‘qon xonligini butunlay tugatishga kirishdi. Buning uchun Qo‘qon 
xonligida qulay imkoniyat vujudga keldi. Chunonchi, Xudoyorxon 
vaqtini o‘yin-kulgi, sayr-u sayohat, sayd-u shikorda o‘tkazib, ulamo 
va fuzaloning maslahatlariga quloq solmadi. Aksincha jabr-u sitam 
yo‘liga kirib oldi. Oqibatda xalq Xudoyorxon zulmiga qarshi qo‘zg‘olon 
ko‘tardi. Xon qo‘zg‘olonni bostirish uchun mingboshi Abdurahmon 
oftobachi boshchiligida qo‘shin jo ‘natdi. Biroq Abdurahmon oftobachi 
qo‘zg‘olonchilar tarafiga o ‘tib ketdi. Bu esa Rossiya bosqinchilariga 
qo‘l keldi.
Kaufman Farg‘ona vodiysi tom on katta qo‘shinni safarbar etdi. 
Tengsiz janglarda Qo‘qon himoyachilari tor-m or etildi.
1876-yilda Rossiya imperatori Aleksandr II ning farmoniga binoan 
Qo‘qon xonligi tugatildi. Uning o ‘rnida Farg‘ona oblasti tuzilib, 
Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin