Tarixiy aziziy


Mulla Aziz bin Muhammadrizo Marg‘inoniyning hayotiy faoliyati



Yüklə 52,54 Kb.
səhifə2/7
tarix12.01.2023
ölçüsü52,54 Kb.
#79047
1   2   3   4   5   6   7
1. Mulla Aziz bin Muhammadrizo Marg‘inoniyning hayotiy faoliyati.
Mulla Aziz Marg‘inoniy haqida manbalarda deyarli ma’lumot yo‘q. Biroq “Tarixi Aziziy”dagi biografik xarakterdagi qaydlar va qo‘lyozmani nashrga tayyorlash jarayonida tadqiqotga jalb qilingan ilmiy adabiyotlar diqqat bilan o‘rganilganda, uning hayot yo‘li va jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni haqida ma’lum tasavvur hosil qilish imkoni tug‘ildi. Muallif ismi bizga ma’lum adabiyotlarda Mirza Aziz bin Muhammadrizo, Aziz bin Rizo Marg‘inoniy, Muhammadrizo Marg‘iloniy, Muhammad-Aziz Rizo Marg‘inoniy, Aziz Marg‘inoniy, Muhammad Aziz ibn Muhammad Rizo Marg‘iloniy kabi ko‘rinishlarda iste’moldadir. Dastavval shu holatga oydinlik kiritishga urinib ko‘ramiz. Qo‘lyozmaning dastlabki ikkita: 01a va 02a forzas varaqlarida qo‘lbola tamg‘alar mavjud. Birinchi tamg‘ada “Tarix. Tasnifi Aziz bin Mulla Muhammadrizo” yozuvi bitilgan. Ikkinchi tamg‘a ikki qismdan iborat. Tamg‘a ichida aylana bo‘ylab “Aziz Marg‘inoniy. G‘arib al-mustamand bin Muhammadrizo” deb yozilgan. Ikkinchi qismidagi matn bo‘lagida qusur bor, shu tufayli uni tushunish qiyinchilik tug‘diradi Shuningdek, qo‘lyozmaning 7b-sahifasida ham muallif o‘z ismini Aziz, asar so‘ngida Mulla Aziz deb qayd etgan. Demak, muallifning ismini, o‘zi yozganiga ko‘ra, Aziz bin Mulla Muhammadrizo Marg‘inoniy2, deb belgilash asosliroq.
Aziz Marg‘inoniyning tug‘ilgan va vafot etgan yillari ham noma’lum. Kitobdagi ma’lumotlarga tayanib, uning XIX asr o‘rtalarida tavallud topgani taxmin qilinadi. Yana shunday xabarlardan uning “asl Marg‘inon bolasi va ota-bobolarining hammasi marg‘inoniyi-al-asl” ekani, Hazrat Imom A’zam mazhablarida va ajdodlarining barchasi “Hazrat Ofoqimga” murid-u muxlis bo‘lib kelganlarini bilib olamiz. Uning ota-bobolari “Olimxonga (1799-1810) xizmat qilgan chimyonlik katta umarolar” jamoasiga mansub bo‘lganlar.
Oradan bir qancha vaqt o‘tib, Mulla Aziz otasi, marg‘inonlik va xo‘qandlik bir necha tolibi ilmlar bilan Buxoroi sharifga, madrasa tahsilini ko‘zlab yo‘lga tushadilar. Ular Xo‘janddan Samarqandgacha piyoda yurib, ziyoda qiyinchiliklar bilan Registon maydonida joylashgan Tillakori madrasasiga yetib kelishadi. Samarqandda bu paytda vabo tarqagan edi, shu bois ular “O‘rusiyaning amri bilan o‘z vatan”lariga qaytishga majbur bo‘ladilar. Muallif bu hodisaning yilini ko‘rsatmagan, balki: “Xo‘qandga kelsak, vabo yangi kelgan ekan va Xudoyorxon Asakadan chiqmasdan yotgan ekan”, – deb izoh bergan. Buxoroda tahsil olish orzusiga yetolmagan muallif: “Agar chandi xushkxoli qaytub kelgan bo‘lsak ham, omoniyatda o‘qumoqg‘a deb borilgan uchun.
Shundan keyin Xo‘qandda tahsilini davom ettirgan Mulla Aziz Marg‘ilon uyezdi tashkil topib, Miryusuf Bikchurin (1848 y.t.) hokim qilib tayinlangach, uyezd mahkamasiga mirza qilib ishga olinadi. U N. Arvanitaki (1877-1878), V. Medinskiy (1878-1879), V.Alekseev (1879 y.), A. Deybner (1980-1883), V. Tomich (1883-1893), A. Bryanov (1893-1899) kabi uezd hokimlari qo‘l ostida to A. Rudanovskiy (1899-1900) davrigacha xizmatda bo‘ladi.
Mulla Aziz taxminan 1876-yildan 1900-yillar boshigacha mahkamada mirzolik qilgan bo‘ladi. Farg‘ona viloyati ma’muriy shaxslarining 1902-yildagi ro‘yxatida Mulla Aziz Marg‘inoniyning ismi ko‘rsatilmagan. Aziz Marg‘inoniy uzoq yillar Eski Marg‘ilonda joylashgan uyidan Yangi Marg‘ilonga – mahkamaga piyoda qatnab ishlagan. O‘zining aytishicha, har kuni taxminan bir kitob hajmdagi xatlarni yozgan, hatto kechalari ham tongga qadar mahkama ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Mashaqqatli mehnat orqasida u ko‘z nurini yo‘qotib, dardmand bo‘lib qoladi. Mahkamadagi ishidan tashqari shikoyatchi va beva-bechoralarning arizalarini ham yozib berib yurgan Aziz Marg‘inoniy ish faoliyatining so‘nggi yillarida xizmatdagi rus ma’murlari va mahalliy amaldor toifasi bilan xusumatlashib qoladi. Alal-oqibat, uezd hokimi yordamchisi N.Koritovning sa’y-harakati bilan ishdan chetlatiladi. Biroq ularning ismlarini ochiq aytmaydi. D. Sangirova yuqorida tilga olingan ma’murlar noib V. Nalivkin (1852-1918) va mirzaboshi N. Bulatnikov ekanini taxmin qiladi. Aftidan, mahkamadagi zahmatli mehnatining qadr topmagani va hech kutmaganda ishsiz qolganidan Mulla Aziz juda mutaassir bo‘lgan. Uning tushkun holdagi ruhiy iztiroblari, ko‘p yillik xizmati singgan “O‘rusiya hukumati”ning o‘ziga nopisandligidan nafratlanish hissi, haqiqat va adolat ilinjidagi iltijolari kitobning “Musannifning bu dunyoda ko‘rgan rohati va xaloyiqdan tortgan azobi va munofiqlarni ig‘vosidan alamrasida dil jarhi majruh bo‘lgani va molidan ajrag‘ani bayoni” deb nomlangan alohida faslda ifodasini topgan. U mahkama ma’murlaridan shikoyat qilib shunday yozadi: “Mani bir yamon ishda ko‘rmasdan va hujjat qilmasdan nechuk ma’zul qiladur? Va O‘rusiya o‘z zakunida barqaror turmaslig‘ini shundan bilduq! Va bu hokimi shunday qilaman, deb ma’lum qilganida, aning tefasidan turgan gubernatiriman, qilurg‘a aql-zehni yetmas ekan. Va taajjubdurkim, bir begunoh odamni ayblik qilganidan bilduqki, bir xalqda insof va silai rahmu shafqat bo‘lmas ekan. Va xohlasa har qanday muxolifi zakun bo‘ladurgan ishni tavaqqufsiz qilur ekanligini bilduq. Vaholanki, sartiya ichinda hech kim misli mandek xizmat qilgan emas. Va quvvat ketub, ko‘z xira bo‘lunganda yo vazifa bermasdan va yoki bir bo‘lak munosib xizmat topub bermasdan bekor qilgani odam bolasig‘a nopisand bo‘lgandur”.
Mulla Aziz mahkama ishidan bo‘shatilgach, tirikchilik vajidan zamona qozilari yoniga ish so‘rab borganida, ular ham turli bahonalar bilan o‘zlariga yaqinlashtirmaydilar. U Buzrukxo‘ja qozi, Qosimjon qozi, Mulla Shohbobo, Xo‘ja Jonxo‘ja qozi kabi o‘sha davrda qozilik rutbasida turgan amaldorlar bilan ham kelisha olmagan. Hatto Mulla Azizni “hokim Yangi Marg‘inonga qozi qilmoqg‘a oblustno‘y mahkamag‘a rapurt yozub turg‘an mahalda bu hosidi xasmshior mazkurlar man’liqg‘a” yetkazadilar. Qo‘lyozmaning so‘nggi sahifasidagi voqealar bayonida ko‘rsatilgan oxirgi sana 1330/1912 ekanini e’tiborga olsak, muallif bu paytda hayot ekani ayon Sangirova, N.Bulatnikov borasida tadqiqotchi to‘g‘ri taxmin qilgan. Biroq V.Nalivkinning biografiyasi bugun to‘liq o‘rganilgan (Lukashova; Abashin). Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u 1901-yildan viloyat mahkamasida viloyat harbiy gubernatorining noibi bo‘lib ishlagan.
Odatda, uning martabasidagi mas’ul shaxs huzuriga mahalliy aholi vakillari qo‘yilmagan. Shunga ko‘ra uyezd mahkamasida ishlagan Aziz Marg‘inoniyning viloyat boshqaruvida ishlagan V. Nalivkin bilan ziddiyatga borish ehtimoli munozaralidir. Bu yerda Rossiya imperiyasining o‘lkani boshqarish to‘g‘risidagi Nizomi va qonunlari nazarda tutilgan. bo‘ladi. Biroq Zaki Validiyning 1913-1914-yildagi xabarnomasida faqat kitob haqida so‘z yuritilgani va muallif shaxsiga doir biror axborot yo‘qligi tufayli Aziz Marg‘inoniy bu paytga kelib olamdan o‘tgan, deb taxmin qilish mumkin bo‘ladi.

Yüklə 52,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin